5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик


Download 207.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana05.01.2022
Hajmi207.87 Kb.
#202952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
5-maruza-1

Mineral moddalarning turli vazifalari mavjud: 

- ko„pgina fermentativ tizimlarning vazifasi va strukturasini   belgilaydi; 

- aloxida muxim fiziologik jarayonlarning normal kechishini ta‟minlaydi; 

- to„qima tuzilishi va plastik jarayonlarida qatnashadi; 

- qondagi tuz tarkibini belgilaydi;  

- suv-tuz almashinuvini normallashtiradi.   

Organizmga mineral moddalar meva va sabzavotlar bilan kiradi. Ularning katta axamiyati shundaki, ular 

biologik  bog„liq  tuzilmalarda  bo„lib,  bu  komplekslar  organizm  tomonidan  yaxshi  xazm  bo„ladi.  Organizmga 

kirgan  mineral  moddalarning  absolyut  kirishigina  emas,  balki  ularning  miqdori  xam  axamiyatlidir.  O„simlik 

maxsulotlari  oksidlanadi,  xayvon  (tovuq,  tuxum,  mol  go„shti)  qaytariladi.  Bu  esa  goleostoz  uchun  katta 

axamiyatga ega. Tuzlarning (K ionlari) miqdori oshishi xazm bo„lish jarayonini ratsional kechishini ta‟minlaydi. 

Na  ionini  oshishi  esa  xujayra,  nafas  olinishini  qiyinlashtiradi,  ximoya  kuchlarini  susaytiradi,  anabolizm 

jarayonlari  xam  susayadi.  Na  miqdorining  keskin  oshishi  organizmda  suyuqlkshi  ushlanib  qolishiga,  qonda 

osmatik bosimini ko„tarilishiga, bu esa to„qimalardagi suyuqlikni qonga o„tkazishga, tomirlar to„lishiga, arterial 

bosimi oshishiga olib keladi. 

Oziq-ovqatda  tuzlarni  chegaralash  lozim.  Modda  almashinuv  jarayoni  samarali  o„tishi  uchun  ovqat 

tarkibida mikroelementlar bo„lishi shart. Bular tana xujayralarida juda kichik miqdorda uchrashiga qaramay, turli 

a‟zolarni  xususiy  vazifalarini  bajarilishini  ta‟minlaydilar.  Masalan,  sink  -  jinsiy  bezlarda;  yod  -  qalqonsimon 

bezda; mis - jigarda; nikel - oshqozon osti bezida; stronsiy -suyakda; xrom, marganets - gipofizda, temir - taloqda 

uchraydi. Agar ushbu a‟zolarda ko„rsatilgan mikroelementlar yetishmasa, turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. 

Masalan,  yod  mikroelementi  qalqonsimon  bezning  tiroksin  gormoni  tarkibiga  kiradi.  Organizmga  ovqat  orqali 

tushayotgan  yod  butunlay  qalqonsimon  bezdan  o„tadi.  Shuning  uchun  ovqatda  yod  yetishmasa,  organizmda 

modda  almashinuv  jarayonlari  buziladi,  miksidema  yoki  gipotireoz  kasallik-lariga  chalinish  mumkin. 

Mikroelementlar juda ko„p miqdorda (21-23 xili) o„simliklar a‟zolarida yig„iladi. Organizm mikroelementlarga 

qoniqishi  uchun  ovqat  ratsioniga  60  xil  o„simliklarni  qo„shish  zarur.  Mavsumga  oog„liq  ratsional  ovqatlanish 

lozim,  masalan  erta  baxorda,  yozda  tarkibida  fitonsidlar  mavjud  bo„lgan  o„simliklarni  (kulupnay,  olma,  sitrus 

mevalar, sarimsoq piyoz, sabzi, xren, achchiq garmdori, pomidor) iste‟mol qilish tavsiya etiladi. 


Download 207.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling