2 O’tkir o’pka bakterial destruksiyalari
Bronxoektaziyaning tasnifi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
кукрак ичи таранг
- Bu sahifa navigatsiya:
- AusKo’ltasion
Bronxoektaziyaning tasnifi: 1) kelib chiqishiga qarab — orttirilgan, dezontogenetik, Tug’ma; 2) forma turiga qarab — silindrsimon, haltasimon, kistasimon; 8 3) tarkalishi bo’yicha — bir tomonlama, ikki tomonlama, keng (9—10 segmentdan ko’p), kamrok — bo’lak va segmentni ko’rsatgan holda; 4)jarayonning fazasiga qarab — zurayish, remissiya. Tashhisda albatta yurak va nafas yetishmovchiligi borligi, darajasi, qo’shimcha kasalliklar va asorati ko’rsatilishi kerak. Klinikasi. Bolalarda bronxoektaz kasalligining klinikasi birinchi navbatda zararlanish kengligi va yurak qontomir sistemasi, nafas funksiyasining buzilishi, kompensasiya darajasi bilan aniqlanadi. Agar bronxit zararlangan soxddan tashkariga chiqlasa, u mahalliy, o’pkaning kushni bo’laklar bronxlariga tarkalgan bo’lsa, diffo’z hisoblanadi. Diffuz bronxit ma’lum darajada kasallik kechishini og’irlashtiradi. Ko’pgina bolalar anemnezida emizikli yoki ilk yoshida boshlangan zotiljamning qaytalanishi qayd qilinadi. Bogcha yoshidagi bolalar ko’prok yukori nafas yo’llarining kataral yallig’lanishi, bronxit, zotiljam bilan ko’p kasallanadilar. Ba’zi bemorlarda esa ishtaxa pasayishi, tez charchash, terlash, jismoniy ish kilganda xansirash belgilari namoyon bo’ladi. Bo- lalarda ajralayotgan balg’am mikdoriga qarab o’pkadagi jarayonning og’irlashishini aniqlab bo’lmaydi, chunki bolalar balg’amni yutadi. Remissiya davrida tana harorati normal yoki subfebril, ba’zi hollarda birdan kutarilishi mumkin. Zurayish davrida harorat reaksiyasi kuchli ifodalangan bo’ladi. Bolalarda xozirgi paytda og’ir asoratlangan turlari: qon tuflash, qon ketishi, sassiq balg’am ajralishi kam uchraydi. Agar jarayon bitta yoki ba’zan ikkita bo’lakda joylashgan bo’lsa, bolalarning jismoniy rivojlanishiga qarab surunkali yiringli jarayon borligini gumon qilish kiyin, ammo bunda fakat teri koplamlari bir oz oqarganligini aniqdash mumkin. Ikki tomonlama o’pkaning surunkali yallig’lanishi og’ir kechadi va bu 25—30% ni tashkil qiladi. Kasallikning keng zararlanish turi bo’lsa, bemor jismoniy rivojlanishdan ancha orqada qoladi, ishtaxasi pasayadi. Tirnok falangalari deformasiyalangan, «nog’ora tayoqchalari» ko’rinishida, tirnoq yuzasi «soat oynasiga» o’xshab qoladi. Kasallik kancha o’zokdavom etsa, ko’rsatilgan belgilar shuncha ifodalangan bo’ladi. Ularning rivojlaiishi surunkali gipoksiya bilan bog’liq. Bitta o’pkaning total zararlanishi hisobiga shu tomoni nafas olishdan orqada kolishi va ko’krak qafasining assimmetriyasi kuzatiladi. Bronxoekgaziyaga xos perkussiya natijalari ko’pincha o’pkaning zararlangan sohasi pnevmoskleroz va atelektaz holatda bo’lganida, o’pkaning orqa pastki qismlarida esa perkutor tovushning tumtoqlanishida aniqlanadi. AusKo’ltasion tekshirish orqali o’pkaning zararlangan qismlarida har hil kalibrli quruq va nam xirillashlar, ayniqsa yutal paytida kuchli eshitiladi. Bronxoektaziyaning to’g’ri va ishonchli rentgenologik belgilari kengaygan bronxlarga to’g’ri keluvchi atelektaz yoki yacheykasimon oqarish va halkali- galvirsimon soya hisoblanadi. Bronxoektaziyada bunday rentgenologiya o’zgarishlar 1/3 bemorlarda aniqlanib, ko’prok, o’pkaning pastki, kamrok o’rta bo’laklari va tilsimon segmentlar zararlanadi. Odatda atelektazlar bir tomoni ko’ks oraligiga qaragan uchburchaksimon soya sifatida ko’rinadi. O’pkaning total kasallanishida ko’krak qafasining shu qismi kichrayishi qovurg’alar oraligining torayishi, shu o’pka 9 maydonining ko’p yoki kam qorongilashishi, ko’ks oraligining zararlangan tomonga surilishi kuzatiladi. Rentgenografiyada boshqa belgilar bronxoektaziya uchun ham axmiyatli. Ularga o’pka ildizining kengayishi, zararlangan soxaada o’pka tasvirnning deformasiyasi, bo’laklararo plevraning kalinlashishi, sinuslar obliterasiyasi kiradi. Diagnostikada qontrast usul bilan tekshirish muhim axdmiyatga ega (bronxografiya). Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling