2 O’tkir o’pka bakterial destruksiyalari


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana24.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1116287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
кукрак ичи таранг

Davosi. Haltasimon, kistasimon va silindrik bronxoektazlar bilan og’rigan 
bemorlarni xirurgik usul bilan davolash samaralidir. Bu operasiya zararlangan sohalarni 
rezeksiya qilishga asoslangan. Operativ davolashga ko’rsatmani aniqlash bilan birga 
yurak qontomir sistemasi va tashki nafas faoliyatiga ham ahamiyat berish kerak. 
Operasiya oldi tayyorgarligining xajmi va xususiyati zararlanishning tarkalganligi, 
intoksikasiyaning ifodalanganligi, bronxit hamda boshqa a’zo va sistemalar tomonidan 
O’zgarishlar borligiga bog’liq bo’ladi. Bunda organizmning umumiy ximoya kuchini 
oshirish katta ahamiyatga ega. Bemorlarga vitaminlar majmuasida ko’rsatmaga qarab 
plazma qo’yish, gammaglobulin yuborish buyuriladi. Operasiya oldi tayyorgarligida 
traxeobronxial daraxtni tozalash va yiringli intoksikasiyani kamaytirish asosiy o’rin 
tutadi. Postural drenaj ham yaxshi yordam beradi: kuniga bir necha marta bola 
tanasining yuqori qismi karavotdan pastga qarab yotkiziladi. Bunday holatda balg’am 
yutal bilan ajralishi osonlashadi. Bronx mikroflorasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilish 
uchun ishkor eritmalar va antibiotiklar bilan ingalyasiya muola-jasi Ko’llanadi. 
Sanasiyaning eng samarali usuli qayta davolash uchun o’tkazilgan bronxosqopiyadir. 
Bronxosqopiyada kateter bilan bronx daraxtini tozalash mumkin, shoxlari aspirasiya 
ko’rsat. Bronxlarni furasillin, mukolitik vositalar (ximopsin, ximotripsin) va ishqor 
eritmalari bilan yuviladi. Mikroflora sezgirligiga qarab antibiotik yuboriladi. 
Bronxosqopiya soni zararlanish xajmi, mahalliy yoki diffuz broyxit borligi, o’tkazilgan 
bronxosqopiya natijasi bilan aniqlanadi. Operasiya oldi tayyorgarlik muolajalari 
kompleksida teri orqa¬li traxeyani kateterlash ham Ko’llanadi. Uning usuli 
quyidagicha: diagnostik bronxosqopiya paytida bo’iinturuq chukurchasi o’zuksimon 
togay orasidan Dyufo ignasi bilan traxeyani punksiya ko’rsat. Ko’z bilan ignani nazorat 
ostida traxeya bo’shlig’iga va pastga yuboriladi. Igna bo’shlig’idan ingichka polietilen 
kateter o’tkaziladi. Uni bifurkasyaya ustida to’xtatiladi. Igna tortib olinadi, kateterni 
ipak ipi va leykoplastir bilan bo’yinga mahkamlanadi. Traxeyada kateterning borligi, 
doimiy ravishda o’nga bir necha millilitr fiziologik eritma yuborish yo’talni 
kuchaytiradi. Mikrofloraning sezgirligini hisobga olgan xrlda antibiotiklar, mukolitiklar 
va ishqoriy eritmalar yuboriladi. Kateterni qo’yish muddati 1 — 3 xaftagacha. 
Kateterni olib tashlagandan keyin traxeyalagi jaroxat 
tez bitib ketadi. 
Bronxoektaziya
ni 
konservativ 
davolash 
operasiyadan 
oldin 
o’tkazilgan 
muolajalarni 
o’z 
ichiga oladi. Bundan 


12 
tashkari sanatoriyda davolanish tavsiya etiladi. Bronx-o’pka to’qimasida qaytmas 
o’zgarishlar bo’lsa, konservativ davo tadbirlari vaqtincha yordam beradi. 
Bolalarda o’pka rezeksiyasi radikal, lekin tejamli bo’lishi kerak. Rezeksiya xajmi 
birinchi navbatda bronxografiya natijalariga asoslanadi. Keyingi paytlarda bolalarda 
pulmonektomiya kamayib, shu bilan birga segmentar rezeksiya qilish ko’paymokda. 
Ikki tomonlama zararlanishda xirurg taktikasi o’ziga xos e’tiborni jalb qiladi. Bunday 
bemorlarda radikal operasiya ikki bosqichda o’tkaziladi. Ular orasidagi tanaffus 6—8 
oy. Birinchi operasiya ko’prok zararlangan tomonda ko’rsat. Bitta o’pkasi total 
zararlangan va ikkinchisida chegaralangan bronxoektaz mavjud bemorlarda bir 
tomonlama pulmonektomiya qilish maqsadga muvofis. 
Bolalar bronxoektaziyasida operasiya nafasni boshqarish usuli bilan intubasion 
narkoz ostida o’tkaziladi. Olib tashlanadigan o’pka ildiziga ishlov berib, qon tomirlar 
birin-ketin bog’lanadi va kesiladi. Bronx apparat vositasida yoki Ko’lda ayrim tugunli 
chok bilan tiqiladi. Zararlangan bronx sohasidagi o’pka parenximasini olib 
tashlamasdan va qon-tomirlarni boglamasdan ekstirpasiya yoki rezeksiya qilish zarur. 
Bronxoektaziyada yiringli jarayon asosan bronxlarni zararlaydi. Undagi o’zgarishlar 
ikkilamchi hildagn pnevmoskleroz hisoblanadi. Shuning uchun bronxlarni ekstirpasiya 
qilish ope-rasiyasi patologenetik asoslangan va bronxoektazning haltasimon turlarida 
Ko’llanadi. Bronxlardagi o’zgarishlar xdm rivojlangan bo’lsa, kichik xajmdagi 
operasiya o’tkaziladi. Zararlangan o’pkani bronxial sistemadan ajratib, bronxning 
proksimal so-x,asini 1,5—2 sm masofada rezeksiya ko’rsat. O’pkaning ajratilgan 
sohasida yallirlanish jarayoni sekin-asta yo’qoladi. 
Ko’rsatilgan operasiyalarning o’pka rezeksiyasiga 
qaraganda afzalliklari bor. Asosiy afzalligi qon-tomirlarni 
saklash hisoblanadi. Qon aylanishida zo’rayish bo’lmasa, 
ajratilgan o’pkada qon aylanishi minimal, agar o’pka 
arteriyasida qon bosimi oshsa, yengillashtiruvchi shunt 
mexanizmi hosil bo’ladi. Bu yurak-o’pka yetishmovchiligi 
va gipertenziya rivojlanishining oldini oladi. Bu ayniksa ikki 
tomonlama keng zararlanishlarda muhim ahamiyatga ega. 
Bronxoektaziya 
uchun 
o’tkazilgan operasiyaning 
muvaffasiyatli kechishi operasiyadan keyingi davrga 
bog’liq. Bemorlar ko’zatib boriladi va bo’lishi mumkin 
bo’lgan asoratlarning oldini olish uchun kompleks muolajalar Ko’llanadi. Bir 
tomonlama zararlanishda qisman rezeksiyadan keyin operasiya bo’lgan o’pkaga yaxshi 
sharoit bo’lishi uchun bemor sog’lom tomonga yotkiziladi. O’pkaning to’g’irlangan 
holda bo’lishi katta ahamiyatga ega. Buning uchun qisman rezeksiyadan keyin aktiv 
aspirasiya uchun drenaj quyiladi. 2—3 kundan keyin havo va gemorragik suyuqlik 
to’xtashi bilan drenaj olib tashlanadi. 
Operasiyadan keyin bemor yo’talolmaydi (og’riq hisobiga). Nafas ekskursiyasi 
ham chegaralanadi, gipoventilyasiya kelib chikadi. Operasiya bo’lgan o’pka 
bronxlarida balg’am yig’ilib qoladi va atelektaz rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. 
Shuning uchun operasiyadan keyingi davrda og’riqsizlantirish muhim ahamiyatga 
ega.Bemorga yana oksigenoterapiya ham o’tkaziladi. Maxsus nikob yordamida yoki 
kateter orkdli havo beriladi. Antibiotiklar, mukolitiklar va ingalyasiyalar Ko’llanadi. 
Bemorga birnchi kunidan karavotda harakat qilish buyuriladi. Jismoniy davolash 


13 
mashklari 3-kundan boshlab o’tkaziladi. 5—6 kundan keyin yurishga ruhsat etiladi. Bu 
ko’rsatgan muolajalarning hammasi asoratlar, birinchi navbatda atelektaz 
rivojlanishining oldini oladi. 
Bolalarda atelektaz rivojlanishining asosiy sabablaridan biri, bronxlarning drenaj 
funksiyasi buzilishi hisobiga obturasiya bo’lib qolishidir. O’pkadagi jaroxat nafas 
ekskursiyasini chegaralaydi. Bolalarda atelektaz sekin-asta rivojlanadi, ya’ni bunda 
ahvoli og’irlashishi kuzatilmaydi. 
Tashhis ko’yiщda fizikal tekshirish usullari asosiy o’rinni egallaydi. 
Auskultasiyada operasiya o’tkazilgan tomonda nafas olishning susayishi yoki 
yo’qolishi, perkussiyada o’pka tovushining qisqarishi kuzatiladi. Agar plevral 
bo’shliqda suyuqlik va havo borligi inkor qilinsa, unda atelektaz yaki bronxlar 
okklyuziyasi haqida o’ylash kerak. Tashhis rentgenologik tekshirish bilan tasdiklanishi 
mumkin. Kelib chikkan asoratlarga karshi ko’rashish kerak. Oldin traxeyani kateterlab, 
balg’amni olish va yo’talni kuchaytirish kerak. Agar bu natija bermasa, bronxosqopiya 
kilinib, shu orqa¬li bronx tozalanadi. Ko’rsatilgan muolajalar simpatik blokada bilai 
to’ldiriladi. O’z vaqtida aniqlangan atelektaz va erta boshlangan davolash samaralidir. 
Boshqa asoratlarga operasiyadan keyingi pnevmoniya, plevraning chegaralangan 
empiyemasi va bronxial okmalar kiradi. Bolalarda bronxoektaziyani xirurgik usul bilan 
davolash 70—75% hollarda yaxshi natija beradi. 
Bronxoektaziya bilan operasiya bo’lgan bemorlar o’zok vaqt dispanser 
ko’zatuvida bo’lishlari va sanatoriylarda davolanishlari kerak. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling