2-seminar mashg’uloti Muskul ish faoliyatida atfning anaerob va aerob resintezlanish yo’llari
Download 35.82 Kb.
|
2-seminar
2-seminar mashg’uloti Muskul ish faoliyatida ATFning anaerob va aerob resintezlanish yo’llari Muskul ish faoliyatida ATFning resintezi anaerob sharoitda boradigan reaksiyalar davomida hamda kislorodni ist’emoli bilan bog’liq bo’lgan hujayradagi oksidlanish jarayonlari hisobiga amalga oshishi mumkin. Odamning skelet muskullarida ATFning resintezlanishi mumkin bo’lgan uchta anaerob va bitta aerob jarayon borligi aniqlangan: - kreatinkinaza reaksiyasi (alaktat anaerob jarayon)da ATFning resintezi – kreatunfosfat (KrF) va ADFlarni perefosforlanishi hisobiga amalga oshadi; - glikoliz (laktatsid anaerob) jarayonda ATFning resintezi – glyukoza yoki glikogenni sut kislotasigacha fermentativ parchalanish jarayonida amalga oshadi; - miokinaza reaksiyasi – ikki molekula ADFning perefosforlanish hisobiga ATF resintezlanadi; - aerob jarayonda ATFning resintezi – mitoxondriyada to’qimaning nafas olishida, ya’ni o’ksidlanishli fosforlanish jarayonida amalga oshadi. Muskul ish faoliyatida ATF resintezining anaerob va aerob jarayonlarini miq-doriy baholash uchun uchta biokimyoviy kriteriyadan foydalaniladi: - quvvat kriteriyasi – har bir jarayondagi energiya o’zgarishining (ATF resintezining) tezligini ko’rsatadi; - hajm kriteriyasi – energiya resurslarini umumiy zahirasini ifodalaydi; - samaradorlik kriteriyasi – berilgan jarayonda ajralgan umumiy energiya bilan ATFning resintezlanishiga sarflangan energiyani o’zaro nisbatini ko’rsatadi. ATF resintezining anaerob va aerob mexanizmlari o’zlarining quvvat, hajm va samaradorlik parametrlari bilan bir-biridan ancha farq qiladi. Quyida muskulda ATFning barcha resintez jarayonlarini va ularni ishga tushish tartibini ko’rib chiqamiz. Download 35.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling