2. Qarama qarshilik va ziddiyat qonuni Etika fanining predmeti uning tarqqiyot bosqichlari Sharq va g‘arb falsafasida inson muammosi
Etika fanining predmeti uning tarqqiyot bosqichlari
Download 18.78 Kb.
|
22-variant
3.Etika fanining predmeti uning tarqqiyot bosqichlari
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi. Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi. Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakat lar yig’indisidir. Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon!» deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo’yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatmasa, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muhim o’zgarish ro’y bermaydi. Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha marakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo’lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko’ngil, ochiq qo’l, doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h. k. Unday odamni biz hushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni-qo’shnilar bilan qo’pol muomala qilsa, to’y- ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag’aylab, musht o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o’tkazmaydi. Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yohud viloyat prokurori o’zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini, adolat qaror topishini ko’zlab ish yuritadi, lozim bo’lsa, hodimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida na faqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag’ishlagan yuksak axloq egasi; u, o’zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bularoq, o’sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi bo’laturib, o’zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo’lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo’ladi: oddiy fuqoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg’onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o’sha jamiyat yoki to’zumni tanazzulga olib keladi. Download 18.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling