2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta’minot funksiyalarini amalga oshirish Xarid logistikasida «ishlab-chiqarish yoki xarid qilish»


Download 111 Kb.
bet2/13
Sana31.08.2023
Hajmi111 Kb.
#1671856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1503048802 68986

Xarid logistikasining vazifalari
Qishloq xo‘jalik korxonalarini mehnat buyumlari bilan ta’minlash jarayoni-dagi asosiy savollar an’anaviy va ta’minot logikasi bilan belgilanadi:

  • nima xarid qilish;

  • qancha xarid qilish;

  • kimdan xarid qilish;

  • qaysi shartlarda xarid qilish.

  • Bu an’anaviy ro‘yxatni logistika o‘z savollari bilan to‘ldiradi:

  • qanday qilib xaridlarni ishlab-chiqarish va sotish bilan tizimli bog‘lash;

  • qanday qilib korxona faoliyatini yetkazib beruvchilar bilan tizimli bog‘lash;

Aynan ushbu savollar xarid logistikasining amaliy sohasidagi vazifalarini va qilinadigan ishlarini belgilaydi.
Xarid logistikasiga doir vazifalar va ishlarni ko‘rib chiqamiz.

  1. Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash jarayonida qishloq xo‘jaligi korxonasi ichidagi, moddiy resurslar iste’molchilarini aniqlash zarur. Keyinchalik moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj hisoblanadi. Bunda mahsulot yetkazishning og‘ir-ligi, o‘lchami, va boshqa parametrlariga, hamda servisiga talablar o‘rganiladi. Bun-dan keyin nomenklatura va (yoki) nomenklatura guruhlarining har bir pozitsiyasiga reja-grafiklar va maxsus ko‘rsatmalar ishlab-chiqiladi.
Iste’mol qilinadigan moddiy resurslar uchun «ishlab-chiqarish yoki xarid qi-lish» muammosi ko‘rib chiqilishi mumkin.

  1. Xarid bozorini tekshirish.

Xarid bozorini tekshirish, yetkazib beruvchilar bozorining hatti-xarakatlari tahlilidan boshlanadi. Bunda, bevosita bozorlar, o‘rnini bosadigan bozorlar va yangi bozorlar bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan yetkazib beruvchilarni aniqlash lozim. Keyin-chalik, sotib olinayotgan moddiy resurslarning barcha mumkin bo‘lgan manbalarini boshlang‘ich baholash, hamda muayyan bozorga chiqish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni tahlil qilish lozim.


  1. Download 111 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling