2. Oliy ta`limda o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja


Bilimlarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili


Download 58.18 Kb.
bet10/10
Sana20.11.2023
Hajmi58.18 Kb.
#1787664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. Oliy ta`limda o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja

Bilimlarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili. Nazariy va amaliy ta'lim jarayonida talabalar o'zlarining bo'lajak kasbiy faoliyatlari uchun kerak bo'ladigan bilim, ko'nikma va malakalarni egallab boradilar. Bundan tashqari, avvalgi mashg'ulotlarda hosil qilingan bilim, ko'nikma va malakalar ancha murakkabroq materialni o'zlashtirib olish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Ilmiy bilimlarni egallash talabalarning xotirasi, mantiqiy tafakkuri, xilma-xil faoliyat turlaridagi ijodiy faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga yordam beradi. Lekin hosil qilingan bilim, ko'nikma va malakalarning kelgusida ilmiy bilimlar tizimini o'zlashtirishda asos bo'lishi uchun ular puxta o'zlashtirilgan bo'lishi va talabalarning xotirasida saqlanishi kerak. Mustahkamlik tamoyilining talablari
shulardan iborat bo'lib, bularga rioya qilmaslik talabalarning sust o'zlashtirishiga, o'qishda ulgurmasligiga sabab bo'Iadi.
Ta’lim oluvchilarga har bir fandan beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalar, ular tomonidan ongli, puxta va mustahkam o‘zlashtirilgan bo‘lishi shartdir. Buning uchun esa har bir fan ta’lim beruvchisi o‘zi beradigan o‘quv materialini o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va ta’lim oluvchilarning individual yosh xususiyatlariga mos qilib tushuntirish, ta’lim oluvchilarning sezgi a’zolarini ko‘proq ishtirok etishiga erishish, ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalardan samarali foydalanish, darsda ta’lim oluvchilarni amaliy faoliyatini tashkil etish, ularni mustaqil ishlashga, mustaqil tafakkur qilishga, mantiqiy xulosalar chiqarishga erishishi katta ahamiyatga ega. Darsni ta’lim oluvchilarning yoshlariga mos qilib o‘tish, dars davomida turli xil usullardan, vositalardan mohirona foydalanish, dars jarayonida hamma ta’lim oluvchilarni ongli – faol ishtirok etishini ta’minlash, o‘quv materialini ilmiy, izimli, izchil, jonli va obrazli bayon qilish, konkret dalillarni ko‘rsatish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:


  1. Ta’limda qanday tamoyillar mavjud?

  2. Didaktaka tushunchasini izohlang?

  3. Faollik tamoyilini tushuntirib bering?

  4. O’qitishda ta’lim oluvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyilini tushuntirib bering?

  5. Ko’rgazmalilik tamoyilini tushuntirib bering?

  6. O’qitishda tizimlilik va izchillilik tamoyili tushuntirib bering?

  7. O’qitishda talabalarning onglilik va faolligi tamoyilini tushuntirib bering?

  8. O’qitishning tarbiyalovchi xarakterliligi tamoyilini tushuntirib bering?

  9. O’qitishning tarbiyalovchi xarakterliligi tamoyiliga oid buyuk mutaffakkirlar qarashlarini aytib bering?

Download 58.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling