2. Qarama qarshilik va ziddiyat qonuni Etika fanining predmeti uning tarqqiyot bosqichlari Sharq va g‘arb falsafasida inson muammosi


Qarama qarshilik va ziddiyat qonuni


Download 18.78 Kb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi18.78 Kb.
#1246274
1   2   3
Bog'liq
22-variant

2.Qarama qarshilik va ziddiyat qonuni
Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama – qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama – qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va hodisalarga mavjud bo‘lgan tomonlar, xossalar va yo‘nalishlar bir – birini inkor qiladi, bir vaqtning o‘zida bir – birini takozo qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar , elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy hayotdagi yovuzlik va ezgulik o‘zaro bir – birini inkor etadi, ayni vaqtda biri ikkinchisini takozo etadi.
Narsa va hodisalarning qarama – qarshi tomonlari o‘rtasidagi munosabat ziddiyat deb ataladi. To‘qnashuv tushunchasi ziddiyatdan farqli o‘laroq, narsa va hodisalarning qarama – qarshi tomonlari keskinlashib, ularning eski chegaradan birgalikda yashashi mumkin bulmay qolgan holatini belgilaydi. Ziddiyatlar hamma vaqt ham tuknashuv bilan tugamay, balki alohida sharoitlardagina shunday holda bo‘lishi mumkin. Mana mana shu real munosabatlar karam-qarshiliklar birligi va kurash qonunida aks etib, dialektikaning mohiyati va magzini tashkil etadi.
Hamma narsa va hodisalar ichki ziddiyatlarga va bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan tomonlarga ega.Quyosh sistemasi ham qarama-qarshiliklar birligining murakkab namunalaridan hisoblanadi. Sayyoralar sistemasining markazi hisoblangan quyosh bilan boshqa sayyoralar o‘rtasida shunday aloqadorlik mavjudki, bu aloqadorlik markazga intiluvchi tortish kuchi va markazma kochuvchi – itariluvchi kuchlar ta’sirida yuzaga keladi. SHu qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash quyosh sitemasining yashashi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini belgilaydi.Agar atomni olsak, bir atom moddasi ham, avvalo, musbat va manfiy elektr zaryadlari, proton va elektron kabi murakkab qarama-qarshi tomonlarining yig‘indisidir. Atom yadrosining o‘zida tortilish va itarilish kabi kabi qarama-qarshi kuchlar mavjuddir.
Asosiy ziddiyatlar deganda hodisaning mavjudligi va rivojlanishi vujudga kelishi va yo‘q bo‘lishi yoki yangi sifatning tug‘ilishini o‘z ichiga oladigan eng chuqur mohiyatini ifodalaydigan ziddiyatlar tushuniladi.
Asosiy va asosiy bulmagan ziddiyatlardan bosh va bosh bo‘lmagan ikkinchi darajali ziddiyatlarni farqlash lozim. Bosh ziddiyatlar deb rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan ziddiyatlarga aytiladi. Hodisalar taraqqiyoti bosqichida bosh va bosh bo‘lmagan ziddiyatlar o‘rin almashishi, ya’ni bir sharoitda bosh bo‘lgan ziddiyat yangi bir sharoitda bosh bo‘lmagan ziddiyatga aylanishi ham mumkin.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni dialektikaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta – sekin to‘plana borib,taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorini buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan ajrab turadi. Sifat - narsalarning ichki muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, ususiyatlari birligidir.Sifat narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha aniqlab beradi. Narsalarning sifati esa ularning xossa orqali namoyon bo‘ladi. Xossa narsa sifatining boshqa narsalar bilan o‘zaro aloqadorligidagi tashqi namoyon bo‘lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini ma’lum bir xossalarida namoyon bo‘lishi orqali bilamiz. Har bir narsa ko‘plab xossalariga ya’ni asosiy va ikkinchi darajali xosalariga ega bo‘ladi. Masalan, metal zichlik, issiklik, o‘tkazuvchanlik cho‘ziluvchanlik kabi xossalariga ega. Sifat-jismning barcha xossalarini birgalikta bog‘lovchidir. Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini uning nisbiy barqarorligini bir-birga o‘xshashligi ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarni turli-tuman xosalari ygindisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalari emas. Sifatning o‘zgarishi muqarrar surg‘atda xossaning o‘zgarishiga olib keldik, biroq xossaning o‘zgartirishga har doim sifatning o‘zgartirishga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Sifat predmeti doimiyligi, nisbiy barqarorligi ifoda etadi.

Download 18.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling