2. P. R. 01imxo‘jayeva —


- rasm. Askaridaning ichki tuzilishi


Download 1.88 Mb.
bet142/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

78- rasm. Askaridaning ichki tuzilishi.
a—urg‘ochisi; b—erkagi. 1—lablari; 2—nerv halqasi; 3—halqum;
4—fagotsitar hujayralar; 5—qizilo‘ngach; 6—o‘rta ichak;

  1. gipodermaning yon burmasi; 8—tuxum yo‘li; 9—bachadon;

  1. tuxumdon; 11—qin; 12—gipodermaning qorin burmasi; 13—urug‘
    yo‘li; 14—tuxumdon; 15—urug‘ to'kuvchi nay.


tuxumlar bilan to‘la bachadon tafovut etiladi. Ikkita bachadon birikib, tana oldingi qismiga ochiladigan qinni hosil qiladi.

79- rasm. Urg'ochi askaridaning ko‘ndalang kesimi.
1—gipodermaning yelka burmasi; 2—mushak hujayralari o‘simtalari;
3—mushak hujayralari; 4—tuxumdon; 5—ichak devori; 6—kutikula;
7—gipodermaning yon burmasi; 8—ayiruv sistemasi nayi; 9—tuxumdon;
10—bachadon; 11—tuxum yo‘li; 12—gipodermaning qorin burmasi;
13—tuxum yo'ilari.

Hayot sikli. Faqat odam organizmida parazitlik qiladi (antroponoz). Geogelmintlarga kiradi. Tuxumi 18-25° C haroratda, nam va kislorodga boy tuproqda rivojlanadi. Bunday sharoitda 21- 24 kunda tuxumda rivojlanayotgan lichinka invazion holatga o‘tadi. Askarida tuxumi qalin qobiqlari urug'ning tashqi muhitga o‘ta chidamliligiga va har xil sharoitlarda keng tarqalishiga imkon beradi. (shu bois askarida kosmopolitik turlarga kiradi).
Odamga invazion tuxumlar ifloslangan sabzavot, mevalar, qaynatilgan suv orqali yuqadi. Ichakda tuxumdan chiqqan lichinkalar qon tomirlariga o‘tib organizm bo‘ylab migratsiyalanadi. Awal jigarga, keyin o‘ng yurak bo'lmachasi va qorinchasiga, o‘pkaga boradi. O‘pka alveolalarida faol harakatlanib, bronxlar, traxeyalar, halqumga o‘tib, qayta yutiladi. Ichakka ikkinchi marta tushgan lichinkalar rivojlanib, yetuk shaklga aylanadi. Lichinkalar migratsiyasi taxminan 2 hafta davom etadi. Yetuk shaklga aylanish uchun 70-75 kun ketadi. Yetuk shakllar organizmda 1 yilgacha yashashi mumkin.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling