2. O’zbekistonda Moliya bozori


Download 63 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi63 Kb.
#1239298
1   2   3   4
Bog'liq
jmb2

Moliya bozori modellari
Xalqaro moliya institutlarining 150 dan ortiq mamlakatlarda o’tkazgan tadqiqotlari natijasida moliya bozori 2 modeli aniqlangan:
1. Anglosakson modeli – bu model birjaviy bozor bo’lib, bankdan tashqari investorlar va korporativ aksiyalar bilan operatsiyalar ustunlikka ega. Bunga asosan:
- investitsiyalar manbai fond bozori, aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorining eng yirik segmenti hisoblanadi;
- Fond bozorining ishtirokchilari, ya'ni moliya institutlari yuqori salmoqqa ega;
- mulkchilik shakli – kollektiv-jamoa investitsiyalash institutlari;
- bozorning oydinlik darajasi – cheklashlar kam.
Bu modelning eng asosiy ko’rsatkichlardan biri – banklarning birjadan ajralib turishidir, ya'ni ular qimmatli qog‘ozlar bilan kam shug‘ullanadilar (bu model AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqa mamlakatlarga mansub).
2. yevropa kontitental (German) modeli. Bu modelga asosan:
- investitsiyalar aksiyalar, qanz majburiyatlarini ifodalovchi instrumentlar orqali amalga oshiriladi;
- fond birjalarining instrumentlari – bank krediti, obligatsiyalardir;
- banklar asosiy o’rinni o’ynaydilar;
- mulkchilik shakli – davlat va yirik korporatiq tizimlarning ulushi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Bu model Germaniya, Avstriya, Yaponiya uchun xarakaterlidir.
Bu model asosida bank bozori, kredit tashkilotlari va davlat qimmatli qog‘ozlari bilan opreatsiyalari ustunligi muhim rol o’ynaydi.


Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki moliya bozorlari iqtisodiyotning ajralmas bir bo’lagi hisoblanib Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori o’ziga xos “Asab markazi” hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasiga qarab mamlakat iqtisodiyotining “ahvoli” haqida fikr yuritish mumkin chunki moliya bozoriga ta'sir ko’rsatib jamiyatning iqtisodiy faolligini boshqarish mumkin.
Tarixiy Moliya bozorlari pul va moliyaviy munosabatlarning‚QQB esa qimmatli qog‘ozlar (avvalambor aksiya va obligatsiyalar)ni paydo bo’lishi bilan yuzaga keldi va bu o’z navbatida birjalarni vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Moliya bozorining rivojlanish bosqichlarida bir necha fond birjalar va jahon moliya markazlari vujudga keldi. Hozirgi kunga kelib, ayrim baholarga qaraganda jahonning moliyaviy markazlaridagi kunlik operatsiyalar hajmi tovarlar bilan jahon savdosi hajmidan 50 marotaba ko’pdir; Zamonaviy sharoitda 13 ta jahon moliyaviy markazida xorijiy banklarning 1000 ziyod filial va bo’limlari to’plangandir. Jahon moliyaviy markazlari bo’lib Syurix va Lyuksemburg hisoblanadi. Ular oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirish borasida London bilan bellashib kelmoqdalar. yevrovalyutadagi barcha kreditlarning ¼ qismi Lyuksemburg zimmasiga to’g‘ri keladi.
Qimmatli qog’ozlar bozori,valyuta bozori,sarmoyalar bozori moliya bozorining bir kismidir .Chet el valyutalar bilan operatsiya kiluvchi banklar uchun butun jaxon xalqaro moliya markazlarida xar qaysi valyuta taxminan bir baxoda bo’lishi xarakterlidir. Agar birorta valyutani bozor baxosi birorta moliya markazida o’rtacha kursdan katta farq kilib qolsa u xolda paydo bulgan farq arbitraj orkali tezda tartibga solinadi. Shunday kilib, valyuta operatsiyalarini xalqaro pul kredit sistemasining xozirgi zamondagi rivojlanishida bozorning eng muxim tartibga soluvchisi bo’lib xizmat qiladi. Faqat eng katta xalqaro banklar va regional valyuta bozorlarining doimiy qatnashchilarigina o’zini maxsus valyuta opreatsiyalar departamentiga egadirlar.Xozirgi zamon moliya bozorining asosini ko’p sonli moliya muassasalari yoki vositachilar tashkil qiladi. Bu- sotuvchilar va xaridorlar, ya'ni sotiladigan va xarid kilinadigan, pul va boshqa moliya aktivlari mavjud bölgan bozor. Ular vaqtinchalik foydalanish uchun ( majburiyatli qarzlar shaklida) yoki butunlay (aksiyaga) berilishi mumkin.
O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilan Respublikada bozor munosabatlari tashkil topishi va shakllanishiga olib boruvchi muhim islohotlarni amalga oshirdi. Bu islohotlar ijtimoiy-himoya iqtisodiyoti bilan demokratik jamiyatni tashkil qilishga yo’naltirilgan O’zbekiston va uning xalqining barcha hayotiy sferasida namoyon bo’ladi. O’zbekistonda Moliya bozorini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi, bir qator qonunlar va hujjatlar qabul qilindi va hayotga tadbiq etildi.
Har bir bozorning o’ziga yarasha muammolari bo’lganidek moliya bozori ham o’zining bir qator muammolariga egadir.Jumladan moliya bozoridagi eng asosiy muammolardan biri bu moliya bozorlaridagi inqirozdir.Iqtisodiy ma'nbalardan o’tgan 200 yil ichida dunyo moliya bozorlarida 20 dan ortiq inqirozlar vujudga kelganligi ma'lum. Iqtisodiy adabiyotda inqirozning asosiy sabablaridan biri talab va taklif o’rtasida muvozanatning bo’zilishi bilan izohlanadi.
XX asrgacha ro’y bergan iqtisodiy inqirozlar 3-4 ta mamlakat iqtisodiyoti doirasida vujudga kelgan bo’lib, undan keyingi yillarda xalqaro tusga kirib bormoqda. XX asrdan keyin ro’y berayotgan moliyavi-iqtisodiy inqirozlarning vujdudga kelish sabablari turlicha bo’lib, asosan qimmatli qog‘ozlar bozori va bank tizimi bilan bog‘liqdir. Uning natijasida ishsizlik darajasi ortadi, inflyasiya kuchayadi, bankrot holatiga tushgan korxona va tashkilotlarning soni ortib boradi hamda moliyaviy-iqtisodiy muhit izdan chiqadi.
Xulosa qilib aytganda, inqirozdan yuksalib chiqish uchun ishab chiqarishda innavatsion texnologiyani jalb etish hamda moliya bank tizimini qaytadan ko’rib chiqish muhim vazifa hisoblanadi.



Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling