2 O’tkir o’pka bakterial destruksiyalari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
кукрак ичи таранг
Davosi. Haltasimon, kistasimon va silindrik bronxoektazlar bilan og’rigan
bemorlarni xirurgik usul bilan davolash samaralidir. Bu operasiya zararlangan sohalarni rezeksiya qilishga asoslangan. Operativ davolashga ko’rsatmani aniqlash bilan birga yurak qontomir sistemasi va tashki nafas faoliyatiga ham ahamiyat berish kerak. Operasiya oldi tayyorgarligining xajmi va xususiyati zararlanishning tarkalganligi, intoksikasiyaning ifodalanganligi, bronxit hamda boshqa a’zo va sistemalar tomonidan O’zgarishlar borligiga bog’liq bo’ladi. Bunda organizmning umumiy ximoya kuchini oshirish katta ahamiyatga ega. Bemorlarga vitaminlar majmuasida ko’rsatmaga qarab plazma qo’yish, gammaglobulin yuborish buyuriladi. Operasiya oldi tayyorgarligida traxeobronxial daraxtni tozalash va yiringli intoksikasiyani kamaytirish asosiy o’rin tutadi. Postural drenaj ham yaxshi yordam beradi: kuniga bir necha marta bola tanasining yuqori qismi karavotdan pastga qarab yotkiziladi. Bunday holatda balg’am yutal bilan ajralishi osonlashadi. Bronx mikroflorasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilish uchun ishkor eritmalar va antibiotiklar bilan ingalyasiya muola-jasi Ko’llanadi. Sanasiyaning eng samarali usuli qayta davolash uchun o’tkazilgan bronxosqopiyadir. Bronxosqopiyada kateter bilan bronx daraxtini tozalash mumkin, shoxlari aspirasiya ko’rsat. Bronxlarni furasillin, mukolitik vositalar (ximopsin, ximotripsin) va ishqor eritmalari bilan yuviladi. Mikroflora sezgirligiga qarab antibiotik yuboriladi. Bronxosqopiya soni zararlanish xajmi, mahalliy yoki diffuz broyxit borligi, o’tkazilgan bronxosqopiya natijasi bilan aniqlanadi. Operasiya oldi tayyorgarlik muolajalari kompleksida teri orqa¬li traxeyani kateterlash ham Ko’llanadi. Uning usuli quyidagicha: diagnostik bronxosqopiya paytida bo’iinturuq chukurchasi o’zuksimon togay orasidan Dyufo ignasi bilan traxeyani punksiya ko’rsat. Ko’z bilan ignani nazorat ostida traxeya bo’shlig’iga va pastga yuboriladi. Igna bo’shlig’idan ingichka polietilen kateter o’tkaziladi. Uni bifurkasyaya ustida to’xtatiladi. Igna tortib olinadi, kateterni ipak ipi va leykoplastir bilan bo’yinga mahkamlanadi. Traxeyada kateterning borligi, doimiy ravishda o’nga bir necha millilitr fiziologik eritma yuborish yo’talni kuchaytiradi. Mikrofloraning sezgirligini hisobga olgan xrlda antibiotiklar, mukolitiklar va ishqoriy eritmalar yuboriladi. Kateterni qo’yish muddati 1 — 3 xaftagacha. Kateterni olib tashlagandan keyin traxeyalagi jaroxat tez bitib ketadi. Bronxoektaziya ni konservativ davolash operasiyadan oldin o’tkazilgan muolajalarni o’z ichiga oladi. Bundan 12 tashkari sanatoriyda davolanish tavsiya etiladi. Bronx-o’pka to’qimasida qaytmas o’zgarishlar bo’lsa, konservativ davo tadbirlari vaqtincha yordam beradi. Bolalarda o’pka rezeksiyasi radikal, lekin tejamli bo’lishi kerak. Rezeksiya xajmi birinchi navbatda bronxografiya natijalariga asoslanadi. Keyingi paytlarda bolalarda pulmonektomiya kamayib, shu bilan birga segmentar rezeksiya qilish ko’paymokda. Ikki tomonlama zararlanishda xirurg taktikasi o’ziga xos e’tiborni jalb qiladi. Bunday bemorlarda radikal operasiya ikki bosqichda o’tkaziladi. Ular orasidagi tanaffus 6—8 oy. Birinchi operasiya ko’prok zararlangan tomonda ko’rsat. Bitta o’pkasi total zararlangan va ikkinchisida chegaralangan bronxoektaz mavjud bemorlarda bir tomonlama pulmonektomiya qilish maqsadga muvofis. Bolalar bronxoektaziyasida operasiya nafasni boshqarish usuli bilan intubasion narkoz ostida o’tkaziladi. Olib tashlanadigan o’pka ildiziga ishlov berib, qon tomirlar birin-ketin bog’lanadi va kesiladi. Bronx apparat vositasida yoki Ko’lda ayrim tugunli chok bilan tiqiladi. Zararlangan bronx sohasidagi o’pka parenximasini olib tashlamasdan va qon-tomirlarni boglamasdan ekstirpasiya yoki rezeksiya qilish zarur. Bronxoektaziyada yiringli jarayon asosan bronxlarni zararlaydi. Undagi o’zgarishlar ikkilamchi hildagn pnevmoskleroz hisoblanadi. Shuning uchun bronxlarni ekstirpasiya qilish ope-rasiyasi patologenetik asoslangan va bronxoektazning haltasimon turlarida Ko’llanadi. Bronxlardagi o’zgarishlar xdm rivojlangan bo’lsa, kichik xajmdagi operasiya o’tkaziladi. Zararlangan o’pkani bronxial sistemadan ajratib, bronxning proksimal so-x,asini 1,5—2 sm masofada rezeksiya ko’rsat. O’pkaning ajratilgan sohasida yallirlanish jarayoni sekin-asta yo’qoladi. Ko’rsatilgan operasiyalarning o’pka rezeksiyasiga qaraganda afzalliklari bor. Asosiy afzalligi qon-tomirlarni saklash hisoblanadi. Qon aylanishida zo’rayish bo’lmasa, ajratilgan o’pkada qon aylanishi minimal, agar o’pka arteriyasida qon bosimi oshsa, yengillashtiruvchi shunt mexanizmi hosil bo’ladi. Bu yurak-o’pka yetishmovchiligi va gipertenziya rivojlanishining oldini oladi. Bu ayniksa ikki tomonlama keng zararlanishlarda muhim ahamiyatga ega. Bronxoektaziya uchun o’tkazilgan operasiyaning muvaffasiyatli kechishi operasiyadan keyingi davrga bog’liq. Bemorlar ko’zatib boriladi va bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlarning oldini olish uchun kompleks muolajalar Ko’llanadi. Bir tomonlama zararlanishda qisman rezeksiyadan keyin operasiya bo’lgan o’pkaga yaxshi sharoit bo’lishi uchun bemor sog’lom tomonga yotkiziladi. O’pkaning to’g’irlangan holda bo’lishi katta ahamiyatga ega. Buning uchun qisman rezeksiyadan keyin aktiv aspirasiya uchun drenaj quyiladi. 2—3 kundan keyin havo va gemorragik suyuqlik to’xtashi bilan drenaj olib tashlanadi. Operasiyadan keyin bemor yo’talolmaydi (og’riq hisobiga). Nafas ekskursiyasi ham chegaralanadi, gipoventilyasiya kelib chikadi. Operasiya bo’lgan o’pka bronxlarida balg’am yig’ilib qoladi va atelektaz rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Shuning uchun operasiyadan keyingi davrda og’riqsizlantirish muhim ahamiyatga ega.Bemorga yana oksigenoterapiya ham o’tkaziladi. Maxsus nikob yordamida yoki kateter orkdli havo beriladi. Antibiotiklar, mukolitiklar va ingalyasiyalar Ko’llanadi. Bemorga birnchi kunidan karavotda harakat qilish buyuriladi. Jismoniy davolash 13 mashklari 3-kundan boshlab o’tkaziladi. 5—6 kundan keyin yurishga ruhsat etiladi. Bu ko’rsatgan muolajalarning hammasi asoratlar, birinchi navbatda atelektaz rivojlanishining oldini oladi. Bolalarda atelektaz rivojlanishining asosiy sabablaridan biri, bronxlarning drenaj funksiyasi buzilishi hisobiga obturasiya bo’lib qolishidir. O’pkadagi jaroxat nafas ekskursiyasini chegaralaydi. Bolalarda atelektaz sekin-asta rivojlanadi, ya’ni bunda ahvoli og’irlashishi kuzatilmaydi. Tashhis ko’yiщda fizikal tekshirish usullari asosiy o’rinni egallaydi. Auskultasiyada operasiya o’tkazilgan tomonda nafas olishning susayishi yoki yo’qolishi, perkussiyada o’pka tovushining qisqarishi kuzatiladi. Agar plevral bo’shliqda suyuqlik va havo borligi inkor qilinsa, unda atelektaz yaki bronxlar okklyuziyasi haqida o’ylash kerak. Tashhis rentgenologik tekshirish bilan tasdiklanishi mumkin. Kelib chikkan asoratlarga karshi ko’rashish kerak. Oldin traxeyani kateterlab, balg’amni olish va yo’talni kuchaytirish kerak. Agar bu natija bermasa, bronxosqopiya kilinib, shu orqa¬li bronx tozalanadi. Ko’rsatilgan muolajalar simpatik blokada bilai to’ldiriladi. O’z vaqtida aniqlangan atelektaz va erta boshlangan davolash samaralidir. Boshqa asoratlarga operasiyadan keyingi pnevmoniya, plevraning chegaralangan empiyemasi va bronxial okmalar kiradi. Bolalarda bronxoektaziyani xirurgik usul bilan davolash 70—75% hollarda yaxshi natija beradi. Bronxoektaziya bilan operasiya bo’lgan bemorlar o’zok vaqt dispanser ko’zatuvida bo’lishlari va sanatoriylarda davolanishlari kerak. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling