Mavzu: Jigar kasalliklari


Download 261.81 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi261.81 Kb.
#1346165
  1   2
Bog'liq
181-guruh Raxmatulloyeva Nargiza.Jigar kasalliklari


Mavzu:Jigar kasalliklari.
Bajardi: Raxmatulloyeva Nargiza
Jigar asosan o‘t (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm bo‘lishi va oziq moddalarning ichakdan qonga so‘rilishida muhim rol o‘ynaydi. Oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ham qatnashadi. Bundan tashqari, jigar moddalar almashinuvida hosil bo‘ladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya vazifasini bajaradi. Qon orqali jigarga keladigan moddalardan ba’zilari organizm uchun zararli bo‘lishi mumkin. Shu moddalarni zararsizlantirish, qisman o‘t bilan chiqarib yuborish jigarning vazifasidir.
Jigar
Tanadagi «benzopirin»
Jigarning surunkali kasalligiga asosan noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘ladi. Ayniqsa, dudlangan kolbasa yoki go‘sht va eritilgan yog‘ iste’molqilinganda asta-sekin tanaga zahar singari yoyiladi. Tanamiz ichra benzopiringa aylangan bunday mahsulotlar organizmda xavfli o‘smalarni keltirib chiqaradigan eng yomon kanserogenlar hisoblanadi. Qarabsizki, bunday mahsulotlarning zahari jigar hujayralarini yemiradi.
Research Results
Kuchli qovurilgan yog‘li ovqatlar jigarga umuman yoqmaydi. Jigar ularni hazm qilish uchun anchagina kuchsarflaydi. Oqibatda uning quvvati pasayib, organizmda turli dardlar kelib chiqadi. Masalan, immun tizimi faoliyati susayadi, qon aylanishi yomonlashadi, hujayralarda enegiya ishlab chiqarish holati izdan chiqadi.
Achchiq va nordon (rediska, sarimsoq piyoz, piyoz singari) yeguliklar jigarga ziyon yetkazadi. Chunki ular yeyilgach, me’dada safro ikki hissa ko‘p ishlab chiqiladi. Eng yomoni, safro ko‘paygani sari jigar yo‘lida toshlar hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi.
Tuzlangan karam, sho‘r ovqatlar, sirka, xantal, shovul, limon, kivi, ketchup va ziravorlar ham me’yordan ortiq iste’mol qilinsa, jigar faoliyatini yomonlashtiradi.
Tamaki chekish, goh-gohida spirtli ichimliklar ichish ham jigar faoliyatini yomonlashtiradi. Vaqti-vaqti bilan oz-ozdan ovqatlanish esa jigar ishini yengillashtirishini unutmang. Meva va sabzavotlar xomligicha iste’mol qilinishi lozim. Taomlar sho‘r bo‘lmasin, ular o‘simlik yog‘ida dimlab pishirilgani ma’qul.
Dori gepatiti

Aslida jigar o‘z-o‘zini regeniratsiya qiladigan, ya’ni tiklaydigan birdan-bir a’zo hisoblanadi. Uning o‘rtacha og‘irligi 1,5 kg bo‘lib, har soatda o‘zi orqali 100litr qonni o‘tkazadi. Gapning sirasini aytganda, jigar bizning barcha nomaqbul xatti-harakatlarimizni (masalan, uning «dushmani» sanalgan yog‘li va qovrilgan ovqatlarni tinmay iste’mol qilishimizni hamda shifokor buyurgan dorilarni uzoq muddat ichib yurishimizni) jimgina qabul qiladi. Oxir-oqibat esa ovqatlanishda va hayot tarzimizda yo‘lqo‘ygan xatolarimizning hammasi jigar uchun ziyon keltirib, uni asta-sekin zaharlaydi.
Jigarning zaharlanishi tufayli kishida bemorlik alomatlari paydo bo‘ladi – ko‘ngli aynib, boshi aylanadi, holsizlanish seziladi. Bunday vaqtda ko‘pchilik bilib-bilmay dori-darmonlar qabulqiladi. Bu esa zararlangan jigarga battar salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada dori gepatiti yuzaga keladi. Ana shu dardga uchrasangiz, dastlab teri va ko‘z osti sarg‘ayadi, tilqorayadi, kekirganda og‘izdan achimsiq ta’m keladi. Ko‘p hollarda bemor qayt qiladi. Tezlik bilan davo choralari ko‘rilmasa, bemorning ahvoli og‘irlashadi.
Gepatit (sariq kasalligi) o‘ta yuqumli bo‘lib, asosan jigar to‘qimasining shikastlanishi bilan kechadi. Agar kasallikka o‘z vaqtida qunt bilan davo qilinmasa, surunkali tusga o‘tadi va tez-tez qaytalanib turadi. Ko‘pincha gepatit bilan og‘rigan bemor dardni atrofdagilarga ham yuqtiradi. Ayrim hollarda esa infeksion kasalliklar yoki organizmning zaharlanishidan so‘ng paydo bo‘ladi. Virusli gepatitning bir nechta turlari mavjud.
A virusi qo‘zg‘atgan gepatit.A virusi qo‘zg‘atgan gepatit yoz va kuz oylarida ko‘p uchraydi. Kasallikning yashirin davri (ya’ni viruslar organizmga tushgandan to uning ilk alomatlari ko‘ringunga qadar) 2-4 hafta davom etadi. Bu vaqt ichida hech qanday belgilar sezilmaydi. Lekin xuddi shu davrda gepatit boshqalarga tez va oson yuqadi. Yashirin davr o‘tgach, bemorda silla qurishi, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynib qusish holatlari kuzatiladi. Ba’zan qorni og‘rib ichi ketadi, peshobi to‘q sariq tusga kiradi, axlati oqaradi, teri sarg‘ayib, jigar kattalashadi. Shuni ta’kidlash lozimki, sarg‘ayishsiz kechadigan yuqumli gepatitda bunday belgilar bo‘lmasligi mumkin.
Gepatit B.Bturdagi gepatit viruslari jigar hujayralarida uzoq vaqt (hatto bir necha oydan bir necha yilgacha) saqlanib turadi. Shu muddat ichida viruslar ko‘payib, oqibatda organizmda moddalar almashinuvi keskin buziladi. Gepatitning bu turiga o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, ko‘pgina asoratlar qoldiradi, ya’ni dard surunkali tusga o‘tib jigar faoliyati izdan chiqadi, jigarning o‘tkir toksik distrofiyasi (zahar tarqalishi) sodir bo‘lib, bemorning hayoti xavf ostida qoladi. Shuning uchun ham bemor kasalxonaga qanchalik barvaqt yotqizilsa, shunchalik tez sog‘ayadi. Gepatit B dan tuzalganlar 6 oy, ba’zan bir yilgacha qat’iy parhez tutishlari va muntazam shifokor nazoratida bo‘lishlari zarur.
Gepatit D

Download 261.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling