5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик


Download 207.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana05.01.2022
Hajmi207.87 Kb.
#202952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
5-maruza-1

Oqsillar organizmda quyidagi vazifalarni bajaradi: 

- plastik - hujayralarning qurilish materiali; 

- katalitik - fermentlarning asosiy qismini tashkil etadi; 

- immun, turning individual xossasini namoyon qiladi; 

- transport, qonning qismini tashiydi. 

Ovqat  tarkibidagi  oqsillar  20  ta  aminokislotadan  iborat,  ulardan  8  tasi  almashtirilmaydi,  ya‟ni 

organizmda  sintezlanmaydi.  Yo„g„on  ichakda  ba‟zi  bir  aminokislotalar  sintezlanadi.  Almashtirilmaydigan 

aminokislotalar  30%  dan  kam  bo„lmasligi  kerak.  Yetuk  oqsillar  xayvondan,  yetuk  bo„lmagan  oqsillar 

o„simlikdan kelib chiqadi. 1-1,5 g vaznga oqsilni normada qabul qilish kerak, lekin bunda 1 g oqsil miqdorida 1 

mg  vitamin  S  yuborish  kerakligini  inobatga  olish  lozim,  bo„lmasa  ovqat  xazm  qilish  buzilib,  yo„g„on  ichakda 

oqsil  chiriydi.  Xayvonda  yuzaga  keladigan  aminokislotalar  yig„imi,  odam  organizmi  uchun  kerakli 

aminokislotalarga  yaqin.  46-48°S  issiqlikda  ovqatga  ishlov  berilganda  oqsillar  koagulyatsiyasi,  54°S  da  esa 

fermentlar aktivligi yo„qolib, oqsillar xazm qilinishi pasayadi. 

Yog‘lar organizmda ko„p vazifalarni bajaradi: 

- xujayra qurilishi uchun plastik material (jinsiy va asab xujayralarining qobig„i 50% yoshdan iborat); 

- gormon sintezida ishtirok etadi (gapofiz, buyrak usti bezi gormonlari); 

- organizmning yuqori energetik zaxirasi xisoblanadi (1 g yog„ yonganda 9,3 kkal issiqlik chiqadi); 

- A, D, K, E vitaminlar funksiyasi uchun kerak. 

Zamonaviy  odam  ratsioniga  o„simlik  va  xayvon  yog„lari  kiradi.  Birinchisiga  yarim  to„yingan  yog„ 

kislotalar  kiradi.  Linolin  kislotasi  organizmda  sintezlanmaydi.  Xayvon  yog„lari  tarkibidagi  xolomikron, 

xolesterin yog„ pufaklari qonning quyilishiga olib keladi. Bu yog„lar toksinlarni yig„adi. O„simlik yog„lari yarim 

to„yingan  kislotalardan  tuzilgan.  Bu  turdagi  kislotalar  xolesterin  va  uning  xosilalarining  organizmdan  chiqib 

ketishiga  sabab  bo„ladi.  qaynatilganda  yog„lar  aldegid,  keton  tanachalari  va  radikallar,  konserogenlargacha 

parchalanadi.  Ovqat  xazm  qilish  traktida  yog„lar  fermentlar  yordamida  glitserin  va  yog„  kislotasigacha 

parchalanadi. Organizmning yog„larga bo„lgan ko„plik extiyoji 25-30 g. 




Download 207.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling