2-savol. Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama qiling


Download 409.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana02.01.2022
Hajmi409.18 Kb.
#188669
1   2   3   4   5   6
                                                  32-savol. 

 

Jinoiy qilmish va jinoiy oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanishni 

tushuntiring. 

Yuqorida aytib o’tagnimizdek jinoiy qilmish va jinoiy oqibat va ular 

o’rtasidagi sababiy bog’lanish jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgilari 

hisoblanadi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda ham jinoiy qilmish ham jinoiy oqibat 

mavjud bo’ladi va ular, albatta, sababiy bog’lanish orqali bir birlari bilan uzviy 

bog’lanib turadi. Formal va kesik tarkibli jinoyatlarda faqat ijtimoiy havfli 

qilmishning o’zigina bo’lib, oqibat yuz bermaydi, aslida oqibat mavjud, faqat 



bu nomoddiy bo’lganligi uchun etiborga olinmagan, va natijada bu yerda hech 

qanday sababiy bog’lanish ham bo’lmaydi.  

Jinoiy qilmish yuqorida takidlaganimdek shaxsning ongli va ixtiyoriy 

ravishda sodir etgan, qonunga hilof bo’lgan, ijtimoiy havfli harakati yoki 

harakatsizligidir. Shaxsning shunday harakati yoki harakatsizligi natijasida 

ma’lum bir oqibat: zarar, ziyon kelib chiqadi. Shaxs shu oqibat uchun javobgar 

bo’ladi, qachonki shu oqibat aynan u sodir etgan harakat yoki harakatsizlik 

orqasidangina kelib chiqsa. Bu yerda sababiy bog’lanish eng muhim ro’l 

o’ynaydi. Ya’ni sababiy bog’lanish bu ijtimoiy havfli qilmish va uning 

natijasida kelib chiqqan oqibat o’rtasida obyektiv ravishda mavjud bo’lgan 

jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgisi

iv

. Soddaroq qilib aytib o’tadigan bo’lsak, 



ma’lum bir jinoiy oqibat kelib chiqishiga subyektning qilmishi sabab bo’lishi. 

A shaxs B shaxsni itarib yubordi va natija u yiqilib oyog’ini sindirib oldi. Kelib 

chiqqan oqibat, ya’ni oyog’ining sinishi aynan itarib yuborilish natijasida yuz 

berdi mana shu sababiy bog’liqlikdir. Sababiy bog’lanish sababiylik nazariyasi 

orqali o’rganiladi va bu nazariya ijtimoiy havfli qilmish tufayli keltirilgan zarar 

uchun javobgarlik masalasini hal qilishda qo’llaniladi. Sababiy bog’lanishni 

aniqlash bazida juda mushkul bo’lib jinoyatning juda ko’p tomonlarini 

o’rganishga to’g’ri keladi, ba’zida esa bu bog’liqlik sud ekspertizasi orqali 

aniqlanishiga to’g’ri keladigan holatlar uchraydi. Ayrim hollarda korxonalar

tashkilotlardagi elektr bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodidsalar, yoki stanoklar 

bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodisalar yuz berganda va ma’lum bir oqibatlar 

keltirib chiqarganda ular o’rtasidagi sababiy bog’lanisharni aniqlash, albatta, 

mutaxasislarning yordamisiz qiyin kechadi. Sababiy bog’lanishni biz quyidagi 

me’zonlar orqali aniqlashimiz mukin. Avvalo, qilmish va kelib chiqqan 

oqibatning vaqt bo’yich muvofiqligi. Ya’ni oqibat qilmishni deb yuz berdimi, 

demak, qilmish va oqibat vaqt jihatdan o’zaro mutanosib bo’lishi kerak. 

Ularning bir-biriga to’g’ri kelmasligi sababiy bog’lanishning mavjud emasligini 

tasdiqlaydi. Masalan, a shaxs B shaxsni tepsa, u uch kun o’tib oshqozoni yorilib 

ketishidan vafot etsa, bu yerda sodir etilgn harakat va oqibat o’rtasida vaqt 

mutanosibligi mavjud emas. Ikkinchidan, sodir etilgan ijtimoiy havfli qilmish 

ma’lum bir oqibatni keltirib chiqarish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

v

 Ya’ni 



kimningdir yuziga bir tarsaki urish uning 10ta tishini to’kilib ketishiga olib 

kelmaydi. Bu oqibat tarsakidan kelib chiqmagan hioblanishi mumkin. Uchinchi 

mezonga ko’ra esa, kelib chiqqan oqibat aynan shu qilmish orqali kelib 

chiqqanligi aniqlanishi kerak. Masalan A shaxs B shaxsni urdi miyasida 

chayqalish bo’lib doktorxonaga tushdi. U doktrning nojo’ya tasir qiluvchi dori 

berib qo’yishi natijasida o’lib qolsa, bu Aning urush harakati ya’ni qilmishi 

bilan mutlaqo sababiy bog’liqlikda emas. Sababiy bog’liqlikni to’g’ri o’rganish 

adolatli hukm chiqarish uchun poydevor bo’ladi.  




Download 409.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling