2. P. R. 01imxo‘jayeva —


rasm. Ketle qonunining grafik ko‘rinishida tasvirlanishi (V — bel- gilar variantlari; P — belgilar vari- antlarining uchrash tezligi chastota)


Download 1.88 Mb.
bet35/173
Sana21.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1792305
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173
Bog'liq
11 Nishonboyev K.N Tibbiy biologiya va genetika.word

rasm. Ketle qonunining grafik ko‘rinishida tasvirlanishi (V — bel- gilar variantlari; P — belgilar vari- antlarining uchrash tezligi chastota).

Belgining qanchalik rivojlanganligini ifodalash uchun uning o‘rtacha miqdorini aniqlash lozim. Bulling uchun har bir guruhning o'rtacha ko‘rsatkichi shu guruhning uchrash tezligiga ko‘paytiriladi va bu ko'rsatkichlarning hammasini bir-biriga qo‘shib, so‘ngra variantlarning umumiy soniga bo'linadi. O‘rtacha arifmetik miqdorni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi
n
Bu yerda M — o‘rtacha miqdor, X- yig‘indi (summa) belgisi, n — umumiy variantlar soni, V — variant ko'rsatkichi, p — o‘sha guruhning uchrash tezligi (chastota).
Variatsion egri chiziq grafik usulda ifodalanadi. Buning uchun absissa (gorizontal chiziq) o‘qiga guruhlar o‘rtacha ko‘rsatkichi (masalan, tana ogirligini), ordinata (vertikal chiziq) o‘qiga esa har bir guruhning uchrash tezligi (chastota) joylashtirib chiqiladi. So'ngra hamma nuqtalar chiziq bilan birlashtirilsa variatsion egri chiziq hosil bo'ladi. Variatsion qatorning o'rtacha arifmetik ko‘r- satkichi o'zgaruvchanlikning muhim xarakteristikasi hisoblanadi.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar.

  1. Mavzuni o'rganing, quyidagi savollarga javob toping:

  1. 0‘zgaruvchanlik nima? 0‘zgaruvchanlik va irsiyat orasida qanday bog'lanishlar bor?

  2. 0‘zgaruvchanlikning qanday turlarini bilasiz?

  3. Plastik va noplastik belgilarni izohlang, misollar keltiring.

  4. Fenokopiyalar nima? (misollar keltiring).

  5. Morfozlar deb qanday o‘zgarishlarga aytiladi?

  6. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi va tibbiyotdagi ahamiyati qanday?

  7. Modfikatsion o'zgaruvchanlikni qanday usullar yordamida o‘rganish mumkin?

  8. Biometrik usul qanday bosqichlardan tarkib topgan?

  9. Reaksiya normasi nima va uning tibbiyotdagi ahamiyati qanday?

  10. Ketle qonunini bilasizmi?

  11. Masalalarni yeching va test topshiriqlariga javob toping. Javoblaringizni asoslang.

Mashg‘ulotning maqsadi.
Modifikatsion o'zgaruvchanlikning mohiyatini va uni o‘rganish- ning biometrik usullarini o‘zlashtirish.
O‘quv jihozlari.
Variatsion qator va variatsion egri chiziqni ifodalovchi jadvallar, millimetrik qog‘ozlar, o‘lchagich lentalar, chizg‘ichlar, tibbiyot tarozi, bo‘y o‘lchagich asbob (rostomer).
Mashg‘ulot rejasi.
Talabalar o'qituvchi yordamida avval modifikatsion o‘zgaruv- chanlikni, uning tibbiyot fanidagi ahamiyatini puxta o‘zlash- tirganlaridan keyin biometriya usuli bilan tanishadilar. Biometriya usulining variatsion qator, variatsion egri chiziq, variant, guruh, guruhning uchrash tezligi, o'rtacha arifmetik ko'rsatkich tushunchalarini puxta o'zlashtirganlaridan so‘ng talabalar muallim yordamida variatsion qator tuzadilar. Buning uchun talabalar kichik guruhlarga bo'linib, shu guruhdagi har bir talabaning ko‘krak qafasining hajmi, bo‘yining uzunligi, tana og'irligini aniqlaydilar va bu aniqlangan sonlar yig‘indisidan variatsion qator tuzishda foydalanadilar. Bu miqdorlarni talabalar o‘zlari mustaiqil ravishda aniqlashlari ham mumkin. Mashg‘ulot oxirida albomlar tekshirilib, talabalar bilimi baholanadi, keyingi mashg'ulotga topshiriq beriladi.
Vaziyatga doir masalalar.

  1. Drozofila pashshalarida metamorfoz holati kuzatilganda quyidagi o'zgarishlar aniqlangan: a) lichinkalar ozuqasiga kiimush nitrati qo‘shib berilsa, pashshalar dominant kulrang belgi bo'yicha gomozigotali (AA) bo‘lishiga qaramasdan, rangi sariq bo'ladi; b) gomozigotali retsessiv kalta qanot geniga (bb) ega bo‘lgan pashshalar 15°C haroratda saqlansa qanotlari kalta bo‘ladi, agar ular 31°C haroratda saqlansa qanotlar normal tuzilishga ega bo'ladi.

Bunday o'zgarishlar mohiyatini tushuntiring. Bu holatda retsessiv gen dominant genga aylanishi mumkinmi?

  1. Tug'uruqxonadagi 50 ta chaqaloq bo'ylari uzunliklari bo'yicha quyidagi ko'rsatkichlarga ega:

Bo'y uzunligi (sm)

44

46

49

50

52

55

57

Variantlar soni

5

3

7

15

10

6

4



  1. shu belgi ko'rsatkichlari asosida variatsion egri chiziqni chizing;

  2. belgining o'rtacha ko'rsatkichini aniqlang.

  1. Bog'chadagi kichkintoylar guruhidagi 50 ta bola og'irliklari bo'yicha quyidagi ko'rsatkichlarga ega:

Og'irlik (kg)

8,5

9,0

9,5

10,0

12,0

14,5

15,0

Variantlar soni

4

7 ,

10

12

10

6

1

Belgining variatsion egri chizig'ini chizing, o'rtacha ko'rsatkichini aniqlang.


Test topshiriqlari.


  1. Download 1.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling