3- rasm. Bug‘ni oraliq bosqichda qizdiriladigan bug‘-kuch qurilmasining sxemasi
Namligi yuqori bo‘lgan bug‘ turbina parraklarini tez ishdan chiqaradi. Namlikning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yordan (10% gacha) ortib ketmasligi uchun bug‘ oraliq bosqichda qizdiriladi. Bug‘ turbinada qisman kengaygandan keyin bug‘ qizdirgichga beriladi, bu yerda u qaytadan o‘ta qizigan bug‘ holatiga o‘tdi. Shundan keyin u bug‘ turbinaning oxirgi bosqichlariga yuboriladi. Bug‘ni oraliq bosqichda qizdirish termik F.I.K. ni qisman ko‘payishiga va turbina parraklari ishlash muddatining uzayishiga olib keladi.3- rasmda bug‘ni oraliq bosqichda qizdirishning oddiy sxemasi keltirilgan.
Oraliq bug‘ qizdirgich 2 qozon agregatining gaz yo‘llariga, odatda, asosiy bug‘ qizdirgich 1 dan keyin o‘rnatiladi. Bug‘ qizdirgich 2 dagi bug‘ qizigan gazlar ta’sirida deyarli boshlang‘ich temperaturasigacha isiydi va turbinaning oxirgi bosqichlariga o‘tadi. p1 va p2 o‘zgarmasdan bug‘ning boshlang‘ich temperaturasi t1 ko‘tarilishi bilan temperatura tushishi ko‘payadi va natijada t ortadi (1-jadvalga qarang), bug‘ning namligi esa, kamayadi. Bug‘ning turbinadan chiqishdagi bosimi p2 qanchalik past bo‘lsa, bug‘ bajargan ish shunchalik ko‘p va qurilmaning termik F.I.K. katta bo‘ladi. Lekin p2 bosim kondensatordagi sovituvchi suvning temperaturasi bilan aniqlanadi. Suvning yillik o‘rtacha temperaturasini 10-150 S dan past temperaturagacha sovitadigan tabiiy sovitgichlar yo‘qligi sababli, p2 ni juda kamaytirish yo‘li bilan siklning F.I.K.ni oshirish amalda mumkin emas.
Isiqlik texnikasida regeneratsiya so‘zi chiqib ketayotgan issiqlikning bir qismini issiqlik qurilmasida yana ishlatish uchun qaytarish ma’nosini bildiradi.
Kondensatordan qozonga o‘tadigan kondensatni isitish, ta’minlash suvini regenerativ isitish deyiladi. 4–rasmda ta’minlash suvi regenerativ isitiladigan bug‘-kuch qurilmasining sxemasi va uning hS diagrammasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |