2 O’tkir o’pka bakterial destruksiyalari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
кукрак ичи таранг
- Bu sahifa navigatsiya:
- BRONXOEKTAZIYA KASALLIGI Bronxoektaziya kasalligi
(Izox: Isakov Yu.F. Xirurgicheskiye bolezni detskogo vozrasta. – M.: GEOTAR-MED, 2004. T.1. – S. 192-197. (elektronnaya versiya – 622Mb)) 6 BRONXOEKTAZIYA KASALLIGI Bronxoektaziya kasalligi - bronxlarning patologik kengayishi bilan kechadigan surunkali yallig’lanish kasalligi bo’lib, o’pka parenximasini pnevmosklerozga olib keladi. U har hil darajada, kam silindrik deformasiyadan tarkalgan dag’al haltasimon (kopsimon) ektaziyagacha bo’ladi. Patologik kengaygan bronxlar drenaj funksiyasining buzilishi infeksiyalangan balg’amning turib qolishiga sharoit yaratadi. Yiringli jarayon asosan zararlangan bronxlarda ifodalangan bo’ladi. Bronxitlar esa tarqoq ravishda deformasiyalangan bronxlarga ham tarqalishi mumkin. O’pka to’qimasida ham o’zgarishlar bo’ladi, bu keyinchalik sklerozga va shu zararlangan soxaning gaz almashinuvida ishtirok etmasligiga olib keladi. Bronxoektaziyaning uchrashi 0,5—1,7 % gacha tashkil etadi. U ko’prok yosh bolalarda, jumladan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda - 50%, 10 yoshgacha bo’lgan bolalarda - 70—75% - ni (hamma kasallar soni-dan), 20 yoshdan oshganlarda - 8% ni tashkil qiladi. Kasallikning asosiy qismini orttirilgan bronxoektaziya tashkil qilib, ko’prok. ular yoshlikda o’tkazilgan surunkali zotiljam natijasi hisoblanadi. O’tkir zotiljamning surunkali zotiljamga o’tishiga quyidagi omillar moyillik qiladi: kech boshlangan yoki tugallanmagan davolash; antibiotiklarni to’g’ri qabul qilmaslik; yomon ovqatlanish; qo’shimcha yo’ldosh kasalliklar (bronxit, gipotrofiya) va ba’zan qizamiq, ko’kyo’tal va gripp bilan bog’liqlik. Bunday virusli zotiljam ko’prok o’pkaning atelektazi bilan kechib, surunkali yallig’lanishning kelib chiqishida ma’lum o’rinni egallaydi. Buni N. F. Filatov ham ko’rsatib o’tgan. Bronxoektaziya bilan kasallangan ko’pgina bolalarda burunning yondosh bo’shliqlarida (gaymorit, frontit, etmoidit) yoki burun-halqumda (tonzillit, adenoid) kasalliklar aniqlanadi. Bu infeksiya uchoqlari kasallikni uzoq, va surunkali davom etishida va bronx-o’pka to’qimasida surunkali jarayonning kelib chiqishida muhim o’rinni egallaydi. Ba’zi hollarda bronxoektaziyalar paydo bo’lishining dastlabki bosqichi surunkali bronxit hisoblanadi. U bronxlarda deformasiya, peribronxial va interstisial to’qimalarda yallig’lanish rivojlanishiga olib keladi. Ba’zi hollarda o’pka to’qimasidagi yallig’lanish jarayoni skleroz va bronxlarda ikkilamchi deformasiyaga sabab bo’ladi. Orttirilgan bronektaziya bronxlarning yot tanachalari hisobiga bo’lishi mumkin (ayniksa, olib tashlanmagan organik yot jism bo’lsa). Bundan tashqari orttirilgan bronxoektaziya o’pka sili va spesifik limfadenit bilan bog’liq bo’ladi. So’nggi paytlarda bronxoektaziyaning kelib chiqishida me’da osti bezining kistozli fibrozi (mukovissidoz) katta o’rin tutadi deb hisoblanadi. Bunda nasliy kasallik natijasida ovqat xazm qilish, nafas yo’llari bezlarining sekresiyasi bo’ziladi. Bezlar shilliq ishlab chikaradi. Bu shilliq bezlari chikaruv yo’lini berkitib kolmasdan, balki a’zolar bo’shlig’ini tuldirib kuyadi (ichak, bronx). Bronxlar o’tkazuvchanligining 7 buzilishi va infeksiyalanishi atelektaz va bronxoektaziyaga olib keladi. Ba’zi hollarda kasallik bronx-o’pka to’qimasining Tug’ma nuqsonlari natijasida ham kelib chiqadi. Bronxoektaziyaga olib keluvchi rivojlanish nuqsonlarining 2 ta turi farqlanadi: 1) bronxlarning distal va respirator qismi ageneziyasi, birlamchi bronxlar tutami amputasiyasi, embriogenezning dastlabki bosqichlarida shoxlanishdan tuxtab kolishi; 2) bronxiolalar katta bronxlardan ajralgan, o’rta bronxlar generasiyasining katta qismi bo’lmaydi: alveolyar parenxima mikdori reduksiyalangan, bunday rivojlanish nuqsoni quyi tabaqali umurtqalilar o’pkasini eslatadi (amfibiya, kushlar). Tug’ma bronxoektaziyalar ko’prok dag’al haltasimon yoki kistasimon kengaygan turda bo’ladi (o’pka polikistozi). Tug’ma rivojlanish nuqsoniga Kartogener sindromi ham kiradi, u uchlik simptomi bilan harakterlanadi: bronxoektaziya, surunkali sinusit va a’zolarning noto’g’ri joylashishi. Postnatal rivojlanish nuqsoni natijasida yoki dizontogenetik kelib chiquvchi bronxoektaziyalar farqlanadi. Dizontogenetik bronxoektazlar ko’pincha Tug’ma atelektaz natijasida kelib chikadi. O’pka to’qimasi atelektaz sohasida differensiyalashmaydi, kattiklashadi, hamma jarayonlar to’xtaydi. Bronxlar naysimon bez shaklida o’sa boshlaydi va dizontogenetik bronxoektaz ko’rini-shida yuzaga keladi. I. K. Yesipov va I. G. Klimovich klinikmorfologik tekshirishlariga ko’ra, bolalarda orttirilgan bronxoektaziyalar 58%, dezontogenetik — 18%, Tug’ma — 24% uchraydi. Bolalarda bronxoektaziyaning patogenezida uning kelib chiqishiga borliq bo’lmagan xolda quyidagi u mumiy holatlarni ko’rsatish mumkin: Tug’ma nuqson yoki orttirilgan o’zgarishlar natijasida patologik kengaygan bronxlar drenaj funksiyasining buzilishi, balg’am yig’ilib qolishi, bronxlar o’tkazuvchanligining buzilishi. Doimiy infeksnyalanish bronx-o’pka to’qimasidagi yallig’lanish jarayoni yanada chukurlashishiga olib keladi. Bolalarda ko’prok. uchraydigan turi atelektazik bronxoektaziya bo’lib, u 30—50% ni tashkil qiladi. Bunda makrosqopik kurganda o’pka yoki uning bo’laklari kichraygan, ushlab kurganda kattik, havosiz, nafas olganda kengaymaydi, kumir pigmenti yo’q, kesilganda atelaktazlashgan va fibrozlashgan to’qima orasidagi joyda kista, galvirsimon o’pka turidagi bronxoektazlar aniqlanadi. Tug’ma bronxoektazlarda bo’shliq biroz kattarok bo’ladi. Bunday hollarda morfologik tomondan dezembriogenez belgilarini aniqlash mumkin. Ba’zi hollarda makrosqopik bo’lak normal ko’rinishi mumkin, lekin ko’prok pigment kamaygan, nafas olganda kengayishi chegaralangan bo’ladi. Ko’l bilan kurganda emfizemalangan sohalar bilan almashinuvchi, qattiqlashgan va keng deformasiyalangan bronxlar aniqlanadi. Ba’zan butun bo’lak emfizema holida bo’lib ko’rinadi. Segmentar, subsegmentar va bo’lak bronxlarini kesib kurganda silindrik, kopsimon yoki shoxsimon bronxoektazlar borligini va bronx devorida o’pka to’qimasida surunkali yiringli yallig’lanish belgilari aniqlanadi. Zararlangan o’pka sohasining nerv to’qimalarida, qon va limfatik tomirlarda ham patologik o’zgarishlar bo’ladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling