2. P. R. 01imxo‘jayeva —


Download 1.88 Mb.
bet139/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

Patogen ta’siri. Finnadan ajralgan zararli metabolitlar orga- nizmga zaharli la’sir etadi, finnalar yashaydigan a’zolar funksiyasi buziladi.
Laboratoriya lashhisini qo'yish uchun ultra tovush, rentgen va boshqa hozirgi zamon usullarida tekshiriladi, immunologik vaallergik tekshirishlar ham yaxshi natija beradi.
Profilaktikasi. Shaxsiy profilaktika — itlar va boshqa hayvonlarga ovqat bergandan keyin ham albatta qo‘lni yaxshilab yuvish zarur. Jamoat profilaktikasi daydi itlarni yo‘qotish, itlarni doimo veterinar ko‘rigidan o'tkazil) turish, kasal itlarni degelmin- tizatsiya qilish, finnalar bilan zararlangan a’zolarni itlarga berilishiga yo‘l qo'ymaslik, go‘sht kombinatlarida veterinariya nazoratini yo‘lga qo‘yish, exinokokkoz ko‘p tarqalgan hududlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o'tkazib turish orqali amalga oshiriladi.
Alveokokk (Alveococcus multilocularis)
Alveokokk (Alveococcus multilocularis) — alveokokkoz qo‘ zg* atuvchisi.
Parazitning odamda joylashishi. Asosan exinokoknikiga o‘xshaydi.
Geografik tarqalishi. Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo (Markaziy Osiyo, Sibir) hududlarida tarqalgan. Tabiiy-manbali kasallik hisoblanadi.
Morfologiyasi. Yetuk shakli asosan exinokokka o‘xshaydi, lekin undan o‘lchami kichikroq, bachadonining sharsimon shakli, skoleksida ilmoqlar soni bilan farqlanadi. Alveokokning finnasi ichida exinokokdan farq qilib suyuqlik bo'lmaydi. Pufakchalar asosan tashqariga o‘sadi va yonidagi a’zolarni ezadi (huddi yomon o‘smaga o‘xshab).
Hayot sikli. Definitiv xo'jayinlari — tulki, qutb tulkisi, it, bo‘ri, chiyabo‘ri, oraliq xo‘jayinlari — sichqonsimon kemiruvchilar, odam.
Patogen ta’siri. Alveolkokkoz ta’siri exinokokkozga o'xshaydi, unga nisbatan ancha og‘ir kechadi, ko‘pincha o'limga sabab bo‘ladi.
Laboratoriya tashhisi. Ehinokokkozdagi kabi o'tkaziladi.
Profilaktikasi. Hayvonlar terisi va mo‘ynasiga ishlov berayotganda shaxsiy gigiyena choralariga amal qilish, hayvonlar terisini alohida xonalarda ajratish, keyin xonalarni dezinfeksiyalash, sanitariya-oqartuv ishlarni yo‘lga qo'yish orqali oldini olish choralari amalga oshiriladi.
Serbar tasmasimon chuvalchang
(Diphyllobothrium latum)

Serbar tasmasimon. chuvalchang (Diphyllobothrium latum) — difillobotrioz qo‘zg‘atuvchisi.
Parazitning xo‘jayinda joylashishi. Yetuk shakli odam va go‘shtxo‘r hayvonlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Geografik tarqalishi. Tabiiy-manbali kasalliklar guruhiga kiradi. Difillobotrioz manbalari Sharqiy Sibirning buyuk daryolari, havza- lari hisoblanadi.
Morfologiyasi. Odam parazit gijjalari orasida eng yirigidir. Uzunligi 20 metrgacha yetadi. Skoleksda so‘rg‘ichlari, ilmoqchalari yo‘q, ikkita botriyalari bo'lib, ular yordamida ichak devoriga yopishadi. Bo‘g‘imlari teniidlarnikiga qaraganda ancha keng. Bachadoni sirtmoqlar hosil qiladi, bachadonda chiqarish teshigi mavjudligi sababli yon shoxchalarini hosil qilmaydi. Sariqdon bo‘g‘imning yon tomonlariga joylashadi. Jinsiy kloakasi yonida emas, bo‘g‘im o‘rtasida joylashgan (76- rasm).
Hayot sikli. Definitiv xo'jayini odam va go‘shtxo‘r hayvonlar (itlar, mushuklar, tulkilar, shimol tulkilari va boshqalar) hisoblanadi. Birinchi oraliq xo‘jayini tuban qisqichbaqasimonlar ( siklop), ikkinchi oraliq xo‘jayini esa baliqlardir.
Tuxumlar axlat bilan suvga tushganidan taxminan bir oydan so‘ng koratsidiylar (kiprikchalar bilan qoplangan va o‘n juft ilmoqlari bo'lgan) chiqadi.
Koratsidiylar birinchi oraliq xo'jayin uchun invazion bosqich hisoblanadi. Ular sikloplar organizmida onkosferaga (kiprichklarni


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling