5-mavzu: SOG`LOM OVQATLANISH VA SALOMATLIKNI SAQLASH MUAMMOLARI
Reja:
1. Organizm uchun oziq moddalarning mohiyati.
2. Oziq moddalarning tarkibi.
3. Oqsil, yog„, uglevod, suv, mikroelementlarning umumiy ta‟rifi, vazifalari.
4. To„g„ri ovqatlanish va uni tashkil qilish chora tadbirlari
Hayot asosida uchta oqimning - moddalar, energiya va axborotning birlashuvi yotadi. Bu uchta oqimning
mavjudligini ta‟minlash uchun, asosan oziq moddalar bilan tashqi muxitdan boshlang„ich material tushib turishi
kerak. Asosiy oziq moddalariga oqsillar, yog„lar, uglevodlar, suv, vitaminlar, mineral moddalar kiradi.