2. P. R. 01imxo‘jayeva —
Download 1.88 Mb.
|
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil tayyorlanish iichiin topshiriqlar.
- O‘quv jihozlari.
- Mashg‘ulot rejasi.
Prokariot va eukariot hujaylarining asosiy tarkibiy qismlarini bilib olish. Hujayralarning vaqtincha preparatlarini tayyorlashni puxta o'zlashtirib olish. Doimiy preparatlar, elektron mikro- fotografiyalar, slaydlardan foydalanib organoidlar, kiritmalar, hujayra qobig‘ini o'rganish. Mustaqil tayyorlanish iichiin topshiriqlar. Mavzuni o'rganib, Hujayrani qanday f'anhir o'rganadi? Hujayraning hozirgi zamon ta’rifini bering. Hujayra nazariynsining biologik ahamiyativa asosiy qoidalarini aytib bering. Hujayra nazariynsining I ibbiyotdagi ahamiyatini tushuntiring. Prokariot va eukariot hujayralarining asosiy farqlarini aytib bering. Organoidlar klassil'ikatsiyasini tushuntiring. Organoidlarlarning tuzilishi, funksiyalarini tushuntiring. Qanday organoidlarni yorug'lik mikroskopida, qandaylarini esa elektron mikrosokpda ko'rish mumkin? Kiritmalar organoid I a rd an qanday farqlanadi? II. Vaziyatga oid masalalar va test topshiriqlariga javob toping va javobingizni isbotlang. O‘quv jihozlari. O‘simlik, hayvon va bakteriya hujayralarining jadvali, eukariot hujayralar tuzilishiga oid sxemalar (yorug‘lik va elektron mikroskop orqali ko‘rinishi); mikropreparatlar, piyoz pardasi hujayralari, baqa va sutemizuvchilar qonining surtmasi, elektron mikrofotografiyalar, organoidlar va kiritmalarning slaydlari, yorug'lik mikroskoplari, suv o'tlari, buyum oynasi, qoplagich oynacha, pipetkalar, Petri kosachasi, piyoz, kartoshka, NaCl ning 10% li eritmasi, yod eritmasi, filtrlovchi qog‘ozlar. Mashg‘ulot rejasi. Piyoz pardasi hujayralarini o'rganish. Piyoz po'stining ichki tomonidan pardasi ajratib olinadi va uning kichik qismi buyum oynasiga, Ljugol eritmasi tomchisiga joylashtiriladi. Hujayralar mikroskopda avval kichik obyektiv, keyin katta obyektiv yordamida o‘rganiladi. Katta obyektivda hujayra sitoplazmasi o'rtasiga joy- lashgan yadroni, undagi yadrochalarni ko'rish mumkin. Sito- plazmaning bo'yalmagan bo‘shliqlari vakuolalar hisoblanadi. Albomga bir nechta hujayraning rasmi chiziladi, sitoplazma, yadro, vakuolalar, hujayra qobig‘i belgilab qo‘yiladi. Kartoshka hujayralarini o'rganish. Bulling uchun kar- toshkaning juda yupqa qilib tayyorlangan kesmalari buyum oynasi ustidagi suv tomchisiga joylashtiriladi va qoplovchi oyna bilan yopib, mikroskopda o‘rganiladi, keyin yod tomchisi tomiziladi. Yod kraxmalni yaxshi bo'yaydi, shuning uchun katta obyektivda tekshirganda kraxmal donachalarini yaxshi ko‘rish mumkin. Bir nechta hujayraning rasmi chiziladi, ularning qobiqlari, sitoplazmalari, kraxmal donachalari belgilab qo'yiladi. Suv o'ti hujayralarini o'rganish. Buyum oynasiga bir tomchi suv tomiziladi va unga suv o‘tining kichik bo'lakchasi joylashtirilib, usti qoplovchi oyna bilan yopiladi. Preparat avval kichik, keyin katta obyektiv orqali kuzatiladi. Hujayralar to‘g‘ri to'rtburchak shaklida bo'lib, ikki qavat qalin qobiq bilan qoplangan, sitoplazmada ko‘p sonli yumaloq-oval yashil rangli donachalar ko‘rinadi. Bular — plastidalar. Bo'yalmagan preparatda yadro ko'rinmaydi. Bir nechta hujayraning rasmini chizib, qobiq, sitoplazma, plastidalar belgilab qo'yiladi. Baqa va odarn qoni hujayralarini o'rganish. Buning uchun baqa va odam qoni surtmasining bo'yalgan doimiy preparatlaridan foydalaniladi. Mikroskop ostida asosan qizil qon hujayralari (eritrotsitlar) ko'rinadi. Baqaning qizil qon hujayralari yadroli, odamniki esa yadrosiz hujayralardir. Oq qon tanachalari yadrosi segmentlarga bo'lingan (neytrofillar) yoki bo'linmagan (limfotsitlar) bo‘lishi mumkin. Baqaning qon hujayralari, eritrotsitlarining rasmlari chiziladi. Har bir eritrotsitning qobig'i, yadrosi, sito- pldzmasi belgilab qo‘yiladi. Keyin jadvallar, tayyor elektron mikrotografiyalar va slaydlar yordamida hujayraning nafis tuzilishi o‘rganiladi. Hujayraning nafis tuzilishi albomga chizilib, lining organoidlari belgilab qo'yiladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling