Guvoh chaqirtiriladi.
Oqlovchi: Siz Yusufbek Hoji o`g`li Otabek xaqida majlis ahlig`a nima ayta olasiz?
1-guvoh: Meni Otabek bilan Qodiriy domla orqali tanishgan edim. Otabek 24 yoshlarda, og`ir tabiatli, ulug` gavdali, ko`rkam va oq yuzli, mutanosib qora qoshli va egnida chakmon, murti sabz urgan, ilmli va aqlli bir yigit.
Oqlovchi: Ayting-chi, guvoh Otabekka bunday yuqori baho berishingizga Qodiriy domlaning maqtovlari sababmi?
Guvoh: Aslo, men bu bilan bir majlisda qatnashib, u xaqda ko`pgina aqlli odamlarning maqtov gaplar aytishganini eshitganman.
Masalan, Ziyo shohi Otabekni maqtab, “Otasini bolasi” degan bo`lsa, Akrom xoji “agar xon ko`tarish manim qo`limda bo`lsa edi, xon qilib, Otabekni ko`tarar edim”, - deb aytganriga, Mirzakarim qutidor “Otabek xon qizig`a loyiq bir yigit ekan” – deb maqtagan so`zlariga guvohman.
Navbatdagi guvox chaqirtiriladi.
Oqlovchi: Aytingchi, Otabekda andisha xayo bormidi?
2-guvoh: Otabekda andisha hayo bor. U birovning qalbiga ozor berishdan qo`rqadi. Balki mana shu andisha Kumushning o`limiga sabab bo`lgandir. Otabek yodingizda bo`lsa mexmonlarga Xasanalini qul ekanligi sir bo`lmasada, ammo bu sir bilan uning qalbi ozor chekishini o`ylaydi. U odamlarni mansab va boyliklarga qarab emas, balki insoniy fazilatlarga qarab baholovchi bir yigit edi.
Navbatdagi guvox chaqirtiriladi.
Qoralovchi: Aytingchi, guvox, Otabek millat taqdiri bilan qayg`uruvchi kishilardan edimi?
3-guvoh: Albatta taqsir!
Otabekni millat taqdiriga befarq deb bo`lmaydi. Azizbekning Qo`qonga qarshi bosh ko`targani xalq tomonidan odatiy qarshi olindi. Ammo Otabek bu xabarga oddiy qaray olmadi. “Eb turgani og`zida, qolgani bo`g`zida qoldi”. Otabek millatni, xalqni, musulmonni jar yoqasida turganidan vahimaga tushdi. Yoki bir misol; Qipchoqlarning qirg`in etilishi Otabekni daxshatga soldi. U bu fojeaga oddiy tomoshabin bo`lib qaramadi. Barcha zahrini otasiga sochdi. Otabek “jahl chiqsa aql ketadi” qabilida ish qilaversak vaziyatni anglash, oqni qoradan ajrata biluvchi yigitlardan edi. Yusufbek hoji o`g`lining gaplaridan ko`ziga yosh olib, “Nega har bir narsaga etgan aqling shunga etganda oqsaydur?”, deganida Otabekdagi ana shu fazilatni nazarda tutgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |