2. Pul-kredit soxasini tahlil qilish
O`zbekistonda ishtimoiy-iqtisodiy muvozanati takomillashishi pul-kiridet siyosati tahlili
Download 187 Kb.
|
Jamshid Isroilov. O`zbekiston Respulikasida Pul -kredit siyosati va uning tahlili
4.O`zbekistonda ishtimoiy-iqtisodiy muvozanati takomillashishi pul-kiridet siyosati tahlili
Inflyatsion targetlash rejimiga otish jarayonida samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish, oz navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari tasirini cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni talab etadi.Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini taminlash vazifasi pul-kredit siyosati instrumentlari samaradorligiga hamda uning transmission mexanizmini korilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga oz vaqtida va toliq otkazish imkoniyatiga bogliq.Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning tasir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish boyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda etibor qaratiladi.Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira talablarini takomillashtirish ham kozda tutilgan. Bunda, amaldagi majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga qoyilgan prudensial talablarni hisobga olgan holda zaxiralash meyorlari, valyutasi va hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi.Majburiy zaxiralashning amaldagi tartibiga muvofiq, zaxiralash valyutasi tijorat banklari tomonidan mustaqil tanlanadi. Mazkur amaliyot banklarga valyuta aktivlarini majburiy zaxiraga yonaltirish orqali saqlash va buning natijasida boshaydigan milliy valyutadagi mablaglardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.Bugungi kunda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralari tarkibida xorijiy valyutaning ulushi umumiy summaning 90 foizidan ziyodini tashkil etayotganligi ushbu instrumentning som likvidligini tartibga solish samaradorligini pasaytirmoqda.Natijada tijorat banklari milliy valyutadagi qoshimcha moliyaviy resurslarga ega bolishi pul-kredit siyosati instrumentlari tasirchanligining kamayishiga hamda bank tizimi likvidligini boshqarishdagi majburiy zaxiralash instrumenti samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.Xalqaro tajribani organish natijalari mazkur instrument samaradorligini oshirish va qollanilayotgan meyorlarning bank tizimi likvidligiga tasirini aniq baholash maqsadlarida tijorat banklari tomonidan zaxiralash valyutasini erkin tanlash imkoniyatini chegaralash maqsadga muvofiqligini korsatmoqda.Majburiy zaxiralar shakllantiriladigan majburiyatlar royxatini qayta korib chiqilishi, jumladan, royxatga jismoniy shaxslar depozitlari va boshqa moliyaviy resurs manbalarining kiritilishi zaxiralash tartibidagi mavjud tafovut va nomutanosibliklarni kamaytirish imkonini beradi.Depozit va kreditlarlarning umumiy hajmida xorijiy valyutadagi depozit va kreditlar ulushining yuqoriligi pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini cheklovchi yana bir omil hisoblanib, amaldagi majburiy zaxiralash tartibining takomillashtirilishini taqozo qiladi.Shu bilan birga, Bazel III qoidalarida kozda tutilgan talablardan tashqari banklar likvidligiga qoshimcha prudensial talablarning ornatilishi majburiy zaxiralash meyorlarining aniq tasiriga baho berishni qiyinlashtiradi.Bu borada yuzaga kelishi mumkin bolgan takrorlanishlarning oldini olish maqsadida zaxiralash talablariga tegishli tuzatishlar kiritilishi talab etiladi.Majburiy zaxiralash tartibini takomillashtirish va talablarning maqsadli darajalarini belgilashda bank tizimidagi likvidlik hajmi va tijorat banklarining moliyaviy holati hisobga olinadi.Shuningdek, iqtisodiyotdagi inflyatsion xatarlarning pasayib borishini va bank tizimidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda majburiy zaxira talablarini ortachalash tartibini joriy etish masalasi korib chiqiladi. Bu esa, oz navbatida, banklarning moliyaviy holatini mustahkamlashga va moliyaviy resurslarning qiymatini maqbullashtirishga xizmat qiladi.Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan foydalanishda asosiy etibor tijorat banklarining likvidligini boshqarish maqsadlariga qaratiladi. Bunda bozor instrumentlarini qollashni faollashtirish vazifalaridan kelib chiqib, Markaziy bank foiz instrumentlarining samaradorligi oshirib boriladi.Xususan, ularning tasirini oshirish maqsadida likvidlik taqdim etish va tijorat banklarining mablaglarini Markaziy bank depozitlariga jalb qilish operatsiyalarining turlari va hajmlarini kengaytirish nazarda tutilgan.Pul-kredit siyosatining asosiy moljali sifatida monetar operatsiyalar boyicha asosiy stavka va foiz koridori joriy qilinishi Markaziy bankning foiz instrumentlari tasirchanligini oshirish imkonini yaratadi.Bundan tashqari, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, pul-kredit siyosatining operatsion parametrlari qaytadan korib chiqiladi.Kelajakda Markaziy bankning garov asosida kreditlash operatsiyalari muddatlari qayta korib chiqilib, ularning turlari optimallashtirilib umumlashtiriladi. Shu bilan birga, tijorat banklariga milliy valyutadagi ortiqcha zaxiralarni joylashtirish imkonini beruvchi depozit sxemalari joriy qilinib, bu foiz koridorining pastki chegarasini saqlab qolinishini taminlaydi.Shu bilan birga, tijorat banklari likvidligini qollab-quvvatlash maqsadida garov taminoti turlari va tartibini kengaytirish orqali likvidlik berish mexanizmini takomillashtirish kozda tutilmoqda.Bank tizimidagi qisqa muddatli likvidlikni sifatli prognozlash masalasi pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan samarali foydalanishda katta ahamiyat ega. Mazkur yonalishda Markaziy bankning prognoz-tahlil imkoniyatlarini kuchaytiriladi, bu borada Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan ozaro hamkorlik va axborot almashinuvi yanada mustahkamlanadi.Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishning asosiy bozor instrumentlaridan biri ochiq bozor operatsiyalari hisoblanadi.Pul-kredit siyosatining faol bosqichga otish sharoitida bank tizimidagi likvidlikning maqsadli operatsion korsatkichlarga mosligini taminlashda ochiq bozor operatsiyalarini doimiy ravishda otkazib borish kozda tutilmoqda. Ochiq bozor operatsiyalari strategiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga ustuvor ravishda etibor qaratiladi: operatsion maqsadlarga erishish; likvidlik oqimlarining keskin tebranishlarini qisqartirish; pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank foiz stavkasiga yaqin darajada shakllanishini taminlash; instrumentlarning harajat va foydaliligining maqbul nisbatiga erishish; bozorni yanada rivojlantirish va boshqalar. Bunda, ochiq bozor operatsiyalarida foydalaniladigan instrument turlarini Markaziy bank tomonidan bosqichma-bosqich kopaytirilib boriladi. Download 187 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling