2. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi


Download 304.36 Kb.
bet1/22
Sana24.02.2023
Hajmi304.36 Kb.
#1226888
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ALLAYOROV JAHONGIR kurs loyihasi 2

KIRISH


1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Qo‘mita avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ bo‘lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi.
4. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi) qarorlariga amal qiladi.
5. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Qo‘mita o‘z faoliyatini Transport vazirligi bo‘linmalari, shu jumladan, uning hududiy bo‘linmalari, davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga egadir.
8. Qo‘mitaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi; qisqartirilgan nomi — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi;
b) rus tilida: to‘liq nomi — Komitet po avtomobilnim dorogam pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Komitet po avtomobilnim dorogam;
v) ingliz tilida: to‘liq nomi — The Committee for roads under the Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — The Committee for roads.

Download 304.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling