2. Quyidagilar tovar-moddiy zaxiralar (tmz) hisoblanadi: Qayta sotish uchun sotib olingan tovarlar


Download 25.4 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1572579
1   2
Hisobot — korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, maʼlumotlar, hisobkitob hujjatlari elektron shaklda taqdim etiladi. Balans H., moliyaviy H. va statistik H., xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Balans H.i — kompaniya buxgalteriya xisobotining asosiy shakli boʻlib, muayyan sana uchun kapitalni shakllantirish manbalari va kapi-tal qoʻyilmalar yoʻnalishini tavsiflaydi.
8 hujjatlashtirish va inventarizatsiya
Korxona va tashkilotlarda sodir bo’lgan xo’jalik muomalalrini, shuningdek, mavjud bo’lgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo’lga qo’yilishi kerakka, u soxtalashtirish imkoniyatini, o’z vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo’qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin.
10 Moliyaviy natijalar hisobining ahamiyati va vazifalari, moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi
Moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
15 Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi
16 Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi
Qadimiy savdo kitoblarida schyotning «Debet» tomonida kirim, «Kredit» tomonida chiqim ko‘rsatilgan. Hozirda ham bu ma’no qisman saqlanib qolgan.
Bu schyotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manba- larining harakatini hisobga olish ishlarini osonlashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishda ham qo‘l keladi. Masalan, buxgalteriya hisobi tizimida «Xomashyo va materiallar» so‘zi o‘rnida — 1010, «Kassa» so‘zi o‘rnida — 5010, «Asosiy ishlab chiqarish» so‘zi o‘rnida — 2010, «Tayyor mahsulot» so‘zi o‘rnida — 2810 kabi raqamlardan foydalaniladi.
17 Buxgalteriya hisobi registrlari – jurnallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma'lumotlar aks ettirib boriladi.
19 Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi tuzib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruk chiqkanidan sung korxona rahbari uni o‘pimalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini xech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tugilganida korxona rahbarining Qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi.
22Har oyning oxirida buxgalter tashkilotning har bir xodimi uchun ish haqi hisob-kitobini amalga oshirishi kerak. Buni 10-dan oldin bajarish kerak keyingi oy... Hisoblangan va hisoblangan ish haqi xodimlarga tashkilotning mahalliy hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda
23Tayyor mahsulot deb – korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, tayyor holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxona-lar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga karashli ishlab chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi.
Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling