5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик


Download 207.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana05.01.2022
Hajmi207.87 Kb.
#202952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
5-maruza-1

Uglevodlar  sintezlanmaydi, lekin  ularning energik axamiyati bor.  Ular  monosaxaridlar, oligosaxaridlar 

va  polisaxaridlarga  bo„linadi.  Monosaxaridlar:  glyukoza,  fruktoza,  oligosaxaridalar:  saxaroza,  maltoza,  laktoza, 

polisaxaridlarga  kraxmal,  sellyuloza,  kletchatka,  pektinlar  kiradi.  Murakkab  polisaxaridlar  oddiylargacha 

parchalanadi, agar xazm bo„lish jarayoni buzilsa, ular achiydi va chiriydi. Oziq tolalari xazm bo„lmaydi, lekin 

ular quyidagilar uchun kerak: 

- oziq xazm bo„ladigan massaning gelsimon strukturasini xosil qiladi, oshqozon bo„shashi xazm bo„lish 

tezligi va oziq massasining xarakatiga ta‟sir  qiladi. 

- axlat toshlarini xosil bo„lishini, suvni ushlanishini, massasi va konsistensiyasini faollashtiradi; 

-  o„t  kislotasini  yo„qotishini  to„xtatadi  va  adsorblaydi,  natijada  xolesterin  va  o„t  kislotasi,  shuningdek, 

qondagi gemoglabin normal darajasini ta‟minlaydi; 

- yallig„lanishga qarshi va antitoksin ta‟sir etadi; 

- vitaminlar sintezida qatnashadi; 

-  oziq  tolalari  mikroflora  yordamida  yo„g„on  ichakda  singdiriladi  va  keyinchalik  bu  yangi  moddalar 

organizmda ishlatiladi; 

- organizmdan toksinlar va og„ir metan chiqishini ta‟minlaydi; 

- ateroskleroz, gipertoniya, qandli diabet kasalliklarini oldini oladi. 

Organizmda  parchalanadigan  va  so„riladigan  nozik  oziq  tolalarini  (olma,  karam,  kartoshka)  va  dag„al 

(sabzi, lavlagi) tolalari farqlanadi. 1 sutkalik extiyoj 15-20 g. 



Suv. Odamda 65% oziq-ovqatni suv xosil qiladi. Suv normal modda almashinuvida uchun asosiy muxitni 

xosil qiladi. Suyuqlikni ko„p iste‟mol qilish odamga zarar yetkazadi (masalan, yurak, buyrak faoliyatiga). 



Vitaminlar - ovqatning ajralmas qismi bo„lib, biologik katalizator vazifasini bajaradi. Ular organizmning 

oziq  moddalarini  to„g„ri  va  ekologik  ishlatilishini  ta‟minlaydi.  Vitaminlar  suvda  va  yog„da  eriydiganlarga 




 

bo„linadi.  Birinchilari  fermentlarning  tuzilishi  va  funksiyasini  shakllanishiga,  ikkinchisi  xujayra  membranasini 



xosil bo„lishida ishtirok etadi. Ovqatlarni uzoq vaqt saqlashda vitaminlar miqdori kamayadi. Vitaminlar aktivligi 

oziq moddalarning tarkibidagi oqsil komponentlari bilan boshlanishiga bog„liq. Organizmni vitaminlarga bo„lgan 

talabi individualdir. 


Download 207.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling