Yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar sohasida:
yaqin joylashgan yetkazib beruvchilarni izlash;
uzoq muddatli xo‘jalik aloqalariga o‘tish;
tekshirilgan yetkazib beruvchilar bilan shartnoma munosabatlarini uzayti-rish (prolongatsiya);
yetkazib beruvchilarni «aniq muddatga» tizimini qo‘llashga qiziqtirish va ularning yetkazib beruvchilariga ham bu tizimni yoyish;
uzoq muddatli rejalashtirish va xaridlar kafolati hisobiga yetkazib beruvchi-lar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
yiroqdagi yetkazib beruvchilarni uyushtirish (to‘plash);
xarid narxlarini har ikkala tomonga ham qulay darajaga olib kelish;
qog‘ozsiz axborot almashinuvini tashkil etish;
yetkazib beruvchi kuchi va vositalari yordamida markazlashgan yetkazishni tashkil etish;
moddiy oqimlar bilan ishlashda texnologik kartalardan foydalanish.
Yetkazishlar hajmi bo‘yicha:
ishlab-chiqarish tezligi bilan kelishilgan xaridlar tezligini quvvatlash (savdo korxonasi uchun sotish tezligi);
kichik hajmlardagi tez-tez yetkazishlarni ta’minlash;
shartnoma umumiy hajmi o‘zgarmasdan, har bir yetkazish hajmining o‘zgarishi bilan ishlash;
yetkazib beruvchilar talab qilinayotgan miqdorda mahsulotni qadoqlashga tayyorgarligi uchun ularni mukofotlash.
Yetkazilayotgan mahsulot sifati sohasida:
sifat uchun javobgar bo‘lgan ishlab-chiqaruvchi va iste’molchi xodimlarining o‘zaro aloqada bo‘lishi.
Ortish sohasida:
Do'stlaringiz bilan baham: |