2. Oraliq qurilmaning fizik xolati
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
Download 177.73 Kb.
|
ymt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 t o p sh i r i q
- Ko`rib chiqilayotgan nosozliklar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI «Ko`priklar va tonnellar» kafedrasi «Foydalanishdagi temir yo`l ko`prigining texnik axvolini baholash va undan foydalanish imkoniyati bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish» mavzusidagi kurs loyihasini tayyorlash bo’yicha № 1 t o p sh i r i q YMTY – 6 guruh talabasi Musurmonov D uchun PK 650 + 50 dagi tekshirilgan va sinalgan to`sinli ko`prikning sxemasi 11.5+11.5+11.5 m; Qaralayotgan oraliq qurilma № 2; To`sin kesimining balandligi һb= 103sm; Yo`l o`qining siljishi e1 = 9 sm; e2 = 3sm; Ballast koritasi plitasining qalinligi һ''f = 22 sm; Ballast prizmasining qalinligi һbal= 82 sm; To`sinning xisobiy oralig`i lp = 10.8 м. Nosozliklarning joylashish sxemasi - berilgan. Ko`rib chiqilayotgan nosozliklar: Armaturaning kuchsizlanish soxasi О 2; Ishchi armaturaning pastki 2 sterjenlari kuchsizlangandir; Siqilgan soxaga kirib boruvchi darz С 3; Qiya darz Н 3; To`sin betonining amaliy mustahkamligi Rbф= 16,4 MPa; Ballast koritasi plitasining amaliy mustahkamligi Rbпл = 14,5 MPa. Oraliq qurilmani 2ТЭ1ОЛ teplovozi bilan kritik yuklantirip quyidagilar aniqlangan: - to`sin siqilgan soxasining amaliy balandligi xф= 13 sm; - Qiya darzning ishchi armaturasining bukilmasi bilan kesishgan joyidagi ochilishini sinov paytida o`zgarishi Δс= 9 мк/ α =780 ligida Δt = 8 мк; Ko`prikning yuk ko`tarish bo`yicha rejalashtirilayotgan sinfi К 14. Qo`shimcha ma’lumotlar ko`prikning tekshiruvi va sinovi materiallaridan olinadi. Ish rejasi. Оraliq qurilma fizik ahvolini baxolash. Оraliq qurilma yuk ko`tarish qobilyatiga ko`ra sinfini berilgan nosozliklarni e’tiborga olib aniqlash. Оraliq qurilma me’yoriy ekspluatatsiyasini ta’minlaydigan ishlar ro`yxatini tuzish. Oraliq qurilmani ta’mirlash. Oraliq qurilmani kuchaytirish. Ish xajmi 25...30 bet bo’lgan tushintiruv yozuvi ko`rinishida rasmiylashtiriladi, xamda unga A1 formatidagi 1 varoq grafik qism ilova qilinadi. Kurs loyihasini tayyorlash bo`yicha topshiriq berilgan sana: 16.02.2022 y. Kurs loyihasiga raxbar _____________________ Z.Q. Rahimjonov Kafedra mudiri _____________________ U.Z. Shermuhameov Kirish O’zbekiston temir yo’l tarmog’ida juda ko’p temirbetonli ko’priklar ekspluatatsiya qilinadi. Ular har xil vaqtda har xil loyiha va loyihalash me’yorlari bo’yicha qurilgan. Bu ko’priklarni ekspluatatsiya qilish shart-sharoitlari harakatdagi tarkibdan tik va uzunasiga tushadigan yuklarning oshishi, poyezdlar harakatining tezligi va harakat jadalligi oshishi munosabati bilan ancha qiyinlashdi. Katta vagonli yuklar (ayniqsa sakkiz o’qli vagonlar) juda ko’p hollarda lokomotivlarga nisbatan ko’prik oraliq qurilmalariga kuchliroq ta’sir ko’rsatishadi. Juda ko’p ko’priklarning texnik holati shikastlanishlar tufayli unga ta’sir qiladigan yuklarga xavfsiz ekspluatatsiyani ta’minlay olmaydi hamda og’ir va istiqbolli (perspektiv) yuklarni o’tkazish uchun ularni kuchaytirishga katta mablag’ talab qiladi. Ko’priklar murakkab, qimmat turadigan inshootlardir, ularning xizmat muddati ko’p hollarda 100 yil va undan ortiq. Yuklarning oshishi munosabati bilan inshootlarning ba’zi elementlari oshayotgan yuklarni qabul qilishga qodir (layoqatli) bo’lmay qoladi. Shuning uchun ekspluatatsiya qilinadigan ko’priklarni vaqti-vaqti bilan ta’mirlash, kuchaytirish va qayta qurish zarurati tug’iladi. Ko’priklar ekspluatatsiya qilishda ishonchli bo’lishi kerak. Ekspluatatsiya qilinayotgan temirbeton ko’priklarni tekshirish va sinashlar shuni ko’rsatayapdiki, ba’zi ko’priklarda harakatdagi yukning konstruksiya ostiga tegishi, yoriqlarning kengayishi, betonning parchalanishi va ishqorlanishi, armaturaning ochilishi va chirishi xavfli tus olib, ularni ta’mirlash, qayta qurish, kuchaytirish yoki nuqsonli konstruksiyalarni almashtirish zarurati paydo bo’ladi. Sun’iy inshootlarning xech qanaqa cheklanishlarsiz ishini ta’minlaydgan holatda saqlash muhim vazifalardan biridir. Oraliq qurilmalarning ishonchliligi va yuk ko’tarishini baholash ularni saqlash bo’yicha kompleks ishida muhim axamiyatga ega. Mazkur ishda oraliq qurilma to’sinining sinfini shikastlanishlarni hisobga olib aniqlash masalalari ko’riladi va oraliq qurilmani ekspluatatsiya qilish bo’yicha tavsiyanomalar beriladi. Download 177.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling