2. Mustaqillik yillarida madaniy hayot. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi


Download 280.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.06.2024
Hajmi280.01 Kb.
#1838288
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT-DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHI



MAVZU: MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT-DAVLAT 
SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHI
Reja:
 
1.Mustaqillik yillarida tarixiy xotira, moddiy va ma‟naviy merosimizning tiklanishi.
 
2.Mustaqillik yillarida madaniy hayot.
 
3.Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi.

4.O’zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari.
1. Mustaqillik yillarida tarixiy xotira, moddiy va ma‟naviy merosimizning 
tiklanishi. 
O’tgan asrning 70-80-yillarida o’zbek xalqi azaldan ardoqlab, avaylab-asrab kelgan milliy 
urf-odat, an‘ana, qadriyatlar, ayniqsa, milliy bayramlarga qarshi sobiq markazning asossiz kurashi 
boshlandi, ko’plab milliy marosimlar cheklandi. Natijada, avvallari nishonlangan Hosil bayrami, 
Qovun sayli, Gul bayrami va boshqa xalq bayramlari unutilib, Navro’z bayrami ta‘qiqlab qo’yildi.
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab 
jamiyatni ma‘naviy poklantirish, milliy madaniyatlarning o’zaro uyg’un rivojlanishiga erishish
,
xalqimizning an‘ana, urf-odat va qadriyatlari, marosimlarini tiklashga alohida e‘tibor bera 
boshladi.
Mustaqil O’zbekistonning kuch-qudrati manbai xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga 
sodiqligidadir, deb ta‟kidlagan edi Islom Karimov. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo’shnichilik va 
insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda. O’zbekistonni 
yangilashning oliy maqsadi – ana shu an‟analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun 
bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har 
bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir” (Karimov I.A.  
Istiqlol va ma‟naviyat. -T.: O’zbekiston, 1994. B. 5).
Bugungi kunda ijtimoiy hayotda yuz berayotgan tub o’zgarishlar xalqimizda o’zligini 
anglash tuyg’usini, milliy taraqqiyotdan manfaatdorlik hissini kuchaytirmoqda. Bu holat 
xalqimizning milliy qadriyatlari, madaniy va ma‘naviy boyligini qayta mushohada etishni, 
ularning mohiyatini yanada chuqur anglashni taqozo qilmoqda.
1990 yil 2 maydagi Prezident Farmoni bilan mamlakatimizda Navro’z an‘anaviy bayrami 
qayta tiklandi, tarixiy haqiqat va adolat qaror topdi. Navro’zning xalqimiz tomonidan keng 
nishonlanishining o’ziga xos mohiyati va ahamiyati ochib berildi. Navro’z kunlari tabiatda yuz 
berayotgan uyg’onish-yangilanish jarayoni insonlar hayotidagi o’zgarishlar bilan uyg’unlashib 
ketadi, san‘atkorlar qo’shiq va kuylarida yurt ravnaqi uchun sidqidildan mehnat qilayotgan 
xalqimizni, turli millat va elat vakillari o’rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan do’stlik va 
o’zaro hamkorlikni, eng muhimi, baynalmilalchilik ruhini keng tarannum etadilar.
Navro’z nafaqat o’zbeklarning, balki jannatmakon diyorimizda yashayotgan jamiki millat va 
elat vakillarining ham ardoqli, sevimli bayramiga aylandi.
Navro’z kabi Mehrjon, Hosil bayrami, Qovun sayli va boshqa xalq bayramlari, sportning 
milliy turlari hamda tarixiy xalq o’yinlaridan keng foydalanilgan holda badiiy-sport 
bayramlarining tiklanishi fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashi e‘tiqodini 
shakllantirishda, ularda ona zaminga mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otish, suvni tejab-tergab 
sarflash, tabiatni, uning yer osti va yer usti boyliklarini asrash, bobodehqon mehnatini e‘zozlash, 
xullas, o’lkamizdagi jamiki jonzot va go’zalliklarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashda muhim 
omil hisoblanadi. Bularning barchasi, pirovard natijada, mamlakat boyligining ortishi, demakki, 
xalqimiz turmush farovonligining yuksalishi uchun xizmat qiladi.


1992 yil 7 martda Prezident Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida Din ishlari bo’yicha qo’mita tashkil etildi. Bu bilan mamlakatimiz ahlining diniy e‘tiqodi 
erkinligiga kafolat berildi. Diniy-axloqiy mavzuda ko’plab kitoblar chop etildi, bu xayrli ish 
davom etmoqda. Respublikamiz rahbariyati kishilar ma‘naviy kamolotida islom dinining katta 
ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, diniy tashkilotlarning erkin faoliyat ko’rsatishi uchun 
shart-sharoit yaratib berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 7 apreldagi 
Farmoniga binoan Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Endilikda Xalqaro Islom tadqiqotlar 
markazi va Toshkent Islom Universiteti samarali faoliyat ko’rsatmoqda.
Qadim zamonlardayoq yurtimizda din erkinligi mavjud bo’lgan. Zardushtiylar, buddiylar, 
moniylar, musulmonlar va boshqa diniy e‘tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik 
g’oyalariga amal qilingan. Xalqimiz ma‘naviy jihatdan ko’pgina afzalliklarga ega bo’lgan islom 
dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy islom dini ta‘limotida Qur‘oni 
Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanuvchi Al-Jomi‟ as-Sahih” nomli asar yaratib, islom dinini 
boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturidiy, shayxulislom Burhoniddin al- 
Marg’inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo’ja Ahmad Yassaviylar insonni 
ma‘naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlarning ijodkoridirlar.
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, 
islomshunos allomalarimizning ulug’ nomi o’z o’rniga qo’yildi.
1993-yil 16-sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 
yilligi tantanalari bo’lib o’tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan 
bog’liq bo’lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag’ishlangan qator risolalar 
chop etildi.
1998-yil 23-oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 
hijriyqamariy taqvim bo’yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog’ida Imom al-
Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn 
Ismoil alBuxoriyning 4 jildlik A1-Jomi‘ as-Sahih kitobining ko’p ming nusxadagi nashri o’zbek 
kitobxonlariga taqdim etildi.
2000-yil 16-17-noyabr kunlari Marg’ilonda islom huquqining asoschilaridan biri 
Burhoniddin al-Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu 
Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag’ishlab barpo 
etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg’nonyning islom huquqiga 
bag’ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom 
Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Abduxoliq 
G’ijduvoniyning 900 yilligi, Najmiddin Kuhroning 850 yilligi, Xoja Ahrori Yaliy tavalludining 
600 yilligi keng ko’lamda nishonlandi.
O‘zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro’za-Ramazon hayitining 
birinchi kuni dam olish kuni deb e‘lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga 
ko’ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 
1990-yil 2-iyundagi Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to’g’risidagi Farmoniga 
binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va 
Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Mustaqillik yillarida 50 mingdan 
o’zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo’ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga 
qaytarildi, yangilari barpo etildi. Islom nuri” gazetasi chiqmoqda. Qur‘oni Karim sakkiz marta 1 
mln nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular 
aslida xalqimizning qadirniy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar 
ruhining qayta uyg’onishidir.
Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma‘naviy 
imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Din 
ishlari bo’yicha qo’mita taslikil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta 
madrasa faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta‘lim olmoqdalar. 1999yilda 


tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida (2018-yil 16-apreldan Xalqaro Islom Akademiyasi) 
minglab talaba o’qimoqda. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-
aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunda 
davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davrida ham malakatimizda vijdon erkinligining 
kafolatlanishi va diniy konfessiya vakillarining hamjihatlikda faoliyat ko’rsatishlariga xizmat 
qiluvchi qator islohotlar davom ettirildi.
2017 yil 17 fevralda Prezident SH.Mirziyoyev Farmoni bilan Termiz shahrida Imom 
atTermiziy nomidagi Xalqaro Islom tadqiqot markazi tashkil etildi.
2017 yil 23 iyunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Islom 
madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Qarori (PQ-3080) qabul qilindi.
2018 yil 16 aprelda esa Diniy-ma‘rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish 
choratadbirlari to’g’risidagi Prezident Farmoni e‘lon qilinib, unga ko’ra Toshkent Xalqaro Islom 
Akademiyasi va uning tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va 
Surxondaryo mintaqaviy filiallari tashkil etildi.
Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar 
tarixini bilishning, milliy-axloqiy qadriyat hamda an‘analarning, o’rni va ahamiyati katta. Bironbir 
xalq o’z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma‘naviy merosga tayanmay va uni yanada 
rivojlantirmay turib o’z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu boisdan mustabid tuzum davrida 
soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o’quv maskanlarida Vatan 
tarixini o’qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
1996-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi 
akademiyasi qoshida “ O’zbekistonning yangi tarix markazi” tashkil etildi.
O‘zbek xalqi va O‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona 
ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun 
oyida bo’lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilingan “ O’zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida“gi 
Qarorida belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish masalalari partiyaviylik, 
sinfiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkuraga xizmatkor bo’lishdan xalos etildi.
Necha 10 yillar davomida buzib ko’rsatilgan yoki so’z ochilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, 
tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o’quv 
adabiyotlari yaratildi.
Ma‘lumki, mustabid sovet tuzumi davrida mamlakatimiz hududida yashab, ijod etgan o’nlab, 
yuzlab olimu mutafakkirlar ma‘naviy-ilmiy merosi ta‘qib ostiga olingan edi. Mustaqillikning 
dastlabki kunlaridanoq mazkur madaniy merosni tiklash va uni xalqqa yetkazish bo’yicha jiddiy 
ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 1991 yilning Alisher Navoiy yili deb e‘lon qilinishi katta ijtimoiy-
madaniy ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, 1994 yilda ulug’ olim va davlat arbobi Mirzo 
Ulug’bekning 600 yilligi keng nishonlandi, 1996 yil mashhur sarkarda, davlat arbobi Amir Temur 
nomi bilan bog’landi. Shuningdek, Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi, afsonaviy sarkarda 
Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, Alpomish dostonining 1000 yilligi, Islom olamining 
donishmandlari Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, 
Imom Abu Mansur Moturudiyning 1130 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, 
Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Burxoniddin Marg’inoniyning 910 yilligi, Bahouddin
Naqshbandning 675 yilligi, Xo’ja Ahror Valiyning 600 yilligi keng nishonlandi.
Ta‘kidlash lozimki, yurtimizdan yetishib chiqqan va o’zining ulkan ilmiy, madaniy merosi 
bilan jahon sivilizatsiyasiga ijobiy ta‘sir o’tkazgan alloma, mutafakkirlarimizga ehtirom ko’rsatish 
g’oyat savobli ishdir. Istilol yillarida buyuk allomalarimiz merosini o’zbek tiliga o’girish ishlari 
amalga oshirildi. Bu jarayonning muvaffaqiyatli kechishi uchun Oltin meros xalqaro xayriya 


jamg’armasi tashkil etildi. Xorazmda Ma‘mun akademiyasi qayta tiklandi. Shuningdek, 2008 yilda 
Samarqand shahrida Imom al-Buxoriy xalqaro markazi faoliyat boshladi.
1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2004-yilda Qarshi (Naxshab) 
shahrining 2700 yilligi, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg’ilon shahrining 
2000 yilligi, 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va Shahrisabz shahrining 2700 yilligi 
nishonlandi.
2009-yil 1-sentabrda O‘zbekiston anjumanar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga 
bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. I.Karimov Toshkent shahriga Mustaqillik ordenini topshirdi.
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Ch o’lpon, Fitrat, Usmon Nosir 
va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari nashr 
etildi. Prezident I. Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo’zsuv kanali bo’yida qatag’on 
davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuyi 
bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil 12-may kuni bo’lib o’tdi. Mazkur majmua 
qoshida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydaianishga 
topshirildi.
Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining mustamlakachilik davrining ayanchli sahifalari aks 
ettirilgan lavhalar bilan tanishib, quloqlashtirish oqibatida 60 mingdan ziyod hamyurtimiz 
Ukraina, Shimoliy Kavkaz va olis Sibirga surgun qilinganini, XX asr boshidan 40-yillarigacha 450 
ming vatandoshimizga nisbatan jinoiy ish ochilganini, paxta ishi davrida esa 25 ming kishi hibsga 
olinib, 4,5 mingi javobgarlikka tortilganini bilib olish mumkin.
Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuyi, Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining tarixiy, 
siyosiy ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz 
qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik tufayli yurtimizda adolat, shahid 
ketganlarning xotirasi tiklanganligi to’g’risida tarixiy xotira, saboq bo’lib xizmat qiladi.
1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan 
ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 
Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi va shu yili 9-may kuni uning ochilish marosimi bo’lib 
o’tdi. Respublika “Nuroniy” jamg’armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo’lgan 400 mingga 
yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik “Xotira” kitobi tayyorlandi va nashr etildi. 2020-yil 
9mayda pandemiya shroitiga qaramasdan fashizm ustidan erishilgan g‘alabaning 75 yilligi 
munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Galaba bog‟i” majmuasi barpo etildi. 
Mamlakatimizda har yili 9-may an‘anaviy ravishda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida 
nishonlanmoqda.
O’zbek xalqining milliy-madaniy merosida ma‘rifatparvar mutafakkirlarning 
o’rni alohida. Shuning uchun ham ularning merosini tiklashga, xalqimiz ongiga singdirishga 
alohida e‘tibor berildi. Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori, 

Download 280.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling