18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
BUXORO VILOYaTI — Oʼzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Buxora viloyati xududi asosan Qizilqum choʼlida joylashgan. Janubiy sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoliy garbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʼiston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubiy sharqda Qashqadaryo viloyati, janubiy garbda Turkmaniston b-n chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). Buxora viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʼl, Gʼijduvon.
Tabiati. Buxora viloyati xududining relefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga koʼra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oraligʼida Oyokogʼitma botigʼi joylashgan. Tekisliklar Amudaryo oʼzani tomon kiya. Buxora viloyatida quyidagi relef koʼrinishlarini ajratish mumkin:
1) alohida ifodalangan past togʼlar, platolar (Kuljuqtov, Tuzkoy togʼi, Jarqoq, Saritosh);
2) tekis yuzali plato va qirlar (Qorakoʼl, Dengizkoʼl, Uchbosh, Qoraqir);
3) daryo va koʼl yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar;
4) alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqogʼitma, Dengizkoʼl);
5) yassi yuzali vohalarda bal. 5—15 m li tepalar uchraydi. Togʼlar asosan silur, devon, toshkoʼmir, boʼr, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʼrtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida oʼzgargan.
Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq, iyulning oʼrtacha tepraturasi 28—32°, qumliklarda 60—70° gacha koʼtariladi. Yanvarning oʼrtacha tepraturasi 0° dan—2° gacha. Yiliga 90—150 mm yogʼin tushadi. Asosan bahor va qishda yogʼadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxora viloyatining asosiy suv manbai —AmuBuxoro mashina kanali. Quyimozor, Toʼdakul, Shoʼrkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizkoʼl, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi koʼllar mavjud. Buxora viloyati boʼyicha obikor yerlarning 94,4% turli darajada shoʼrlangan. Choʼl zonasida kam chirindili qoʼngʼir tusli sur, qumli choʼl, taqir tuproqlar va shoʼrxoklar keng tarqalgan. Ular turli tipdagi yaylovlar hosil qiladi.
Aholisi, asosan, oʼzbeklar; shuningdek, tojik, qozoq, tatar, yahudiy, rus, qoraqalpoq va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2ga 35 kishi toʼgʼri keladi. Vohalarda aholi ancha zich (1 km2ga 100— 300 kishi). Choʼl yaylovlarida 1 km2ga 12—25 kishi, qumli yaylovlarda 1—3 kishi toʼgʼri keladi. Shaharliklar 448 ming kishi, qishloq aholisi 995 ming kishi (2001). Gʼijduvon, Vobkent, Shofirkon tumanlarida aholi zichroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |