2. Noan`anaviy darslarning tashkil etilishi Ingliz tili darsini noan`anaviy o`qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar


Download 115.5 Kb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1573393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
INGLIZ TILI DILDORA

Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod.
O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod.
Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o`quvchi bo`lgan) o`qitish metodlarning afzalliklari:
  • O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi.


  • O`z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.


  • Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi.


  • O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi.


  • Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi.


  • O`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.


  • Muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishi.


  • O`z—o`zini baholashning o`sishi.


  • O`quvchilarning predmetning mazmuniga. o`qitish jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabati.


  • Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchining shakllanishiga yordam berishi.


  • Nafaqat mazmunini o`zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi.


  • Muammolar yechish ko`nikmalarining shakllanishi. 2


___________________________


2Olimov. Q.T., Sayidahmedov N.S., Jalolova D.F.,Bozozrova M.Q., Boltayeva M.Q., Alimov A.A. Pedagogik texnologiyalar. T.: “Fan va Texnologiya “, 2011-yil



Noan`anaviy darslarning tashkil etilishi


MUNOZARALI DARSLAR
Munozarali darslar ham muammoli ta’lim texnologiyalariga asoslanadi. Munozarali darslar mazmuni va mohiyatiga ko’ra: 
1. Ilmiy munozara darslari;
2. Erkin fikrlash darslariga ajratiladi.
Ilmiy munozara darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni o’rganishga bag`ishlanadi. Mazkur dars oldida qo’yidagi vazifalar turadi:
1. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali tahsil olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish. 
2. O’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qo’llanishi orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.
3. O’quvchilarning bilimidagi mavhum tushunchalarni aniqlash va ularga barham berish, bilim olishga bo’lgan intilishlarini rivojlantirish.
4. O’quvchilarni nutq madaniyatini o’stirish, o’z fikrlarini lo’nda va mantiqan to’g`ri bayon etish, ularda dalillash ko’nikmalarini hosil qilish.
Masalan: Geografiya fanidan munozarali darslar «Atrof muhitning ifloslanishi», «Yerda hayot paydo bo’lishi va dastlabki rivojlanish» kabi mavzulardagi umumlashtiruvchi darslarda foydalaniladi.

Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling