2 qism IV. Tarjimaning leksik muammolari kontekst va uning tarjimadagi ahamiyati
V. TARJIMANING GRAMMATIK MUAMMOLARI
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarjima nazaryasi 1
V. TARJIMANING GRAMMATIK MUAMMOLARI
§1. Tarjimada grammatik muvofiqlik Ingliz, o ‘zbek va rus tillari tipologik va genetik jihatdan turli xil tillardir. Ingliz varus tillari H ind-Y evropa tillari oilasining German va Slavyan guruhlariga mansubdir. 0 ‘zbek tili Oltoy tillar oilasining Turkiy tillar guruhiga mansubdir. Morfologik jihatdan ingliz tili analitik xususiyatga ega, rus tili esa sintetik xususiyatga ega, o ‘zbek tili agglyutinativ (grammatik shakl va yasama so‘zlarning so‘z o ‘zagi va negiziga affikslar qo'shilishi natijasida yasaladigan) tildir. Grammatik turlanishlar rus va o ‘zbek tillarida qoilaniladigan asosiy vositalardir. Ingliz tilida so‘z tartibi qat’iydir. Misol uchun: Ega + kesim. Ega 1 - o ‘ringa joylashtiriladi, kesim esa 2 - o ‘rindan joy oladi. Agar kesim o‘timli fe’l bilan ifodalansa 3 - o ‘rinda b iz to ‘ldiruvchini ko‘rishimiz mumkin: Ega + Kesim + ToMdiruvchi. Misol uchun: Ben sent ten men. Gap bo‘laklari tartibidagi har qanday o ‘zgarish m a’noni buzilishiga olib keladi. Misol uchun: Ten men sent Ben. Ammo o‘zbek va rus tillarida gap bo‘laklarining tartibi qat’iy emas. Ularda so‘zlarning o‘rin almashinishiga yo‘l qo‘yadi. Misol uchun: Ben 10 ta odam(ni) yubordi. Бен послал 10 человек. 10 ta odamni Ben yubordi. 10 человек послал Бен. Yubordi Ben 10 ta odam. Послал 10 человек Бен. Grammatik muvofiqlikning 3 turi mavjud: l.toMiq; 2.qisman; 3.nomuvofiqlik. Biz grammatik muvofiqlikni 2 qismga bo‘lamiz: morfologik va sintaktik. To‘liq morfologik muvofiqlik bir xil grammatik kategoriyalar bor bo/lganida kuzatiladi: Misol uchun: zamon kategoriyasi, son kategoriyasi, nisbat kategoriyasi va h.z. Boys - bolalar - дети Qisman morfologik muvofiqlik tillardagi grammatik kategoriyalar bir - biriga mos kelmaganida kuzatiladi. Misol uchun: Ingliz tilida 2 ta kelishik bor, o‘zbek tilida esa 6 ta. Grammatik kategoriyalardagi farqlar odatda tildagi boshqa vositalar bilan ifodalanadi. Morfologik nomuvofiqlik tilda grammatik kategoriyalarni mos kelmaslik holatida kuzatiladi. Misol uchun: o ‘zbek tilida egalikning grammatik kategoriyasi mavjud. U affikslar orqali ifodalanadi, lekin bunday grammatik kategoriyalar ingliz tilida ham, rus tilida ham mavjud emas. Ular bunda olmoshlardan foydalanishadi. Misol uchun: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling