2. O‘zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi jarayonlari
Download 440.26 Kb. Pdf ko'rish
|
2-3-ma\'ruza
Birinchidan, davlatlar paydo bo„lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga
asoslangan "SHarq yo„li" bo„lib, unda iqtisodiyotning asosini sug„orma dehqonchilik tashkil etgan; dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining katta qismini safarbar etish zaruriyati prinsipial boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan. Ishlab chiqarishning osiyocha usuli miloddan avvalgi IV ming yillikdan milodiy I asrgacha yirik daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O„rta Osiyo kabi mintaqalarda yoyilgan. Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Evropa yo„li» Evropa mintaqasida mil.avv.V asrdan boshlab miloddiy III asrgacha qadimgi polislarida mavjud bo„lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (sinflar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo„ldi. Ma‟lum bir qabila, elat va xalqqa xos hamda muayyan hudud bilan bog„liq bo„lgan davlatchilikning paydo bo„lishi va rivojlanish bosqichlari boshqa xalq va hududlardagi davlatchilik jarayonlariga aslo mos tushmaydi. SHunga qaramay, Qadimgi SHarqdagi ilk davlatlarning paydo bo„lishi va rivojlanishi ko„pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta‟kidlash joizdir. Aynan mana shuning uchun ham O„rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo„lishi Qadimgi SHarq davlatchiligi tarixi bilan o„zviy bog„liqdir. Qadimgi SHarq turli hududlaridagi tabiiy sharoit o„ziga xos bo„lib, ko„pincha davlatlarning paydo bo„lishi ushbu holat bilan bevosita bog„liq edi. Ayniqsa, yirik daryolar - Nil, Dajla, Frot, Hind, Ganga, Xuanxe, Amudaryo va Sirdaryo Qadimgi SHarq xalqlari tarixiy taqdirida juda katta ahamiyatga ega bo„ldi. Boshqaruv jamiyatning ichki jabhasiga xos xususiyat hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo„lsak, insoniyat o„z rivojlanish jarayoni davomida eng oddiy boshqaruv shakllarini barpo etib uni rivojlantirib va takomillashtirib borganligi ko„zatiladi. Dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar mil. avv. III ming yillikdayoq Misrda (nom davlatlarning birlashuvi), Mesopotomiyada (Akkadning kuchayuvi) paydo bo„ladi va SHarqdagi boshqa hududlarga ham (Hindiston, Xett davlati, Elam va boshq.) o„z ta‟sirini o„tkazib sifatiy yangi xususiyatlar kasb eta boradi. Davlat boshqaruvi deganda biz bosh siyosiy hokimiyat va unga bo„ysunuvchi boshqaruv tizimini tushunamiz. Boshqaruv tizimi jamiyatning barcha jabhalarini-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqalarni o„z ichiga qamrab oladi. Binobarin, boshqaruv tizimini har tomonlama va jiddiy o„rganmasdan turib jahon xalqlari tarixiy-madaniy rivojlanishi, ularning o„zaro aloqalari va ta‟siri, mahalliy va umumbashariy madaniyatlar integratsiyasining o„ziga xos tomonlari va qonuniyatlariga aniqliklar kiritish mumkin emas. Download 440.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling