2. Oraliq qurilmaning fizik xolati
Oraliq qurilmaning fizik holati
Download 177.73 Kb.
|
ymt
1.1. Oraliq qurilmaning fizik holati
PK 840+50 dagi ko‘prikning №2 oraliq qurilma to‘sinini tekshirishda ularda qiya va ko‘ndalang darzlar, betonning parchalanganligi, gidroizolyatsiyasi va ishchi armaturasi ishdash chiqqan uchastkalar borligi aniqlandi. Ba’zi bir amaliy o‘lchamlari loyihadagidan farq qiladi. Asosiy loyiha ma’lumotlari va oraliq qurilmani tekshirish natijalari 1.1 va 1.2–rasmlarda keltirilgan. To‘sinning hisobiy uzunligi 12.8, to‘liq uzunligi 13.5 m. Ballast prizmasining qalinligi loyihadagi =50sm o‘rniga =102 sm ni tashkil etdi. Darzlarning umumiy soni 250 tani tashkil qiladi, jumladan, ochilish eni 0,2 mm gacha – 237 ta, 0,2…0,3 mm gacha – 8 ta, 0,3 mm dan katta 2 ta, siqilgan zonasiga o‘tgan darzlar soni 1 ta. Oraliq qurilmaning uchlari x=0 va x=1 da aniqlangan yo‘l o‘qining oraliq qurilma o‘qiga nisbatan siljishi tegishlicha e1 = 7 sm va e2 =4 sm. Gidroizolyatsiya asosan C3 zonaning yuqori chegarasida ballast korita plitasi yuzasining 35 % gacha buzilgan. Ba’zi joylarda bu armaturaning bir qismini chirishiga va betonning ishqorlanishiga olib kelgan. Ishdan chiqqan bo‘ylama ishchi armaturaning umumiy soni 3 tani tashkil etadi. C3 va H3 zonalarda Shmidt sklerometri yordamida o‘rnatilgan betonning amaliy mustahkamligi R=35 MPa ni, gidroizolyatsiyasi buzilgan joyda esa R=20 MPa ni tashkil etdi. Yuqorida qayd qilingan geometrik va mustahkamlik tavsiflarining loyihadagidan farq qilishi, oraliq qurilmaning ko‘p sonli shikastlanishlari uni yuk ko‘taruvchanligini kamaytiradi va ekspluatatsiya talablariga muvofiq undan har xil poezd yuklarini, jumladan, og‘ir transportyorlarni ham o‘tkazish shartlarini aniqlash va inshootni kuchaytirish, ta’mirlash yoki almashtirish masalasini yechish maqsadida yuk ko‘taruvchanligi bo‘yicha sinflanishi lozim /12/. 1.1–rasm. Shikastlanishlarning joylashish sxemasi
1.2–rasm. Oraliq qurilmaning ko‘ndalang kesimi va quyi zonasida armaturalarning joylashishi Download 177.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling