O'quvchilar sog'lom turmush tarzining fiziologik asoslari . jismoniy mashqlar sog'lom turmush tarzining asosi sifatida .
Reja:
1. Sog’lom turmush tarzi tushunchasi. Moddalarning umumiy ta’rifi.
2. Ovqatlanishning talab sifati.
3. Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda turar joylar sanitariya holatining ahamiyati
4. Sog`lom turmush tarzini tashkil qilishda jismoniy tarbiyaning roli
Adabiyotlar ro’yhati
Har bir organizmda moddalar va energiya almashinuvi doimiy sodir bo’lib turadigan tiriklik jarayonidir. Tanadagi hujayra va to’qimalar to’xtovsiz holda yangilanib, yangidan hosil bo’lib turishi uchun, kerakli moddalar va energiya iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlar bilan qabul qilib turiladi. Bu moddalarga oqsil, yog’, uglevod, suv va mikroelementlar kiritiladi. Mana shu moddalar organizmda moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi. Masalan, aminokislotalardan murakkab polipeptidlar yoki oqsillar hosil bo’ladi. Oqsillar almashinuvi tiriklik uchun shart bo’lgan jarayon, u to’xtashi bilan hayot ham to’xtaydi. Barcha almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarni o’z tarkibida saqlaydigan oqsillar to’la qimmatli oqsillar bo’lib, ular go’sht, tuxum, baliq, sut va boshqalar tarkibida uchraydi. Ikkinchi guruh aminokislotalaridan alanin, serin, lizin va boshqalardan yangi hujayra va to’qimalar sintezlanmaydi.
Hayotning asosida 3 ta oqimning moddalar, energiya va axborotning birlashuvi yotadi. Bu 3 ta oqimning mavjudligini ta’minlash uchun oziq moddalar bilan tashqi muhitdan boshlang’ich material tushib turishi kerak. oqsillar organizmda plastik hujayralarning qurilish materiali sifatida, katalitik, ya’ni, fermentlarning asosiy qismini tashkil etadi. Shu bilan birga oqsil immunitet tizimini yaxshilab, qonning asosiy qismini tashiydi, turning induvidual xossasini namoyon qiladi. 1-1,5 g vazn uchun 1 g oqsil miqdorida 1 mg vitamin S yuborish kerak bo’ladi. Aks holda ovqat xazm qilish buzilib, yo’g’on ichakda oqsil chiriydi. 46-480S issiqlikda ovqatga ishlov berilganda oqsillar parchalanishi 540S da fermentlar faolligi yo’qoladi. YOg’lar organizmda hujayra qurilishi uchun plastik material vazifasini bajaradi. Bundan tashqari gormon sintezida, ya’ni gipofiz, buyrak usti bezi gormonlarida ishtirok etadi. 1 gr yog’ yonganda 9,3 kkal issiqlik chiqadi va organizmning yuqori energetik zahirasi hisoblanadi. Kunlik yog’ga bo’lgan ehtiyoj 25-30 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |