2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta’minot funksiyalarini amalga oshirish Xarid logistikasida «ishlab-chiqarish yoki xarid qilish»


Download 111 Kb.
bet3/13
Sana31.08.2023
Hajmi111 Kb.
#1671856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1503048802 68986

Yetkazib beruvchilarni tanlash.

Yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashni, ularning ma’lumot-lari bankini yaratishni, optimal yetkazib beruvchini izlashni, tanlangan yetkazib be-ruvchi bilan olib borilgan ish natijalarini baholashni o‘z ichiga oladi.

  1. Xaridlarni amalga oshirish.

Ushbu funksiyani ro‘yobga chiqishi muzokaralar olib borishdan boshlanadi va shartnoma imzolanishi bilan yakunlanishi lozim. Shartnoma munosabatlari xo‘jalik aloqalarini shakllantiradi, ularning ratsionallashuvi esa Agrologistikaning vazifasi-dir. Xaridlarni amalga oshirishni, xarid qilish uslubini tanlashni, yetkazish va pul to‘lash shartlarini ishlab chiqishni, hamda moddiy resurslarni tashishni tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Bunda yetkazishlar grafigi tuziladi, ekspeditsiya ishlari amalga oshiriladi, va, lozim bo‘lsa, boj-xona ishlari ham tashkil etilishi mumkin. Xaridlar, qabul qilish nazoratini tashkil etish bilan nihoyasiga yetadi.

  1. Yetkazib berishlarning nazorati.

Yetkazib berishlarning nazoratini eng muhim vazifalaridan biri bu sifat na-zoratidir, ya’ni sifatli va brak mahsulotlar sonini hisoblab borish. Shuningdek yetkazib berishlar nazoratiga yetkazishlar muddatini kuzatish (erta yoki kech yetkazish-larni soni), buyurtmani qabul qilinishi muddatlarini, tashish muddatlarini kuza-tish, hamda moddiy resurslar zaxiralari holatining nazorati ham, kiradi.

  1. Xaridlar budjetini tayyorlash.

Xarid qilish faoliyatining muhim qismi bu iqtisodiy hisob-kitoblardir, chunki har bir ish bo‘yicha xarajatlar qancha bo‘lishini aniq bilish lozim. Bunda xara-jatlarning qu-yidagi turlari aniqlanadi:

  • moddiy resurslarning asosiy turlari bo‘yicha buyurtmalarni bajarish xara-jatlari;

  • tashish, ekspeditsiya va sug‘urta xarajatlari;

  • yukni qayta ishlash xarajatlari;

  • yetkazib berish shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratiga bo‘lgan xara-jatlar;

  • moddiy resurslarni qabul qilish va tekshirishga bo‘lgan xarajatlar;

  • potensial yetkazib beruvchilar xaqida ma’lumot izlashga bo‘lgan xarajatlar;

Iqtisodiy hisob-kitoblar qilish doirasidagi xarid logistikasi vazifalari-ga, moddiy resurslar tanqisligi tufayli yuzaga kelgan chegirmalarni ham kiritish lozim.


  1. Download 111 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling