mahsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini ta’minlaydigan, atrof-muhitni ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog‘lig‘ini saqlashga, mehnat havfsizligini ta’minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro, meyoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan uyg‘unlashadigan, asos bo‘luvchi xujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi; standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida meyoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi; standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy masalalari bo‘yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi; sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va boshqalar. Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmaganligiga qaramay shu kunga qadar respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo‘lib, shu sohalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi poydevorlardan hisoblanadi. Institut har taraflama tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha mustahkamlanmoqda hamda bu sohalarda ishlaydigan tajribali, bilimdon mutaxassislarni tayyorlab, kelajakda mustaqil respublika oldida turgan dolzarb muammolarni yechishga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi, degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |