2. P. R. 01imxo‘jayeva —


mavzu. HUJAYRA YADROSINING TUZILISHI. HUJAYRADA AXBOROT OQIMI


Download 1.88 Mb.
bet12/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

mavzu. HUJAYRA YADROSINING TUZILISHI.
HUJAYRADA AXBOROT OQIMI


Mavzuning mazmuni.
Yadro (nukleus) hujayraning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Hamma eukariot hujayralar yadroga ega. Faqat ba’zi hujayralargina o‘z takomilining oxirgi bosqichida yadrosini yo'qotadi (sut- einizuvchilarning qizil qon hujayralari). Har bir hujayrada yadro asosan bitta bo‘ladi, ammo ikkita yoki bir nechta yadroli hujayralar ham mavjud (jigar va ko'ndalang targ‘il mushak hujayralari).
Yadroning shakli asosan hujayra shakliga va uning funksiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Interfaza holatidagi hujayralarda yadrolar yadro qobig‘idan, xromatindan, yadrochadan va yadro shirasidan tuzilgan bo'ladi.
Yadro irsiy axborotni saqlaydi, ko'paytiradi, tashiydi va shu tufayli oqsil sintezida, hujayraning fiziologik va morfologik jarayonlarini belgilashda asosiy ahamiyatga ega bo'ladi (4- rasm).

  1. rasm. Hujayra yadrosi ko'ndalang kesimning sxematik ifodasi:

1—yadro teshigi; 2—tashqi yadro membranasi; 3—ichki yadro membra- nasi; 4—yadro atrofi bo‘shlig‘i; 5—yad- rocha; 6—riboHoinalar; 7—donador endoplazmatik to*r; 8—xromatin;

  1. yadro shirnsi.

Yadro qobig'i (kariolemma) ikki membranadan tashkil topgan bo‘lib, ularning ornsida yadro atrofi bo'shlig'i mavjud. Qobiqda ko‘p sonli teshiklnr (porasomalar) bo'lib, ular orqali har xil makromolekulalar say lab o'tkaziladi. Yadro qobig‘i yadro ichki muhitini sitoplazmadan ajratadi va sitoplazma bilan yadro orasidagi moddalar almashinuvini boshqarib turadi.
Yadro shirasi (ktirioplazma, kariolimfa) yadroning ichki muhiti bo‘lib, unda xromatin, yadrochalar va har xil donachalar joylashgan. Yadro matriksida 2-3 nm qalinlikdagi oqsil tolachalari bo'lib, ular yadro ichidagi strukturalarni birlashtiruvchi ichki skelet vazifasini o'taydi. Regulator fermentlar ham mavjud.
Xromatin xromosomalarning interfaza davridagi ko'rinishidir. Interfaza davrida xromosomalar spirallari yoyilgan (euxromatin) va spirallashgan qismlari (geteroxromatin) ko'rinadi. Xromatinning kimyoviy tarkibi asosan DNK va oqsildan tashkil topgan (shuning uchun ham ular maxsus bo'yoqlar bilan bo'yalish xususiyatiga ega). Xromosomalar tarkibida oz miqdorda RNK, yog'lar, uglevodlar, metall ionlari ham uchraydi.
Bo'linayotgan hujayralarda xromosomalar to'g'ri yoki egilgan tayoqchalar shaklida bo'ladi. Xromosomalar sentromera (birlamchi belbog') bilan ikki yelkaga bo'linadi. Sentromeraning joylashishiga
qarab uch turdagi xromosomalar farqlanadi: metatsentrik (teng yelkali), submetatsentrik (tengmas yelkali), akrotsentrik (belbog‘i bir uchiga yaqin) xromosomalar. Ba’zi xromosomalarning ikkilamchi (yadrocha hosil qiluvchi) belbog‘i mavjud. Xromosomalarning bu qismi interfazada yadrocha hosil qilishda qatnashadi (5- rasm).
Metafaza xromosomalari ikkita spiral holatda o‘ralgan xromatidalardan iborat bo'lib, ular sentromera orqali o‘zaro birikadi. Bo'linish oxirida xromatidalar bir-biridan ajralib, mustaqil xromosomalarga aylanadi.
Elektron mikroskopda kuzatganimizda uning eng elementar tuzilmalarini ko‘ramiz. Ular diametri 10-13 nm ga teng bo'lgan DNK hamda gistonli oqsildan tashkil topgan ipchalar yoki nukleogistonlardlr. Nukleogistonlar o‘z navbatida nukleosomalardan


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling