2. P. R. 01imxo‘jayeva —


rasm. Piyoz hujayralarining mitoz fazalari


Download 1.88 Mb.
bet19/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

rasm. Piyoz hujayralarining mitoz fazalari.

1—interfaza; 2—3—profaza; 4—metafaza; 5—axromatin; 6—anafaza;
7—telofaza.




  1. rasm. Hayvon hujayralarining mitoz bo'linishi.

1 —bo‘linmayotgan hujayralar; 2—3—profaza; 4—metafaza; 5—anafaza;

  1. telofaza.

Mitozning ahamiyati. Mitoz tufayli — 1. Hujayrada irsiy moddaning yangi hujayralarga o‘tkazilishi; 2. Irsiy moddalarning yangi hujayralarga teng taqsimlanishi; 3. Organizmlar o'sishi, rivojlanish, regeneratsiyalanishi ta’minlanadi.
Meyoz jinsiy hujayralarning yetilish usulidir. Meyoz natijasida qiz hujayralarda xromosomalarning gaploid to‘plami hosil bo‘ladi. Meyozda ham bo‘linuvchi hujayralar avval interfazadan o‘tadilar. Meyoz ikkita ketma-ket keluvchi (1- meyoz, 2- meyoz) jarayonlardan iborat. Ularning birinchisini reduksion bo'linish, ikkinchisi esa ekvatsion bo‘linish deb yuritiladi (10- rasm).
Asosiy o‘zgarishlar 1- meyozda va lining /- profazasida kuzati- ladi. 1- profaza 5 ta (leptotena, zigotena, paxitena, diplotena, diakinez) bosqichdan iborat. Bu bosqichlarda gomolog xromo- somalar yaqinlashib (konyugatsiya), ular bir birlarining o‘xshash qismlari bilan almashinishadi (krossingover). I- metafazada ekvatorga bivalentlar (tetradalar) holida ikki qator bo‘lib joylashadi. 1- anafazada gomolog xromosomalar bntunligicha qutblarga ajrala boshlaydi. 1- telofazada esa xromosomalari gaploid, DNK miqdori esa 2c bo‘lgan hujayralar hosil bo‘ladi. I meyoz va 2 meyoz orasida interfaza kuzatilmaydi. Qisqa interkinezdan keyin 2- profaza boshlanadi. 2- metafazada ayrim xromosomalar ekvatorga bir qator joylashadi. 2- anafazada xromosomalar xromatidalarga ajralib, qutblarga siljishni boshlaydi. 2- telofazada esa xromosomalar gaploid to‘plainiga (n), DNK gaploid miqdoriga (c) ega hujayralar hosil bo'ladi.
Meyozning biologik ahamiyati.

  1. Meyoz natijasida gaploid to‘plamli hujayralar hosil bo‘lganligi sababli, har bir turda xromosomalar soni doimiyligi qonuni saqlanadi.

  2. Meyoz vaqtidagi gomologik xromosomalar orasidagi krossingover jarayoni natijasida kombinativ o‘zgaruvchanlik kelib chiqadi, tabiiy tanlash uchun esa moddiy asos yaratiladi.

  3. Meyoz jarayoni nogomologik xromosomalar yangi kombinatsiyalari hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu holat avlodlarda yangi belgi va sifatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

Mavzuning maqsadi.
Mitoz va hujayra sikli mohiyatini, mitoz va meyoz jarayonlarida kuzatiladigan xromosomalar soni tuzilishi, DNK miqdoridagi o'zgarishlarni, mitoz va meyozning biologik va tibbiy ahamiyatini o‘rganish.

Meyozning birinchi bosqichi


Meyozning ikkinchi bosqichi



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling