2-savol. Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama qiling


 Jinoyatga huquqiy baho bering va jinoyat tarkibini tahlil qiling


Download 409.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi409.18 Kb.
#188669
1   2   3   4   5   6
1. Jinoyatga huquqiy baho bering va jinoyat tarkibini tahlil qiling.  

2. Kazusdan kelib chiqqan holda tamom bo’lgan va tamom bo’lmagan 

jinoyatlarning o’ziga xos jihatlarini bayon qiling.  

 

 



 

 

Kazusga huquqiy baho berishni jinoyat tarkibini aniqlash va yechim topish 

kerak bo’lgan masalalarni belgilab olishdan boshlaymiz. 

1.  Fuqaro J. Salimov sodir etgan harakat jinoyatmi, agar shunday 



bo’lsa, uni kvalifikatsiya qilish masalasi qanday? 

2.  Ishda yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlar mavjudmi? 

3.  Sodir etilgan harakat tamom bo’lgan jinoyat hisoblanadimi yoki 

tamom bo’lmagan jinoyat hisoblanadimi?  

Qilmish jinoyat bo’lishi uchun yuqorida qayd etganimizdek, ijtimoiy havfli, 

huquqqa xilof, aybli, ayb uchun jazo mavjud bo’lishi va unda jinoyat tarkibi 

to’laligicha mavjud bo’lishi kerak. Jinoyat tarkibi bu-ijtimoiy havfli harakat yoki 

haratksizlikni jinoiyligini ifodalovchi elementlar yig’indisi. Ular to’rtta: subyekt, 

subiyektiv tomon, obiyekt, obiyektiv tomon. Qachonki qilmishda shularning 

barchasi mavjud bo’lsa u shundagina jinoyat bo’ladi. Ulardan birining yo’qligi 

qilmishning jinoyatligini istisno etishga asos bo’ladi. Yuqoridagi kazusimiz jinoyat 

ekanligini va u qanday turdagi jinoyat ekanligini quyida aniqlaymiz. Biz bu 

jinoyatning tarkibiy elementlarini tahlil qilamiz va shu jarayon davomida har bir 

elementga hamda ularning o’ziga hos belgilariga tariflar berib o’tamiz.  

  Jinoyat obyekti – jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan, tajovuz qaratilgan 



ijtimoiy munosabat. Bu munosabatlar O’z. Res. Jk ning 2-moddasida 


keltirilgan. Sodir etilgan qilmish natijasida aynan shu munosabatga zarar 

yetadi yoki shu munosabatga zarar yetish real havfi kelib chiqadi. 

Yuqoridagi kazusimizda jinoyat obyekti bu ijtimoiy odob-axloq va fuqarolar 

sog’lig’i hisoblanadi. Chunki yuqoridagi hatti-harakatlar orqali aynan shu 

obyektlarga ziyon yetadi yoki shunday ziyon yetish real havfi kelib chiqadi. 

 



  Jinoyat obyektiv tomoni – obyektga qarshi qilingan harakat yoki 

harakatsizlikning tashqi holatini ifodalovchi yuridik ahamiyatga ega bo’lgan 

belgilar majmuyi. Ya’ni obiyektga zarar aynan qanday harakat yoki 

haralatsizlik orqali, qanday qilib yetkazilganligini ifodalovchi elementlar. 

Jinoyat sodir etishning usul va yo’llarini nazarda tutuvchi belgilar. Sodda 

qilib aytganda, obyektga zarar yetishi yoki zarar yetish real havfi kelib 

chiqishi uchun, albatta, qandaydir harakat yoki haraktsizlik bo’lishi kerak. 

O’sha harakat yoki harakatsizlik qanday amalga oshirilganligi jinoyatning 

obyektiv tomonidir. Kazusdagi vaziyatdagi jinoyatning obyektiv tomoni 

fohishaxona ochish yoki saqalashda namoyon bo’ladi. Bunda jinoyat 

obyektining zaruriy belgisi faqat ijtimoiy-havfli qilmish bo’lib, oqibat va 

sababiy bog’liqlik mavjud emas, chunki bu formal tarkibli jinoyat.  

 



  Jinoyat subyekti – ijtimoiy havfli qilmishni sodir etgan va qonunga 



muvofiq jazoga tortilishi mumkin bo’lgan shaxs. Jazoga tortilishi mumkin 

degan tushunchani kengaytiradigan bo’lsak, Jkda nazarda tutilgan subyekt 

yoshiga kirgan, aqli raso jismoniy shaxslar. Bizdagi jinoyat subyekti J. 

Salimov.  

 



  Subyektiv tomon - jinoyatning ichki tomoni. Ijtimoiy havfli qilmish sodir 



etgan shaxsning ushbu harakat yoki harakatsizligiga va u olib keladigan 

ijtimoiy havfli oqibatga bo’lgan ruhiy munosabati. Bu munosabat qasd yoki 

ehtiyotsizlik ko’rinishida namoyon bo’ladi. 131-maddadagi jinoyat faqat 

qasddan sodir etiladi. Uning zaruriy belgisi ayb, g’arazli mativ hamda 

mansabparastlik, o’ch, hushomad kabi past maqsadlar hisoblanadi. 

Sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo’lib, u 

jinoyat kodeksining 131-moddasidan joy olgan. Bu jinoyat ushbu modda ikkinchi 

qismi, ya’ni fohishaxona tashkil etish yoki uni saqlash – bazaviy hisoblash 

miqdorining 50 baravaridan 75 baravarigacha bo’lgan miqdorda jarima yoki 360 

soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud 1 yildan 3 yilgacha 

ozodlikdan cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Agar fuqarolar S. Botirova va T. O’sarov voyaga yetmagan bo’lsalar fuqaro J. 

Salovga tayinlangan jazo 131-modda 3-qismi a bandi bilan 5 yildan 7 yilgacha 

ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin.  

Sodir etilgan har bir jinoyatga nisbatan sudlar tomonidan jazo 

tayinlanayotganda bu yerda yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarning 

mavjudligi hamisha inobatga olinadi. Jazoni yengillashtiruvchi hollar Jkning 55-

moddasida og’irlashtiruvchi holatlar esa 56-moddasida o’z aksini topgan. Fuqaro 

Salimov tomonidan amalga oshirilgan harakatlarda ham bu holatlar mavjud. 

Fuqaroning o’z qilgan ishidan chin ko’ngildan pushaymon ekanligi uning sodir 

etgan jinoyatini yengillashtiruvchi holat sifatida baholansa, uning bu jinoyati 



g’arazli va boshqa past niyatlarda amalga oshirganligi uni og’irlashtiruvchi holat 

sifatida baholanadi.  

Ushbu jinoyat yuzasidan tamom bo’lgan va tamom bo’lmagan jinoyatlarga 

to’xtalsak, va bu jinoyatning aynan qay biriga mansub ekanligini aniqlasak. Sodir 

etilgan jinoyatda maqsadga erishish uchun bu jinoyatni amalga oshirish bir necha 

bosqichlardan iborat bo’ladi. Shu bosqichlarning bajarilishi, oqibatning kelib 

chiqishi yoki chiqmasligiga ko’ra jinoyatlar tamom bo’lgan va tamom bo’lmagan 

jinoyatlarga bo’linadi. Jinoyat sodir etish bosqichlari bu – ijtimoiy havfli qilmishni 

ifodalovchi harakatning bosqichlari majmui. Soddaroq qilib aytadigon bo’lsak, 

jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan obiyektga zarar yetkazish yoki shunday zarar 

yetkazish real havfini keltirib chiqaruvchi qilmishni sodir etishning muayyan 

ketma-ketligi. Ular uchta bo’lib, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish, jinoyatga suiqasd 

qilish va tamom bo’lgan jinoyat. Bundan tashaqari Jkda jinoyatdan ixtiyoriy 

qaytish ham mavjud. Bu bosqichlar to’g’ri qastdan sodir etilgan jinoyatlarda 

mavjud bo’ladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko’rish bu sodir etiladigan jinoyat uchun 

o’ziga shart sharoit yaratish, keyingi jinoyatni berkitish uchun harakat qilish. Ya’ni 

bunda jinoyatchi o’z jinoyatini rejalashtiradi. Misol tariqasida bosqinchilik 

qilmoqchi bo’lsa, uy kalitini yasatishi, odam o’ldirish uchun pichoq sotib olishi, 

pichoqda iz qolmasligi uchun qo’lqop sotib olishi, o’zi uchun sherik qidirishi 

kabilarni keltirish mumkin. Tamom bo’lmagan jinoyatlarda bu ishlar shaxsga 

bog’liq bo’lmagan ravishda oxiriga yetkazilmaydi. Keyingi bosqich bu jinoyatga 

suiqasd qilish. JKning 25-moddasida bunga atroflicha tarif berilgan. Unga ko’ra 

qastdan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog’liq bo’lmagan hollarda 

oxiriga yetkazilmaydi. Bunda shaxs jinoyatning obiyektiv tomonini qisman 

bajaradi. Shu orqali u obyektga tajovuz qiladi, yoki zarar yetkazish real havfini 

keltirib chiqari. Oqibat yuz berishi real bo’lib qoladi, lekin shaxsga bog’liq 

bo’lmagan ravishda oxiriga yetmaydi. Bu tamom bo’lmagan jinoyatlarda mavjud 

bo’ladi. Yana bir bosqich bu tamom bo’lgan jinoyat. Bunda shaxs jinoyat obyektiv 

tomonini oxirigicha bajaradi. Natijada jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan 

obyektga zarar yetadi. Uning muhim belgisi bo’lgan oqibat ham kelib chiqadi. 

Masalan, qasddan odam o’ldirish. Tayyorgarlik qilib vosita va qurollar barcha-

barchasi tayyorlanadi. O’sha odamning oldiga boriladi va unga pichoq sanchiladi. 

Natijada odam o’ladi. Bizning kazusimizdagi jinoyat ham tamom bo’lgan jinoyat 

hisoblanadi. Chunki u formal tarkibli jinoyat bo’lib, bunday jinoyatlar sodir 

qilingan paytidayoq tamomlangan hisoblanadi.  

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yuqoridagi kazusda sodir etilgan 

jinoyat uchun yagona javobgar J. Salimovdir. Fohishaxonalarga tashrif buyurish 

jinoyat hisoblanmaydi. Fohishalik bilan shug’ullanish MJTKning 190-moddasiga 

binoan javobgarlikka tortiladi. Uning og’irlashtiruvchi xolati ham MJTKning 

o’zida aks ettirilgan. Men shu borada bu munosabatga o’z fikrimni bermoqchiman. 

Ushbu hol ya’ni fohishaxonalar va u yerda sodir etilayotgan ishlar tufayli necha 

necha oilalar buzilib ketayapti. Shuning uchun fohishaxonaga tashrif buyurgan 

shaxslar uchun ham alohida jinoiy javobgarlikni belgilab, buni JKga kiritib qo’yish 

kerak deb o’ylayman. Bundan tashqari fohishalik bilan shug’ullanishning bir yilda 




yana qayta sodir etilganligi uchun jazoni MJTKda emas balki, Jkda ifodalash kerak 

degan fikrdaman. Lekin buni shaxslarning jinsiy erkinligi huquqining buzilishi deb 

qabul qilmaslik kerak. Buning uchun ushbu tushuncha ya’ni shaxslarning jinsiy 

erkinlik huquqi tushunchasini biroz kengroq yoritish kerak.   

 

 

i



  M. usmonaluyev, P. Bakunov.”Jinoyat huquqi” darslik. “Nasaf” nashriyoti. 2010-yil. 

Ii M. H. Rustamboyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Toshkent-2006.  

iii

 M. H. Rustamboyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Toshkent-2006 



 iv.M. usmonaluyev, P. Bakunov.”Jinoyat huquqi” darslik. “Nasaf” nashriyoti. 2010-yil.


Download 409.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling