5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик


  Ovqatni  yetrlicha  chaynash


Download 207.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana05.01.2022
Hajmi207.87 Kb.
#202952
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
5-maruza-1

6.  Ovqatni  yetrlicha  chaynash.  “Suvni  chaynab  yuting,  ovqatni  esa  suv  qilib  iching”,  degan  Arastu 

zamonidan qolgan hikmatda gap ko„p. Haqiqatdan ham suv qultum, qultum qilib, sekin-asta ichilsa uning asl 

mazasi  seziladi,  eng  muhimi,  bunda  og„iz  bo„shlig„idagi  retseptorlar  (sezuvchi  nerv  uchlari)  yetarli  darajada 

ta‟sirlanib, bosh miyaga tegishli impulslar yuboradi va chanqoqlik bosiladi, keragidan oshiqcha suv ichilmaydi 

(oshiqcha suv yurak-qon tomirlar tizimiga qo„shimcha yuklama beradi, harakat qilishga halaqit qiladi). Taomni 

esa  so„lak  bilan  aralashib,  suyuqroq  holga  kelgunicha  chaynash  uning    oshqozon  -  ichaklarda  yengil  hazm 

bo„lishini  ta‟minlaydi.  Agar    ovqat  luqmasi  og„izda  davomli  vaqt  saqlansa,  hali  aytib  o„tilgan  retseptorlar 

tegishli holda qitiqlanib, hazm a‟zolarining keyingi qismlarida aynan shu taomni qayta ishlaydigan fermentlar 

ajralishini  rag„batlantiradi.  Shu  nuqtai  nazardan  ba‟zan  vaqtga  qizg„onib,  “  tez  ovqat  yegan,  tez  va  ko„p 

ishlaydi”  degan  maqollar  bois  apil-tapil,  shoshilib  taomlanish  umuman  noto„g„ri.  Bunday  ovqat  birinchidan 

og„iz bo„shlig„ida yetarli maydalanib, so„lak bilan aralashtirilmaganligi uchun qiyin hazm bo„lsa, ikkinchidan, 

taom kerakligidan ancha ko„p yeb qo„yiladi, oshiqcha taomlanishning esa doim zarar keltiruvchi omil ekanligi 

hammaga  ma‟lum.  Shuning  uchun  har  xil  sabablarni  rukach  qilib,  shoshib-pishib  ovqatlanish  koni  zarar. 

Diyetolog va nutritsiolog olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, har bir  ovqatlanish kamida 30 daqiqa davom 

etishi kerak. 


Download 207.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling