2. Ovqatlanishning talab sifati. Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda turar joylar sanitariya holatining ahamiyati


Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda turar joylar sanitariya holatining ahamiyati


Download 32.02 Kb.
bet3/3
Sana08.06.2023
Hajmi32.02 Kb.
#1463064
1   2   3
Bog'liq
O\'quvchilar sog\'lom turmush tarzining fiziologik asoslari jismoniy

Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda turar joylar sanitariya holatining ahamiyati

Aholining salomatligi tuproq — er bilan chambarchas bog’langan. Tuproq, Er kurrasidagi tirik jonlarning yashash maqoni, tabiiy muhitda keta-yotgan modda almashinish jarayonlarida tuproqning roli juda katta. Tuproq katta labo­ratoriya, unda to’xtovsiz, o’ta murakkab kimyoviy, biolo­gik, fizik, fotokimyoviy jarayonlar sodir bo’ladi. Tuproqdagi jarayonlar organik moddalarni parchalab, noorganik moddalarga aylantirib beradi. Tuproqda doimo o’zini-o’zi tozalash jarayoni ketadi. Juda qo’p zararli omillar zararsiz holatga keladi. Shu bilan bir qatorda, tuproq tarkibida juda ko’p viruslar, mikroorganizmlar, hashoratlar, oddiy hujayrali jonivorlar, gelmint tu-xumlari va jonivorlar mavjud. Insonning hayotiy faoliyati oqibati paydo buladigan turli xususiyatlarga ega bo’lgan chiqindilarning hammasi tuproqqa tashlanadi. Shuning uchun ham, tuproq ko’p jihatdan turli yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni keltirib chiqaruvchi tabiatning asosiy omillaridan biri. Agar tuproqda o’zini-o’zi tozalash jarayoni ketmaganda, quyosh nurining ta’sirida patogen mikroorganizmlar qirilmaganda, tuproq inson uchun o’ta xavfli kasal tarkatuvchi manba bo’lib qolar edi.


Tuproqdagi turli fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarning hammasida xavoning kislorodi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki kislorodsiz u jarayon-larning bo’lishi qiyin. Sababi, atmosfera havosi bilan tuproqdagi havo doimo almashinib turadi. Tuproq havosining sarfi mikrobiologik jarayonlar ta’sirida, organik moddalarning parchalanishi oqibatida, karbonat angidrid gazining paydo bo’lishi bilan ifloslangan tuproq, kislorod va mikroblar ta’sirida ahlatlar tarkibidagi oqsillar, karbon suvlar va boshqa orga­nik moddalar minerallashib, ya’ni, organik moddadan noorganik moddaga aylanib, zararsiz holatga keladi. Bunday jarayon gigienik nuqtai nazardan katta aha-miyatga ega. Xulosa shuki, tuproq chiqindilarni, zararli chiqindi suvlarni, ax-lat va hayvonot dunyosi chiqindilarini, go’nglarini zararsiz holatga keltirib, odamlarni kasallikdan asraydi: Ammo bir holat e’tiborga olinmasa, tuproq-ning o’zi mikroblarni,gelmint tuxumlarini, zararli omillarni o’ziga shimib kasal tarkatuvchi omilga aylanib qolishi mumkin. Demak tuproqka tashlana-digan ahlatlar mikdori ma’lum bir normada bo’lishi kerak, aks holda, tuproq-ning o’zini-o’zi tozalash jarayoni yo’qga chiqib, uning o’zi kasallanadi. Chunki, haddan tashqari ifloslangan tuproq, boshqa tabiiy omillarni zararlab, o’zi va ular orkali inson organizmini patogen mik­roblar bilan, zararli kimyoviy moddalar bilan zaharlab, kasal chiqarishi mumkin. Ifloslangan tuproq quyi-dagi zamjir orqali, boshqa tabiiy muhitni, ya’ni suvni, o’simlik dunyosini, hayvonlarni, er osti va usti suvlar havzasini, hayvonot dunyosini, atmosfera havosini va boshkalarni zararlashi mumkin.
Bu holat quyidagicha:
Tuproq —> odam organizmi.
Tuproq —> suv —> odam.
Tuproq -> o’simlik dunyosi, ularning hosili orqali odam ga o’tadi.
Tuproq —> havo —> odam.
Tuproq —> suv —> baliq —> so’ngra odamga o’tadi.
Tuproq —> o’simliklar —> hayvonlar —> odam.
Bu zanjirni yana davom ettirish mumkin, uylaymizki, unga hojat yo’q.
Yuqorida zikr qilinganlardan, xulosa:
1.Tuproq turli ahlatlarning ma’lum me’yordagisinigina zararsiz holatga keltirishi mumkin, meyordan ortiqchasi tozalanmaydi, tuproqlarni bo’lgaydi.
2.Tuproq ifloslansa, u yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni tarqatuvchi omillardan bo’lib qoladi.
3.Tuproq, atmosfera havosini, ochiq va er osti suvlarini, o’simlik dunyosini qaytadan ifloslantiruvchi omil rolini o’ynaydi.
4.Tuproq, turli moddalarning atrof-muhitda aylanib yurishida muhim rol o’ynaydi. Tuproq ham tabiiy, ham sun’iy holatda epidemik kasallikning kelib chiqishida va ularning oldini olishda katta rol o’ynaydi.
Shuning uchun ham aholi turar joylarining tozaligini saqlash, ahlat-larni hamma joydan tezlik bilan olib chiqib ketish, ularni maxsus joylarda zararsiz holatga keltirish ekogigienaning asosiy talabi.
Gap sog’lom turmush tarzini shakllantirish ustida borar ekan, tabiiy muhitning toza bo’lishi o’ta zarur.Tuproq sharoitida mikroorganizmlar tez ko’payadi, axlat tashlash to’xtatilgandan so’ng tuproq ulardan tozalana boradi. Masalan: ahlat tashlangandan so’ng — 0,00001, tuproq namunasidagi mikrob soni nihoyatda ko’p ikki oy o’tgach — 0,01, olti oy o’tgach — 0,1, bir yil o’tgach — 1,0ga teng, yana tuproq tozalanib, ilgarigi holatiga qaytgan.
Ma’lum bo’lishicha, tuproq ichak tayoqchalaridan taxminan bir yil davomida tozalanadi, ularning tuproqdan topilishi, uning yangi ifloslanishidan darak beradi. Tuproqning gijja tuxumlari bilan ifloslanganligini bilish uchun 1 kg tuproqda gijja tuxumlarining soni aniqlanadi.
Aholi turar joylaridagi tuproqlarni mikroorganizm­lar bilan ifloslanishi, mahallalar hududlarida odamlarning sportning biror turi bilan shug’ullanishi, organizmni chiniqtirish maqsadida turli mashqlarning o’tkazilishi sog’likka zarar bo’lishi mumkin. Chunki ahlatlar yig’ilgan joy-lardagi havoning tarkibida doimo mik­roorganizmlar mavjuddir. Mikroblar shamolda ifloslangan tuproq changlari bilan ham havoni ifloslantirishi mumkin. Bunday joylarda yugurish, tez yurish, quyosh vannasini olish va boshqa muolajalar bilan shug’ullanish sog’likka xavf tug’diradi.
Shuning uchun ham shahar, posyolka va qishloqlardagi aholi yahaydigan joylarni toza tutishning epidemiologik, gigienik va ekologik ahamiyati katta.
Turar joylarning tozaligi, obodonligi, irrigatsiya shoxobchalaridan shaldirab suvlarni oqib turishi, daraxt va o’simlik dunyosining serobligi yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Biz xoxlaymizmi, yo’q-mi, yoshlar, o’smirlar ertalab biror sport mashqlari bilan shug’ullanadilar. Shuning uchun ham, turar joylar, xiyobonlar, daraxtzor maydonlar, istirohat bog’larining tozaligini doimo rejali ravishda saqlab turish, bu borada tashkiliy, sanitar-texnik xo’jalik tadbirlari rejalarini ishlab chiqib, amaliyotda qo’llanilishi ayni muddaodir. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sanitariya nazoratini tashkil qilish, mahalla shirkatlarining faolligini oshirish, aholini sanitariya va ekologik qoidalarini saqlashga da’vat etish juda zarur bo’lib qoldi. Sababi shundaki, hozirgi kundalik hayotimizda, ayniqsa, tozalikni saqlashda yoshlarning befarkligi oqibatida chiqindilarni payt poylab, xohlagan joylariga tashlab ketishlari, ayniqsa, ochiq suv havza-lariga tashlashlari avj olmokda. Vaholanki, suv xavzalarida cho’milish, so’zish mashqlarini o’tkazish, kanallarni qirg’oqlarida quyosh vannalarini qabul qilish, organizmni chiniqtirish maqsadlarida keng ko’lamda foydalaniladi. Shuning uchun ham, yig’ilgan ahlatlarni fakat ahlat tashlanadigan maxsus qonteynerlarga, ahlat tashlash qutilariga tashlash maqsadga muvofikdir.
Kvartallar hududlarida erda yig’ilib yotgan ahlat­larni ko’rib, irri-gatsiya shoxobchalaridagi, temir-betonli ariqchalardagi ahlatlarni ko’rib, ming afsuski, bunday holat befarosatligimiz, ma’naviy kashshoqligimiz natija-sidir. Bu esa insonlar uchun juda achinarli holdir.
Tarixiy dalillardan allaqachonlar malumki, ahlatlar yig’ilgandan so’ng tezda maxsus joylarda zararsiz holatga keltirilmasa, mikroblarning, gijja tuxumlarining tarqalish joyiga aylanishi aniq. Ahlatli joylar kasallik mikroblarini tarqatuvchi, kemiruvchi hayvonlar, qushlar, hashoratlar va boshqalarning yashash joyiga aylanib krladi. Bu o’ta xavfli qolat! Chunki ular tashqi muhitning ob’ektlarini: tuproq, suv, havoni ifloslantirishda katta rol o’ynaydi.
Ahlatlar tarkibida oziq-ovqat chiqindilari va boshqalar juda ko’p organik moddalarni ushlagani uchun, tez chiriy boshlaydi. Oqibatda turli gazlar: ammiak, seravodorod, merkaptan, indol, skatol va boshka moddalar paydo bo’ladi.
Download 32.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling