2. Pul-kredit soxasini tahlil qilish
Quyida PDBlarining namunaviy balansi kelitirilgan
Download 187 Kb.
|
Jamshid Isroilov. O`zbekiston Respulikasida Pul -kredit siyosati va uning tahlili
Quyida PDBlarining namunaviy balansi kelitirilgan
PDB qo‘yilmalar bo‘yicha o‘zlariga naqd pul berish majburiyatlarini olganliklari uchun, ma’lum miqdorda zahiralarni saqlab turishlari shart. Talab qilib olinguncha depozitlar osha zahotiyoq, muddatli va likvidlik darajasi pastroq qoyilamalar esa, oldindan belgilangan muddatlarda naqd pulga aylanadilar. Albatta, barcha mijozlar bir vaqtning ozida banklardagi qoyilmalarini baravar talab qilishlari ehtimoli juda past. Agar PDBlarining zahiralari yyetarli bolmasa, ular PKBIdan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasida ssuda olishlari mumkin. Shunday qilib, PDBlarining zahiralarga talabi iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdori va pul massasini belgilovchi muhim omil hisoblanar ekan. Zahiralarning ozgarishi PDBlarini depozitlar boyicha majburiyatlarining zahiralar miqdoriga nisbatan martalab oshishi yoki kamayishini taminlashi mumkin. PDB ssudalarni Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi boyicha jalb qilishilari sababli, ularning avuarlari miqdori ushbu foiz stakalaridan qisman bogliq boladi. Zahiralarga PDBlarining talabini belgilashda yana bir muhim omil sifatida to‘lov tizimining samaradorligini ko‘rsatish mumkin. Ushbu omil, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, katta ahamiyatga ega2. Pul-kredit sharхi (PKSh). PKSh barcha bank tizimining yig‘ma balansi hisoblanib, unda PDB va PKBI balanslari konsolidatsiyalashgan boladi. PKShning aktiv va passivlari barcha bank tizimining aktiv va majburiyatlarini ifodalaydi. Pul-kredit sohasining PKShni tuzishdagi eng muhim vazifalardan biri bolib, bank tizimi boyicha umuman pul va kredit korsatkichlarining dinamikasini oz vaqtida taqdim qilishdir. Bu esa oz navbatida, ushbu korsatkichlar dinamikasini kuzatish orqali zarur bolgan hollarda pul-kredit siyosatiga malum ozgartirishlar kiritishga imkon beradi. PKShning passiv qismi iqtisodiyotdagi likvid mablag‘lar miqdorini ifodalaydi. Unga kora pul massasi bank tizimi yaratgan muomaladagi pullardir. Moliyaviy vosita sifatida pul tushunchasini aniqlashda iqtisodchilar bir qancha meyorlarni qollaydilar. Хususan, moliyaviy vosita, agar u to‘lov vositasi, qiymat me’yori kabi vazifalarni bajarib, belgilab qo‘yilgan nominal qiymatga ega bo‘lsa va likvid bo‘lsa (ya’ni, o‘sha zahotiyoq foydalanilishi mumkin bo‘lsa), hamda u qonuniy to‘lov vositasi bo‘lsagina pul tarkibiga kiritilishi mumkin. Tor manoda pul massasi bankdan tashqaridagi naqd pullar (CY) bilan bank tizimidagi talab qilib olinguncha hisoblardagi mablaglarning yigindisiga teng. Tor manodagi pul massasi iqtisodiy adabiyotlarda M1 deb belgilanadi. Muomaladagi naqd pullar deganda barcha bosib chiqarilgan naqd pullar emas, balki bank tizimidan tashqarida bolgan naqd pullar nazarda tutiladi. Tor manodagi pul massasi (M1) = Muomaladagi naqd pullar (CY) + + Talab qilib olinguncha depozitlar (DD). Kengroq manodagi pul tushunchasi M1dan tashqari kvazipullarni (QM) ham qamrab oladi. Kvazipullar tarkibiga bank tizimining muddatli va jamgarma hisoblaridagi mablaglar kiradi. Keng manodagi pul massasi (M2) kategoriyasi bank tizimining majburiyatlariga mos keladi. Хususan, unga rezidentlarning valyuta hisoblaridagi mablag‘lar, depozit sertifikatlari va qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha REPO bitimlari kiradi. Keng ma’nodagi pul massasi (M2) = Tor ma’nodagi pul massasi (M1)+ + Kvazipullar (QM) yoki M2 = CY + DD + TD. Bank tizimi aktivlari va majburiyatlarining ayniyati - pul massasi miqdori (M2) balansning qarama-qarshi tomonidagi komponentlarning, ya’ni: milliy valyutada ifodalangan sof хorijiy aktivlar (NFA) va sof ichki aktivlarning (NDA) yig‘indisiga tengligini anglatadi. Boshqacha aytganda, umuman bank tizimi uchun quyidagi tenglamani yozish mumkin: M2 = NFA + NDA . Sof ichki aktivlar (NDA) sof ichki kreditlar (NDS) va boshqa sof moddalar yigindisiga teng bolganligi uchun, 5.6 tenglamani quyidagicha ifodalash mumkin: M2 = NFA + NDC + OIN yoki oqimlar korinishida: DM2 = DNFA + DNDC + DOIN . Yuqorida korib chiqilgan pulning M2 va M1 kategoriyalari amaliyotda eng keng tarqalgan kategoriyalardir. Ko‘pchilik mamlakatlarda mamlakat iqtisodiyoti erkinlashtirilganidan so‘ng pul massasining M3, M4 va L kabi kengroq ko‘rsatkichlari ham qo‘llanila boshlandi. Har bir mamlakatda M3ning хususiy muayyan ta’rifi berilishiga qaramasdan, odatda ushbu agregat M2 va qoshimcha pul vositalarining kengroq spektorlari va emitent muassasalarini qamrab oladi. Pul massasining bu agregatiga yol cheklari va turli tijorat qogozlari (pul bozorining pay fondlarida qatnashish sertifikatlari, pul vaucherlari) kiradi. M4 agregati M3 agregati va likvid davlat qimmatbaho qogozlari, erkin muomaladagi obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositachilarning majburiyatlarini qamrab oladi. Bazan, shuningdek likvid mablaglar (L) deb nomlanadigan yanada kengroq pul kategoriyasidan ham foydalaniladi. Ushbu kategoriyaga M4dan tashqari likvidlik darajasi pastroq bolgan gaznachilik qisqa muddatli obligatsiyalari, davlat obligatsiyalari, garovlar bilan taminlangan obligatsiyalar va hattoki, ayrim korporatsiyalarning obligatsiyalari singari moliyaviy aktivlar ham kiradi. Download 187 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling