2. Oilada bolaning yosh xusussiyatlariga qarab tarbiyalash. Milliy ma’naviy meros, qadriyatlarning tarkibi, ko`rinishlari va yosh avlodni tarbiyalashda uning ahamiyati
Download 40.77 Kb.
|
Oilada farzandlarni ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Milliy ma’naviy meros, qadriyatlarning tarkibi, ko`rinishlari va yosh avlodni tarbiyalashda uning ahamiyati.
Oilada farzandlarni ma’naviy va ahloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar. Reja: 1.Millatning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi - jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida. 2.Oilada bolaning yosh xusussiyatlariga qarab tarbiyalash. 3.Milliy ma’naviy meros, qadriyatlarning tarkibi, ko`rinishlari va yosh avlodni tarbiyalashda uning ahamiyati. 4.Diniy va milliy qadriyatlarning xalqimiz tarixida tutgan o`rni va ahamiyati. 1.Millatning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi - jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida. Hozirgi davrda O`zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlar va islohotlar natijasida, jahon tsivilizatsiyasi talablariga mos keladigan hamda milliy ma’naviyatimiz an’analariga asoslangan, yangicha yashash tamoyillari ustuvorligini ta’minlash vazifalari hal qilinmoqda. Respublikamiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida o`z taraqqiyot yo`lini mustaqil belgilab oldi. O`tgan davrning sinfiy-partiyaviy mezonlari va hukmron mustabidlik mafkurasining tamoyillari o`tmishga aylandi. Ularning o`rniga yangicha jamiyatni, ya’ni demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish, jamiyat a’zolarining maqsad-muddaolari, orzu-intilishlari va kelajak niyatlarini ifodalovchi ma’naviy-axloqiy rivojlanish strukturasi va uning omillari shakllanmoqda. Bugun bu omillarning samaradorligini oshirishga mazkur jarayonlar asnosidagi turli muammolarni hal qilish, turli vazifalarni echish bilan bog`liq bo`lgan masalalar dolzarbligi bilan ajralib turibdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq xalqimiz ma’naviy-axloqiy merosini qayta tiklash va undan jamiyatni ma’naviy yangalashda unumli foydalanish zarurati tug`ildi. CHunki, “jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o`zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o`z-o`zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’rifiy muhit mavjud bo`lmog`i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo`sh urishi lozim”. Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov, – “har bir kishi, millat, xalq o`z tarixini bilishni istaydi, shuning uchun olimlarimiz o`zbek xalqining tarixiy o`tmishi, o`zligi, ma’naviyati va madaniyati to`g`risida ilmiy yaxlit kontseptsiya yaratishlari zarur”1 – deb ta’kidlaydi. “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”2. YUrtboshimizning fundamental ahamiyatga ega ushbu ko`rsatmalari o`tmish ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy- axloqiy merosni chuqur o`rganish va bu masalalarga ziyolilarimiz e’tiborini qaratish orqali yosh avlod tarbiyasida va yangi jamiyat asoslarini yaratishda ulardan unumli va o`rinli foydalanishga zamin yaratadi. I.A.Karimov O`zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan dastlabki kunlardan beri millatning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga birinchi darajali e’tibor qaratib kelmoqda. Hali sho`rolar tuzumi mavjud paytidayoq - 1990 yil 24 mart Oliy Kengash sessiyasida O`zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi joriy etilib, Islom Abdug`anievich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach, O`zbekiston Prezidenti “xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va ma’naviy yuksaltirish” masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi alohida ta’kidlab o`tgan edi3. “Ma’naviyat” so`zini yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf bo`lmagan o`sha zamonlarda bu mutlaqo yangicha yondoshuv, o`sha paytlar respublika rahbari uchun katta jasorat edi. O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning milliy mustaqilligimiz ikkinchi yilida e’lon qilingan “O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li” risolasida alohida bob “Mustaqil O`zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyati va axloqining o`zaro bog`liqligi ta’kidlanib ularni rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi1. Prezident I.A.Karimov doimo iqtisod, siyosat va ma’naviyat va axloqning uyg`un rivojlanishi zarurligini ta’kidlab keladi: “Davlat qurilishi, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari ma’naviy kamolot, yuksak axloqiylik bilan to`la uyg`un bo`lmog`i kerak»2. CHunki mustaqilligimizning uch tayanchi - mustaqil milliy siyosat, iqtisodiy qudrat va xalq ma’naviyati bir-biri bilan chambarchas bog`liq. Agar siyosiy mustaqillik bo`lmasa, millat asta-sekin o`zligini yo`qota boradi, iqtisodiy mustaqillik bo`lmasa, siyosiy mustaqillikning zamini mo`rt bo`ladi. Ammo ma’naviy mustaqillik bo`lmasa, millatning o`zi bo`lmaydi. Faqat ularning o`zaro uyg`un rivoji ta’min etilsagina, O`zbekiston ulug` yurt sifatida jahon hamjamiyatida o`z munosib o`rnini egallay oladi. O`zbekistonda xalq ma’naviy-axloqiy merosining jamiyat hayotidagi o`rni masalasiga yangicha qarash jamiyatning tadrijiy rivojlanishi uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligi tobora ayon bo`lib bormoqda. Qadim davrlardan to hozirgi zamonamizgacha yaratilib, avlodlarning ezgu ishlariga xizmat qilib kelgan boy axloqiy, siyosiy, huquqiy merosimizni, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o`rganib, xalqqa etkazish, kelajak asoslarini yaratishga xizmat qildirish muhim vazifalardan biri bo`lib, ulug` allomalarimizning axloq, xulq-odob, ta’lim-tarbiya masalalariga oid asarlari, dono va ibratli so`zlari, pand-nasihatlari yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Download 40.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling