2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta’minot funksiyalarini amalga oshirish Xarid logistikasida «ishlab-chiqarish yoki xarid qilish»


Yetkazib beruvchilar bilan olib borilgan ish natijalarini baholash


Download 111 Kb.
bet7/13
Sana31.08.2023
Hajmi111 Kb.
#1671856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1503048802 68986

Yetkazib beruvchilar bilan olib borilgan ish natijalarini baholash.

Imzolangan shartnomalar bo‘yicha ish natijalari yetkazib beruvchini tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun maxsus baholar shkalasi ishlab chiqiladi, u yet-kazib beruvchini reytingini hisoblash imkonini beradi.
Reytingni hisoblashdan oldin xarid qilinayotgan mehnat buyumlarini farqla-nishini (differensiatsiya) amalga oshirish lozim.
Xarid qilinayotgan tovarlar, xom ashyo va butlovchi mahsulotlar, odatda, ishlab-chiqarish nuqtai-nazaridan bir xil qimmatga ega emas. Masalan, urug‘ning yo‘qligi qishloq xo‘ja-ligidagi ishlab-chiqarish jarayonini to‘xtab qolishiga olib keladi (xuddi savdoda ayrim tovarlarning tanqisligi – savdo korxonasi daromadining ka-mayishiga olib kelgani kabi), xuddi shunday o‘g‘it, yoqilg‘i va ehtiyot qismlarning o‘z vaqtida yetkazilmasligi ham yig‘im-terim mavsumini ancha orqaga surishi yoki yetish-tirilayotgan mahsulotni umuman nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mehnat buyumlarining ushbu kategoriyasida yetkazib beruvchi tanlashning asosiy mezoni yetka-zishlarning ishonchliligi hisoblanadi.
Yetkazib beruvchining reytingini hisoblashga misol keltiramiz (4.1.-jadval). Faraz qilaylik, korxona A mahsulotni xarid qilishi lozim, va uni tanqisligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Demak, yetkazib beruvchini tanlashda birinchi navbatda yetkazish-ning ishonchliligi mezoni e’tiborga olinadi. Boshqa mezonlarning ahamiyati esa, ta’minot bo‘limi xodimlari tomonidan ekspert yo‘li bilan aniqlanadi (4.1.-jad-val).
Agarda xarid qilinayotgan mehnat buyumlari ishlab-chiqarish yoki savdo jarayoni nuqtai-nazaridan ahamiyatsiz bo‘lsa, u holda yetkazib beruvchilarni tanlashda asosiy mezon bo‘lib sotib olish va tashish xarajatlari xizmat qiladi.
Reytingni jami ifodasi, mezon bahosi va ahamiyatlilik darajasini ko‘paytma-lari summasidan kelib chiqadi. Har bir yetkazib beruvchi uchun reyting hisoblanib eng yaxshi yetkazib beruvchi aniqlanadi.
Noma’lum yetkazib beruvchilar bilan xo‘jalik aloqalari o‘rnatib, korxona ma’-lum tavakkalchilikga yo‘l qo‘yadi. Agarda yetkazib beruvchi o‘z majburiyatlarini bajara olmasa, iste’molchi ishlab-chiqarishida uzilishlar yoki moliyaviy yo‘qotishlar bo‘li-shi mumkin. Ko‘rilgan zararlarni qoplash esa, odatda, ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi.
Shunday ekan korxonalar noma’qul bo‘lgan yetkazib beruvchilarni aniqlashning turli usullarini izlaydilar, masalan chet el firmalari yetkazib beruvchilar to‘g‘ri-sida ma’lumot yig‘uvchi maxsus firmalarga murojaat etadilar, ular esa norasmiy manbalardan ham foydalanadilar.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling