2. O’zbekistonda Moliya bozori


Download 63 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi63 Kb.
#1239298
  1   2   3   4
Bog'liq
jmb2



KIRISH
1. Jahon moliya bozori tushunchasi va rivojlanish bosqichlari.
1.1 Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari va funksiyalari
1.2 Jahon moliyaviy markazlari
1.3 Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari: ishtirokchilari va tarkibiy tuzilishi
2. O’zbekistonda Moliya bozori
2.1 “Toshkent” Respublika Fond Birjasi miqyosida O’zbekistonda Moliya bozoridagi xatti xarakatlar
3. Jaxon moliya bozorida inqirozlar va moliyaviy inqirozning mohiyati.
3.1. Dunyoda yuz bergan iqtisodiy inqirozlar va ularning sabablari
3.2. 2008 yilda yuz bergan jahon moliya inqirozining manbasi va kelib chiqish sabablari
3.3.O’zbekiston iqtisodiyotiga jaxon moliya inqirozining ta'sirini pasaytirish yo’llar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Har qanday iqtisodiy faoliyat mablag’, pul talab qiladi. Ishlab chiqarish qayerda bo’lmasin, baribir moliyani yuzaga keltiradi. Chunki makroiqtisodiyotning uchta asosiy masalasini, ya'ni nima ishlab chiqarish kerak, qancha ishlab chiqarish kerak, ishlab chiqarish faoliyatida olingan natijalarni qanday taqsimlash kerakligini faqat moliya yordamida hal qilinishi mumkin. Hozirgi kunga kelib, ayrim baholarga qaraganda jahonning moliyaviy markazlaridagi kunlik operatsiyalar hajmi tovarlar bilan jahon savdosi hajmidan 50 marotaba ko’pdir. Bu mavzuning dolzarbligidan dalolat.
Bu masalani hal etishda siyosiy yoki ma'muriy tadbirlar yordamida amalga oshirilsa, gap buyruqbozlikka asoslangan yoki rejali iqtisodiyot haqida boradi. Biz esa erkin iqtisodiyotga asoslangan, raqobatli narx resurslaridan foydalanib boshqarilayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi moliya bozorini o’rganamiz.
Moliya bozori juda keng tushunchadir. U keng ma'noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi, hamda muayyan moliya muassasalari orqali o’zaro ta'sirida bo’ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar o’rtasidagi munosabatlarni tasvirlaydi. Ish mobaynida moliya bozorini mohiyatini ochib berish asosiy maqsadlardan biridir.
Bu ish uch qisimdan iborat bular : kirish, xulosa, va asosiy qism. Asosiy qismda moliya bozori tushunchasini mohiyatini ochib berishga,
moliya bozorining tasniflanishga,
O’zbekistondagi Moliya bozori rivojlanish bosqichlarini ko’rsatishga,
Jahon moliya bozorida inqirozlar va moliyaviy inqirozning mohiyatini ochib berishga va nihoyat
“Toshkent” Respublika Fond Birjasi miqyosida O’zbekistonda Moliya bozoridagi xatti-harakatlarni ifodalashga katta e’tibor berilgan..
Hozirgi paytdagi moliya bozoridagi inqirozning iqtisodiyotning hamma jabhalariga ta’siri va buning natijasida iqtisodiy tizimlarning ishdan chiqib ketishi jahon hamjamiyati uchun katta muammolar tug’dirdi. Bular shuni ko’rsatadiki jahon moliya bozori iqtisodiyot uchun muhim bo’lgan vositalardan biridir. Ko’tarilgan mavzuning dolzarbligini anglash qiyin emas.
O’zbekiston sharoitida inqiroz holatidan chiqish yo’llarini dastur sifatida Birinchi preidentimiz I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asari asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Shu o’rinda hurmatli prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, hozirda eng muhimi inqirozni bartaraf etish emas balki, undan qanday chiqish asosiy vazifa hisoblanadi.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling