2. Oliy ta`limda o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja


O'qitishning tushunarli bo'lishlilik tamoyili


Download 58.18 Kb.
bet6/10
Sana20.11.2023
Hajmi58.18 Kb.
#1787664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. Oliy ta`limda o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja

O'qitishning tushunarli bo'lishlilik tamoyili o'rganilayotgan material maznuini, hajmi va o'qitish usullariga ko'ra talabalarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga, jismoniy kuchi va bilish imkoniyatlariga mos bo'lishini talab etadi.
O'qitishning tushunarli bo'lishi deganda uni oson o'zlashtiriladigan bo'lishi tushunilmaydi. Haddan tashqan oson materialni talabalar ortiqcha kuch-g'ayrat sarflamay o'zlashtirib oladilar. Bunday o'qitish talabalarning aqliy bilish imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam bermaydi. O'qitishni tushunarliligi talaba imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta'lim jarayonining borishida talabalar oldiga qo'yiladigan o'quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish ularning aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O'quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo'lishi kerakki, talabalar uni o'zlarining avval olgan bilimlari bilan bog'lay olishlari va uni tushunishda qiynalmasligi lozim.
Namunalardan foydalanish tamoyiliga ko'ra o'qituvchi o'quv materialining mazmunini tushuntinsh uchun har doim yaxshi namunalar tanlashga harakat qilishi kerak. Yaxshi model, amaliyotdan tipik misollar, yaxshi yoki yomon mahsulotlar ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo'lishi yoki bo'lmasligini aniq ko'rsatadi.
Didaktik reduksiya tamoyilida talabaning bilimlarni yuqori darajada o'zlashtirishi uchun bu o'quv materiali kerakli miqdorgacha qisqartirilishi lozim. Agar o'quv materialining hajmi juda katta bo'lsa, undan kerakli qismlar tanlab olinishi kerak. Majmuaviy va murakkab topshiriqlar osonlashtirilishi lozim, lekin ma'nosi o'zgarmasligi shart. Shuning uchun, agar faqat boshlang'ich bilimlar berish kerak bo'lsa. o'quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda ko'p va keng o'quv materiali bilan talabani qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali o'qituvchi murakkab jarayonlarni oson so'zlar bilan tushuntira oladi.
Ilmiylik tamoyili talabalarga o'rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko'rilgan ma'lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o'qitiladigan o'quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo'lishi va talabada nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda uning ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o'qituvchi o'z
ilmiy saviyasini izchil ravishda oshirib bonshi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo'lishi lozim. Talaba o'rganayotgan bilimlar, albatta, nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo'lishi kerak.

Download 58.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling