5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик


To‘g‘ri ovqatlanish va uni tashkil qilish chora tadbirlari


Download 207.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana05.01.2022
Hajmi207.87 Kb.
#202952
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
5-maruza-1

To‘g‘ri ovqatlanish va uni tashkil qilish chora tadbirlari 

Ovqatlanish  dastavval  kishining  nafaqat  biologik  ehtiyoji,  shu  bilan  birga  bir  qator  tibbiy,  sotsial, 

iqtisodiy va ekologik muammolar bilan bevosita bog‟liq muhim tashqi muhit omilidir. To‟g‟ri ovqatlanish yo‟li 

bilan  ko‟p  kasalliklarning  oldi  olinadi,  davolanadi,  ya„ni  oqilona  ovqatlanish  orqali  turli  xil  davr  kasalliklari, 

jumladan,  yurak-qon  tomirlari,  asab,  oshqozon-ichak  va  endokrin  tizimlar  xastaliklaridan  (yurakning  ishemik 

kasalligi, gipertoniya, miokard infarkti, miyaga qon quyilishi, asabiylashish, me„da-ichak yaralari, yomon sifatli 

o‟smalar, qandli diabet,  o‟t  pufagi  va  buyraklarda  tosh  qolishi,  vitaminozlar  va  hakozo)  muhofazalanish  yoki 

qutilish mumkin. 

 

Buyuk  qomusshunos  olim,  inson  a„zolari  ilmining  bilag‟oni  Abu  Ali  ibn  Sino  «Ovqatni  o‟ylamasdan 



yeyaversang bir kuni u seni ham yeydi» deganlaridek, yegan-ichganga beparvolik birinchi navbatda salomatlik 

kushandasidir.  Insonning  har  tomonlama  kamol  topishda,  aqlan  va  jismonan  mukammal  bo‟lishida  qanday, 

qachon  va  qancha  ovqatlanishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  borada  xalq  orasidagi  hikmatlardan  birini 

keltirish mumkin «Taom yeganda tomoqqa ehtiyot bo‟lishlik, bo‟lar-bo‟lmas narsalarni yemaslik, halol-haromni 

aralashtirmaslik  kerak.  Bu  narsa  tanangiz  va  ruhingizni  yaxshilaydi,  sihat-salomatlikni  muhofaza  qilishlik  va 

iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi». Kasalliklar bilan ovqatlanish orasidagi bog‟lanishni mutafakkir D.Reybin 

quyidagicha ta„riflaydi: «Xastalanish ko‟pincha yeyish kerak bo‟lgan ovqatni yemaslik va kerak bo‟lmaganini 

yeyishdan kelib chiqadi». Shuningdek hind xalqining buyuk yo‟lboshchisi M.Gandi «1000 xil kasallikning 999 

tasini to‟g‟ri ovqatlanish bilan davolash mumkin» deb aytgan. 

 

Ovqatlanishning  iqtisodiy  muammolari  haqida  gapirilganda  shu  narsani  ta„kidlash  kerakki,  insoniyat 



paydo  bo‟lganidan  beri  kishilar  orasida  ochlik,  to‟yib  ovqatlanmaslik  hollari  bo‟lib  kelgan  va  hozir  ham  bir 

qator  mintaqalarda  mavjud.  Bunday  muammoni  faqat  oziq-ovqat  mahsulotlarini  yetarli  darajada  yetishtirish, 

ishlab chiqarish,  ulardan  tegishli  zahiralar tayyorlash bilan  yechib  bo‟lmaydi,  chunki  yer  yuzida  aholining  tex 

sur„atlar bilan ko‟payishi qanchalik mo‟l-ko‟lchilik bo‟lmasin, mavjud ma„lumotlarda ta„kidlanishicha bari bir 

oziq-ovqat  taqchilligiga  olib  keladi.  Ochlik  bilan  bog‟liq  bo‟lgan  masalalarni  hal  qilishda  muhim  tadbirlardan 

biri bu fiziologik me„yor darajani hal qilishda muhim tadbirlardan biri bu fiziologik me„yor darajasidan ziyod 

iste„mol qilinayotgan mahsulotlarni tejashdir. Masalan, bir odam kuniga 100  g  me„yordan oshiq non yesa bir 



 

shahar  yoki  bir  viloyatda  bir  kunda  qancha  eng  qimmatli  oziq  modda  -  non  qancha  isrof  bo‟lishini  tasavvur 



qilish qiyin emas. Yoki yog‟, oqsillar beradigan umumiy quvvatning faqat karbonsuvlar orqali qabul qilinishi 

(masalan,  qishloqlarda  yashovchi  ko‟plab  hamyurtlarimizning  kun  uzog‟ida  faqat  non,  un  mahsulotlari, 

ozmuncha  shakar  yeyishi)  tanada  moddalar  va  energiya  almashinuvining  buzilib  ateroskleroz,  tromboz, 

gipertoniya, miokard infarkti, shakarli diabet, xolitsistit, jigar va buyraklarda tosh qolishi kabi xastaliklarga olib 

kelishi isbotlangan. 

 

Bunday tibbiy va iqtisodiy muammolarning oldini olish uchun har kimning oqilona ovqatlanish qonun-



qoidalaridan, hazm a„zolarining qanday ishlashidan xabardor bo‟lishi kerak va bu borada ovqatlanish 

fiziologiyasining asoslarini o‟rganish alohida ahamiyat kasb etadi. 

Quyida  oqilona  ovqatlanish  bilan  bog„liq  asosiy  tavsiyalarni  keltiramiz.  Bu  tavsiyalar  ovqatlanish 

gigenasi,  nutritsiologiya,  hazm  fiziologiyasi  bo„yicha  keyingi  yillarda  erishilgan  ilmiy  va  amaliy  yutuqlar 

hamda xalq tibbiyoti durdonalarida ovqatlanish masalalariga bag„ishlangan hikmatlarga asoslangan. 


Download 207.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling