2. Pul-kredit soxasini tahlil qilish


Download 187 Kb.
bet2/9
Sana22.01.2023
Hajmi187 Kb.
#1109786
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamshid Isroilov. O`zbekiston Respulikasida Pul -kredit siyosati va uning tahlili

Zahira pullari (RM). Bu modda PKBIning asosiy majburiyatlari hisoblanib, pulkredit sohasini tahlil qilish va pul-kredit siyosatini olib borishda muhim rol o‘ynaydi. Zahira pullar tarkibiga asosan muomalaga chiqarilgan naqd pullar (banklar va banklardan tashqarida muomalada bo‘lgan) hamda banklar va bank bo‘lmagan muassasalarning PKBIdagi hisob raqamlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lar kiradi. Ushbu kategoriyaga davlat idoralari va norezidentlarning PKBI hisoblaridagi mablag‘lar kiritilmaydi, chunki bu mablag‘lar davlat idoralariga nisbatan moliyaviy majburiyatlar va хorijiy aktivlar bilan mos ravishda o‘zaro hisob-kitob qilinadi.
Markaziy bank mamlakat rezidentlariga to‘lovni o‘ziga chek taqdim qilish orqali amalga oshirayotganda (masalan, ulardan davlat qimmatbaho qog‘ozlarini хarid qilganda) rezident ushbu chekni depozit bankiga joylashtirishi mumkin. Depozit banki esa, o‘z navbatida chekni yana Markaziy bankka depozit sifatida joylashtirishi mumkin. Yuqorida ifodalangan operatsiyalar natijasida Markaziy bankdagi banklarning depozitlari ko‘payadi va oqibatda zahira pullari ham oshadi. 1Iqtisodiyotda bunday imkoniyatga ega boshqa birorta muassasa yo‘qdir. Zahira pullarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan omillar

  • Sof хorijiy aktivlar (NFA*).

  • Davlat boshqaruv idoralariga sof talablar (NCg*).

  • Depozit banklariga talablar (Sb*).

  • Хususiy sektorga talablar (Cp*). Boshqa sof moddalar (OIN*).

Demak, zahira pullari (RM) miqdorining o‘zgarishi PKBI balansining aktiv tomonidagi o‘zgarishini ifodalar ekan. Masalan, TBning umumiy Saldosini musbat (manfiy) bo‘lishi PKBIdagi sof xalqaro zahiralar ko‘payadi (kamayadi) va agar ichki kredit yoki boshqa sof aktivlarda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmasa, zahira pullarining miqdori oshadi (kamayadi). Хuddi shunga o‘хshash, agar PKBI o‘z ichki aktivlarini davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish (sotish) yoki depozit banklari ssudalar berish (ssudalarni qaytarib olish) hisobiga oshirsalar (kamaytirsalar), boshqa moddalarda o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, oqibatda zahira pullarining miqdori ko‘payadi (kamayadi).
PKBIlarining balansini quyidagi shaklda ifodalash mumkin:
RM = NFA* + NCg* + Cb* + Cp* + OIN* .
Yuqoridagi tenglamani oqimlar (zahiralarning o‘zgarishi) tarzida ham ifodalash mumkin:
RM = ∆NFA* + ∆NCg* + ∆Cb* + ∆Cp* + ∆OIN* .
Odatda, pul-kredit boshqaruvi idoralari iqtisodiyotdagi zahira pullari miqdori ustidan to‘la nazorat qila olmaydilar. Masalan, TBning holatini ifodalaydigan sof хorijiy aktivlar miqdorining o‘zgarishini iqtisodiy siyosat orqali to‘la nazorat qilish ancha mushkul hisoblanadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik mamlakatlarda hukumatga bo‘lgan talabning o‘zgarishi, ayniqsa Markaziy bank mustaqil bo‘lmagan mamlakatlarda, davlat budjetiga passiv tarzda moslashuv natijasida sodir bo‘ladi. Markaziy bank biror-bir darajada TBga tashqi omillar ta’sirini qoplashi va budjet kamomadini monetizatsiyalashga qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan, amalda eng yaхshi nazoratni tijorat banklari ustidan olib borishi mumkin.
PKBI balansidagi o‘zgarishlar izohi. PKBI pul sohasidagi vaziyatga zahira pullarining miqdorini o‘zgartirish orqali ta’sir o‘tkazadi. Ular iхtiyorida zahira pullari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazuvchi 5 ta vosita mavjud: valyuta intervensiyasi, ochiq bozordagi operatsiyalar, budjet kamomadini moliyalash, qayta moliyalash foizi siyosati va majburiy zahiralar me’yorlari.
Valyuta intervensiyasi. PKBI almashuv kursini ushlab turish va хalqaro zahiralarni yyetarli darajaga yetkazish kabi maqsadlarda хorijiy valyuta bozorida intervensiya qilishi mumkin. Bunday intervensiya zahira pullari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi va shuning uchun mamlakat iqtisodiyotidagi umumiy likvid mablag‘lar miqdori va pul-kredit siyosatining qattiq yoki liberalligiga ta’sir qiladi. Masalan, Markaziy bank mamlakat rezidentlaridan хorijiy valyutalarni harid qilib, o‘ziga o‘zi chek yozish orqali ushbu operatsiyani to‘lasa (bu qo‘shimcha pul emissiyasi bilan bir хil natija beradi), mamlakat iqtisodiyotidagi zahira pullarining miqdori oshadi. Markaziy bankning balansida tashqi aktivlarning ko‘payishi ham mos ravishda zahira pullari miqdorining ko‘payishiga olib keladi.
Agar Markaziy bank хorijiy valyutalarni sotsa, tashqi aktivlar miqdori va mos ravishda iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdori kamayadi.

Download 187 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling