2. Noan`anaviy darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida uyushtirish Noan`anaviy darslarning samaradorlik jihatlari Ma’lumki, «Adabiyot»
Download 84.59 Kb.
|
8.o\'qitishning noan\'anaviy shaklllari.O\'qitish jarayoniga noan\'anaviy yondoshish haqida o\'z fikr mulohazalaringizni bildiring
- Bu sahifa navigatsiya:
- M a v z u : Otabek, Kumush, Zaynab va xozirgi yoshlar.
Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod. O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod. Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o`quvchi bo`lgan) o`qitish metodlarning afzalliklari: O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi. O`z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi. Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi. O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi. Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi. O`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi. Muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishi. O`z—o`zini baholashning o`sishi. O`quvchilarning predmetning mazmuniga. o`qitish jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabati. Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchining shakllanishiga yordam berishi. Nafaqat mazmunini o`zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi. Muammolar yechish ko`nikmalarining shakllanishi.
Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko`p vaqt talab etilishi. O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi. Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi ro-lining past bo`lishi. «Kuchsiz» o`quvchilar bo`lganligi sababli «kuchli» o`quvchilarning ham past baho olishi. O`qituvchining o`zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko`nikmalariga ega bo`lishining talab etilishi. SHunday qilib, bugungi kunda dars mashg`ulotlarida ham an`anaviy, ham noan`anaviy o`qitish modellaridan foydalaniladi. Bunda mavzuning xususiyatiga, o`zlashtiriladigan materialning mazmuniga va o`quv maqsadlarining tarkibiga va nazorat tizimining qanday tashkil etilish jihatlariga e`tibor beriladi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag`batlantirilib turilishi, o`quv materialini kichik — kichik bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o`yinlar metodlarini qo`llash, rang—barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang — barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi. Bahs darslari o`quvchini ma`lum bir muammo ustida bosh qotirishga shu muammoga o`z munosabatini bildirgan holda yondashib, uni hal etishga yo`lovchi dars turidir. Bahs darslarini aloxida daqiqali dars davomida o`tkazilsa baxs dars deb, darsni ma`lum bir bosqichida uyushtirilgan baxs esa darsning baxsli bosqichi deb yuritiladi. Baxs dars o`tkazish uchun o`quvchi-talabalar oldindan tayyorgarlik ko`rishi maqsadga muvofiq. Ularga muammoli savollar berilishi va shu muammoni xar bir o`quvchi o`zicha xal qilgan xolda darsga tayyorlanib kelishi kerak. Baxs darslarni xar bir o`rganilgan asar yuzasidan pala-partish o`tib bo`lmaydi. Buning uchun o`qituvchi asarni sinchiklab, o`rganib, baxs munozaraga sabab bo`ladigan o`rinlarni belgilashi, shu o`rinlar asosida o`quvchilarda munozara qo`zg`ay oladigan savollar tayyorlashi, keyin ularni o`quvchi-talabalarga xavola qilishi zarur. O`quvchilarning darsdagi mas`ulligini oshirish va ularda o`rganilayotgan asarga qiziqishni kuchaytirishda asosan evristiik usulda foydalaniladi. Biror asarni to`liq o`rganib, bo`lingandan keyin baxs dars o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o`quvchi asar bilan yaxshi va to`liq tanishmagan bo`lsa, berilgan muammoni to`g`ri tushuna olmaydi va savollarga javob berishga ojizlik qiladilar. O`z fikriga ishonmagan o`quvchi baxsga ham aralashib, faollik ko`rsata olmaydi. Baxs darslar o`quvchilarni fikrlashga, so`zlashga, tadqiqot qilishga, maqbulni nomaqbuldan ajrata bilishga, o`z fikrini dalillar bilan isbotlashga, muxokama va munozara yuritishga o`rgatadi. O`quvchi-talabalar xaqiqatni yuzaga chiqarishga intiladi, chunki haqiqat baxsda tug`iladi. M a v z u : Otabek, Kumush, Zaynab va xozirgi yoshlar. Download 84.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling