5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик


Download 207.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana05.01.2022
Hajmi207.87 Kb.
#202952
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
5-maruza-1

oldin qabul qiling. Ma‟lumki, sabzavot, meva-cheva va ko„katlar vujudni vitaminlar va mineral moddalar bilan 

ta‟minlashda  nihoyatda  noyob  oziq  moddalardir,  agar  ular  o„z  o„rnida  iste‟mol  qilinsa,  bu  noyoblik  yanada 

yaqqolroq namoyon bo„ladi. Palov, qovirilgan go„sht, baliq va tuxumlar bilan aralashtirilib yoki ulardan keyin 

yeyilgan  salatlar  o„z  vaqtida    ichaklarga  o„ta  olmasdan,  oshqozonda  kerakligidan  uzoq  turib  qolib,  achiy 

boshlaydi. Natijada gazlar ajralib kekirish va kuchli kislotali muhit paydo bo„ladi, jig„ildon qaynaydi. Kuchli 

kislotali  muhitda  esa  ayrim  vitaminlar  o„z  kuchini  yo„qotadi.  Me‟dadagi  bunday  aralashma  ba‟zan 

qizilo„ngachgacha ko„tarilib, uning devoriga jarohat yetkazishi va oqibatda yaralar paydo qilishi mumkin. Shuni 

ham ta‟kidlash kerakki, yuqorida qayd qilingan og„ir taomlar ozmuncha ko„k piyoz, shivit, kashnich, petrushka 

bilan qo„shib iste‟mol qilinsa, yaxshi hazm bo„ladi. Buning sababi aynan shu ko„katlar tarkibida ayrim biologik 

faol  moddalarning  (fermentlar)  mavjudligi  oqsil  va  yog„larni  parchalanishini  rag„batlantiradi.  Salatlarni 

ovqatdan  oldin  yeb  olishning  yana  bir  ijobiy  xususiyati  borki,  bunday  tartib  semirmaslik  uchun  kam 

ovqatlanishni orzu qiladiganlar uchun asqotadi. Gap shundaki, ancha-muncha salat yeyilgandan keyin oshqozon 

“qappayib”, nafs biroz jilovlanadi, ishtaha pasayadi, natijada kam ovqat yeyiladi. 

Qovun,  tarvuz,  uzum  va  har  xil  mevalarni  issiq  ovqatlardan  keyin  darhol  yeyish  tavsiya  qilinmaydi. 

Ular salatlar kabi 25-30 daqiqadan keyin ichaklarga o„tib ketmasa achiydi, hazm jarayoni buziladi. Eng yaxshisi 

bunday mahsulotlarni alohida (masalan, tushlik va kechki ovqat o„rtasida) iste‟mol qilgan ma‟qul. 




 




Download 207.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling